Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə12/32
tarix05.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#173057
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

arj j matnl matnZ
ko'rinishida beriladi. Bunda matnl .arj fayliga matnl.arj fayli qo'shimcha qilinadi. Shuningdek, bir arxiv faylni tuzib, unga bir nechta arxiv faylni birlashtirish mumkin. Masalan,
arj j matnlar matnl matn2 matn3

ko'rinishidagi buyruq matnlar.arj arxiv faylni tuzadi va unga matnl.arj, matn2.arj, matn3.arj fayllaridagi ma'lumotlarni ko'chiradi.

Savol va topshiriqlar


  1. Nima uchun fayllar bo'laklab arxivlanadi?

  2. Fayllarni qirqib arxivlash deganda nimani tushunasiz?

  3. Fayllarni qirqib arxivlash buyrug'ini izohlang.

  4. Qirqib arxivlashda hosil bo'ladigan fayllar ko'rinishini izoh-

lang.
5. Mavjud arxiv faylga yangi fayllarni birlashtirish imkoniyatini
tushuntiring.
Arxiv fayllarni tekshirish
Arxivlash dasturlarining eng ko'p ishlatiladigan tartibi arxivdagi fayllar (kataloglar) mundarijasini ko 'rish hisoblanadi.
Arxiv fayl ichida joylashgan fayllar haqida ma'lumot olish uchun buyruqda 1 (list so'zidan olingan) parametri ko'rsatiladi:
arj 1 matn.arj
Buyruq bajarilishi natijasida ekranda arxivdagi fayllar ro'yxati va ularga mos ma'lumotlar chiqadi. Agar ro'yxat katta bo'lsa, uni biror faylda yozib, so'ngra ko'rish mumkin. Buning uchun ma'lumotlar yoziladigan fayl nomi, buyruq oxirida quyidagicha ko'rsatiladi:
arj 1 matn arj > archive
arj 1 *.* .txt — joriy katalogning ARJ turidagi barcha arxiv fayllaridan .txt kengaytmali fayllar haqidagi ma'lumotni chiqaradi.
Ekranda hosil qilinayotgan fayllar ro'yxatini ma'lum bir joyda to'xtatish uchun Ctrl va S tugmachalari birga bosiladi. Bu tugmachalarni birgalikda qayta bosilsa, ro'yxatni chiqarish davom ettiriladi.
Ro'yxatni chiqarishni butunlay to'xtatish uchun Ctrl, Alt va S tugmachalari birgalikda bosiladi.
Arxivlangan fayllarni ekranda turlicha saralangan holda hosil qilish mumkin. PKUNZIP dasturi arxiv mundarijasini sortlarga ajratilgan holda chiqarish imkonini beradi. Ko'pgina hollarda mundarijasi altfbo tartibida berilgan ro'yxatdan foydalaniladi. Buning uchun -vn tartibi ko'rsatilishi kerak. Masalan, pkunzip a:\archive -vn buyrug'i archive.zip mundarijasini chiqarishni bildiradi. Mundarijada fayllar nomi alifbo tartibida bo'ladi.
Arxivda joylashgan fayl haqidagi ma'lumot ekranga chiqarilmas-dan birdaniga bosmaga chiqarilishi ham mumkin. Buning uchun buyruq oxirida quyidagini yozish kerak:

  • fayl nomi — faylga chiqarish uchun;

  • prn — printerga chiqarish uchun.

Mundarijaning ko'rinishi turli dasturlarda turlicha bo'ladi. PKUNZIP dasturida arxiv mundarijasining ko'rinishi quyidagicha bo'ladi:

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin