Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o'rni va ahamiyati



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə14/32
tarix05.12.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#173057
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Axborot texnologiyasi ma\'ruza matn

Revizor dasturlar — dastlab dastur va diskning tizimli sohasi haqidagi ma'lumotlarni xotiraga oladi, so'ngra ularni dastlabkisi bilan solishtiradi. Mos kelmagan hollar haqida foydalanuvchiga rna'lum qiladi. Masalan, CRCLIST va CRCTEST dasturlar.
Doktor revizorlar— revizor va doktorning aralashmasi, boshqacha aytganda, fayl va diskning tizimli sohasidagi o'zgarishlarni nafaqat aniqlaydigan, balki o'zgargan holda ularni dastlabki holatga qaytarishi mumkin bo'lgan dasturlardir.
filtr dasturlar yoki rezident dasturlar kompyuterning tezkor xotirasida rezidentday joylanadi va viruslar tomonidan zararni ko'paytirish va ziyon yetkazish maqsadida operatsion tizimga qilinayotgan murojaatlarni ushlab qolib, ular haqida foydalanuvchi­ga ma'lum qiladi. Foydalanuvchi ushbu amalni bajarish yoki bajarmaslikka ko'rsatma beradi. Masalan, Flushot Plus va Antirus dasturlari.
Virusga qarshi dasturlar quwatiga qarab bir necha turga bo'linadi. Quyida eng ko'p tarqalgan virusga qarshi DSAV 2.0 («Dialog-nauka A.B.») kompleksi bilan tanishamiz. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:

  1. AIDSTEST — viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun
    mo'ljallangan virusga qarshi ko'p qirrali dastur (har haftada
    yangilanib turadi).

  2. Doctor WEB (Dr Web)yangidan yaratilgan, ma'lum va
    noma'lum viruslarni aniqlash va yo'qotish uchun ishlatiladigan virusga
    qarshi dastur. U arxivlangan va vaksiyalangan fayllarda ham viruslarni
    aruqlay oladi (har oyda o'rtacha 2 marta yangilanadi).

ADINF — diskdagi barcha o'zgarishlarni nazorat qiluvchi, disklarning virusga qarshi revizor dasturi (bir yilda bir necha marta yangilanadi). Diskdagi barcha dasturlarning fizik kamchiliklarini nazorat qiladi. Diskning tizimli sohasini va fayllar holatini eslab qoladi va qayta yuklashda diskdagi o'zgarishlarni aniqlaydi, agar biror xavfli o'zgarishlar aniqlansa, foydalanuvchiga bu haqda xabar beradi.
4. ADINF CURE MODVLE - ADINF disklar revizoridagi davolash moduli bo'lib, revizor tomonidan zararlanganligi aniqlangan fayllarni avtomatik holatda tiklaydi (yiliga bir necha marta
yangilanadi).
5. SHERIF - qattiq diskdagi operatsion tizim, dasturlar va ma'lumotlar faylini 100% kafolat bilan himoyalovchi resident dastur.
Bu dasturlar asosan MS DOS muhitida ishlatiladi (ularni Windows muhitiga moslash ham mumkin).
Amalda yuqoridagilarning bittasidan foydalanish maqsadga mu-vofiq. Biror dasturni o'rnatib, uni doimiy ravishda yangilab borilsa.foydaliroq bo'ladi.
Kompyuterlarga virus yuqqanda (yoki yuqqanlik haqida gumon bo'lsa) quyidagi qoidalarni esda tutish va qo'llash lozim:

  1. Dastlab, qarshi kurash qarorlarini qabul qilishga shoshmaslik kerak. O'ylamasdan qilingan harakatlar tiklash mumkin bo'lgan fayllarning bir qismini yo'qotishgina emas, balki kompyuterni yana qayta kasallantirishga olib kelishi mumkin.

  2. Virus o'zining buzg'unchiligini davom ettirmasligi uchun kompyuterni o'chirish lozim.

  3. Kompyuter kasallanishi va davolash ko'rinishini aniqlashga mo'ljallangan barcha amallarni yozishdan himoyalangan operatsion tizimli disk bilan kompyuterni ishga tushirish orqaligina bajarish mumkin.

Drweb dasturidan foydalanish bilan tanishib chiqamiz.
Bu dasturni ishga tushirish uchun drweb.exe faylidan foydalani-ladi. Natijada 2-rasmdagi tasvir — dasturning asosiy menyusi hosil bo'ladi. Menyudan foydalanib qanday fayllarni tekshirish va tekshirish bilan bog'liq barcha parametrlar o'rnatiladi. So'ngra «Тест» dagi «Лечение» ko'rsatmasini tanlash yoki Ctrl va F5 tugmachalarini birgalikda bosish orqali viruslardan davolash jarayoni boshlab yubo-riladi. Dastur xotiraning ko'rsatilgan qismini tekshirib, mavjud vi~ ruslarni davolashga harakat qiladi va ish oxirida mos hisobotni chiqaradi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin