arj e matn yoki Шагее matn yoki pkunzir matn Arxivlarni ochishda faqat oxirgi buyruqda PKZIP o'rniga PKUNZIP dasturi bajarilishini ko'rish mumkin.
Mazkur buyruqlarning bajarilishida fayllar arxivdan ketma-ket chiqariladi va joriy katalogga yoziladi. Navbatdagi biror faylni arxivdan chiqarishda mazkur katalogda shu nomdagi fayl mavjud bo'lsa, kompyuter «Eski faylning ustiga yozaymi?» deb so'raydi. Agar savolga Y (Yes) deb javob berilsa, eski fayl o'rniga yangisini yozadi, aks holda «Arxivdan chiqarilayotgan faylga yangi nom berish kerakmi?» deb so'raydi. Kerak bo'lsa, qanday nom berilishi ham ko'rsatiladi.
arj e matn-u buyrug'i yordamida mazkur katalogda bo'lmagan va yangiroq versiyasi (saqlangan vaqti bo'yicha) mavjud bo'lgan fayllar arxivdan chiqari-ladi. Bunda yangilanadigan fayllarning har birida eskisining o'rniga yozish mumkinligiyDki yangi nom bilan yozish kerakligi haqida so'raladi.
Katalogda mavjud eski versiyadagi fayllarni arxivdagi yangi versiyasi bilan kompyuteming so'rovisiz almashtirish ham mumkin. Bu maqsadda buyruq ko'rimshi quyidagicha beriladi:
arj e matn -u - у Boshqa katalog yoki diskda bo'lgan arxiv fayllarni ochib, undagi fayllarni boshqa katalog yoki diskka joylashtirish mumkin. Buning uchun arxiv fayl joylashgan o'rin va undagi fayl joylashishi lozim bo'lgan o'rin buyruqda to'liq ko'rsatiladi.
Masalan: arj с a:\matn.arj c:\archive
Savol va topshiriqlar 1. ARJ dasturi yordamida fayllar qanday arxivlanadi?
PKZIP dasturi yordamida fayllar qanday arxivlanadi?