Informatika-5



Yüklə 262,5 Kb.
səhifə1/3
tarix01.04.2023
ölçüsü262,5 Kb.
#92153
  1   2   3
05-dars


Klaviaturaning har bir klavishi ustida bir nechta belgi (harf, son, so'zlar) yozilgan. Agar biror klavish bosilsa yoki klavishlar birgalikda bosilsa nima hodisa ro'y beradi degan savolga javob beramiz.


Klaviatura qanday tashkil etilgan?
Klaviatura, odatda, quyidagicha tashkil etilgan bo'ladi:
1. Lotin, kirill harflari yoki raqamlarni kiritish klavishlari.
2. Maxsus vazifalarni bajaruvchi klavishlar.
3. Kursorni boshqarish klavishlari.
4. Funksional klavishlar.
5. Yordamchi klavishlar majmui.
6. Yonib yoki o'chib turgan indikatorlar.





Klaviaturadagi harflarni kiritish holatlari qanday o'zgartiriladi?
Lotin yoki kirill harflarini kiritish holatiga o'tish, odatda, ikki xil usulda amalga oshiriladi.
1- usul. Sichqoncha yordamida. Masalalar panelidagi piktogrammani piktogrammaga va aksincha o'tkaziladi. Buning uchun sichqoncha ko`rsatkichini shu piktogrammaga yo'naltirib chap tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan (o'ngdagi) tanlov lavhasidan kerakli piktogramma tanlanadi.
2- usul. Klavishlar yordamida. Buning uchun maxsus klavishlardan Alt (ba'zi hollarda Ctrl) bilan Shift birgalikda bosiladi.

Klaviatura yordamida harf, raqam yoki belgi qanday yoziladi?
Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Kichik lotin harflari yoki raqamlar shu harf yoki raqam yozilgan klavishlarni bir marta bosish orqali kiritiladi.
Masalan, «2006 yil» so'zini yozish kerak bo'lsa, bu so'zdagi har bir raqam va harfga mos klavishlar birma-bir bosib chiqiladi.
Bir harf sig'adigan bo'sh joy (probel) qoldirish uchun esa «probel» klavishi bir marta bosiladi.
Bosh (katta) lotin harflari yoki raqamlarning yuqorisidagi (umuman, klavishlarni yuqori qismida joylashgan) belgilarni yozish uchun «Shift» klavishini bosib turilgan holda harf yoki belgilarga mos klavishlar birma-bir bosib chiqiladi. Bunday yozish usuli klavishlarni birgalikda bosish deyiladi.
Masalan: «2006 yil» ga mos klavishlarni Shift bilan birga bosilsa «@))A YIL» yoziladi.
Endi Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Bu holda kichik kirill harfi va ba'zi maxsus belgilarni yozish mumkin bo'ladi. Odatda, klavish ustidagi kirill harfi lotin harfiga nisbatan boshqa (ko'pincha qizil) rangda yozilgan bo'ladi.
Masalan:





Yüklə 262,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin