Iyerarxik tizim jadvallardan tashkil topgan bolib, unda axborotnj izlash jarayoni oldindan berilgan tartibda «ko'rib» chiqiladi. Iyerarxi]( tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Har bir guruhda biror element asosiy, qolganlari unga nisbatan ikkinchj darajali xususiyatga ega bo'ladi. Kerakli elementni tanlash ma'lum ketma-ketlikda olib boriladi.
Ma'lumotlarning daraxtsimon joylashishiga ma'lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi.
Ma'lumotlarning iyerarxik modeliga mos holda yaratilgan ma'lumotiar omboriga ma'lumotlarning iyerarxik ombori deyiladi.
Ma'lumotlarning iyerarxik tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotiar omborini boshqarishning iyerarxik tizimi deyiladi.
Iyerarxik tizimli jadvalning birinchisida qator nomeri va unda iovlashgan mahsulot kategoriyasi berilgan. Kategoriyalar keyingi sathda iovlashgan mahsulot turini izlashda kerak bo'ladi. Ikkinchi va uchinchi ithdagi jadvalda esa har bir mahsulotning narxi haqidagi ma'lumot berilgan. Ma'lumotiar omborini iyerarxik tizim tartibida tashkil qilish foydalanuvchi uchun ma'lum quiayliklar yaratadi.
Tarmoqli tizim. Tarmoqii tizim iyerarxik tizimga nisbatan ancha qulayliklarga ega, chunki bu tizimda ma'lumot (fayl) lar o'rtasida ko'p yo'nalishli aloqalarni o'rnatish mumkin. Bunday aloqalar foydalanuvchiga kerakli ma'lumot (fayl)ni shajaraning yuqori sathlaridagi fayllarga murojaat qilmasdan topish imkonini beradi. Masalan, do'kondagi mahsulotlar jadvalibilan mahsulotlar narxi jadvallari orasida alohida bog'liqlik o'rna-tilib, u kerakli mahsulot narxini topish imkonini beradi.
Bir pog'onadagi ma'lumotning boshqa pog'onadagi ma'lumot bilan ikki yoki undan ortiq rnarta bog'lanadigan turiga ma'lumottarning tarmoqli modeli deyiladi.
Ma'lumotlarning tarmoqii tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotiar omborini boshqarishning tarmoqli tizimi deyiladi.
Relyatsion tizim. Relyatsion tizim 1970- yilda IBM firmasining xodirni E.F.Kodd tomonidan taklif etilgan bo'lib, hozirgi paytda eng ko'p tarqalgan tizimlar qatoriga kiradi. Chunki bu tizimda ma'lumotiar orasida eng qulay bog'lanishlarni amalga oshirish mumkin.
Ma'lumotlarning relyatsion modeliga mos holda yaratilgan ma'lumotiar omboriga ma'lumotlarning relyatsion ombori deyiladi.
Ma'lumotlarning relyatsion tizimini yaratish va undan foydalanish uchun yaratilgan tizimga ma'lumotiar omborini boshqarishning relyatsion tizimi deyiladi.
Ma'lumotlarning jadval ko'rinishida saqlanishiga ma'lumotlarning relyatsion modeli deyiladi.
Relyatsion tizimdagi elementlarda shajaraning yo'qligi tufayli bu qulaylikka erishiladi. Axborotni izlashda barcha elementlardan kalit 'ifatida foydalanish mumkin. Ya'ni ixtiyoriy tuzilishga ega ma'lumotni od o'lchamli jadval ko'rinishiga keltirish mumkin. Relyatsion tizim sifatida telefon ma'lumotnomasini tuzish isalasini ko'rib chiqamiz. Masala, «har bir telefon nomeri ko'rsa-Igan abonentning manzili, uning kategoriyasi belgilangan ro'yxat-tuzing» kabi o'qiladi.
Ma'lumotnoma bir necha turdagi obyektlardan tashkil topgan. Obyekt uchun quyidagi ma'lumotlarni tanlab olamiz:
Telefon raqami.
Abonent ismi (ismi, sharifr va h.k.).
* Abonent manzili.
* Abonent kategoriyasi (umumiy, shaharlararo aloqasi ta'-qiqlangan, ...).
Barcha ma'lumotlarni matnli deb hisoblaymiz. Bu ma'lumotlarga quyidagi nomlanish va uzunliklarni beramiz:
4-jadval
№
Ustun nomi
Ma'lumotning nomlanishi
Turi
Uzunligi
1.
Nomer
Telefon raqami
Belgili
9
2.
Abonent nomi
Abonentni belgilash
Belgili
15
3.
Manzili
Abonent manzili
Belgili
40
4.
Kategoriyasi
Abonent kategoriyasi
Belgili
2
«Kategoriyalar» atamasi sifatida ikki harfii kodlardan foydalana-miz; UK - - umumiy kategoriya, SHT - shaharlararo aloqa ta'qiqlangan kategoriya va hokazo.
U holda ma'lumotnomani quyidagi jadval ko'rinishida tasvirlash mumkin:
5-jadval
Nomer
Abonent ismi
Manzili
Kategoriya
144-92-61
Qosimov Tohir
T.Malik, 18
UK
65-32-14
Akbarov Jahongir
G'.G'ulom, 34—101
SHT
118-30-97
G'afurova Zebiniso
Ibn Sino, 9—6
UK
22-13-26
Aziz ova Farida
Uvaysiy, 16
Ushbu jadvalni biror fayl (masalan, Telefon) ko'rinishida komp-yuter diskiga o'tkazilsa, telefon ma'lumotnomasi -- telefonlar ma'lumot omboriga ega bo'lamiz {omborni qayta ishlashni avtomatlashtirish mumkin bo'ladi).