OBYEKT M : N OBYEKT
A V
Relyatsion ma’lumotlar bazasida ko‘pga ko‘p bog‘lanishlarni bevosita bajarib bo‘lmaydi. Shuning uchun, agar shunday bog‘lanishlar aniqlangan bo‘lsa, qo‘shimcha bog‘lanish ob’yektini kiritish yo‘li bilan ularni o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Ob’yektning boshlang‘ich ma’lumotlari shu ob’yekt bilan birga-ko‘p turidagi bog‘lanish orqali bog‘lanadi. Bog‘lovchi ob’yekt boshlang‘ich ob’yektar kalitlaridan hosil bo‘lgan kalitga ega bo‘lishi kerak.
OBYEKT A M : N OBYEKT V
Kalit KA Kalit KV
1 : M 1 : M
Obekt-bog‘lanish
Kalit KA+KV
Mohiyat – har xil obyekt (obyekt -bu biz ularni bir biridan farqlaymiz), uning ma'lumotlari ma'lumotlar bazasida saqlanadi. Mohiyat odam, joy, samalyot, reyslar, gullar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Mohiyat turi va mohiyat nusxasi tushunchalari mavjud, ularni bir biridan farqlash kerak. Mohiyat turi tushunchasi bir jinsli narsalar, hodisalar, shaxslar uchun qaraladi. Mohiyat nusxasi tushunchasi aniq narsalar to‘plami sifatida qaraladi. Masalan, mohiyat turi SHAHAR bo‘lishi mumkin, uning nusxasi esa – Toshkent, Moskva bo‘lishi mumkin.
Mohiyatlar klassifikatsiyasi
Mohiyatlarning uchta asosiy turi aniqlangan:
Sterjenli
Assotsiativ
Tavsifiy
shuningdek assotsiativ mohiyatning qisim sinfi bo‘lgan – belgilash.
Sterjenli mohiyat (Sterjen) – bu mustaqil mohiyat (to‘liq tarifi quyida ko‘rsatilgan).
Assotsiativ mohiyat (Assotsiatsiya) – bu “ko‘pdan-ko‘pga” (“birdan-ko‘pga” va hakozo) ko‘rinishidagi bog‘lanishlar ya’ni ikki yoki undan ortiq mohiyatlar yoki mohiyatlar hushasi orasidagi aloqa. Assotsiatsiyalar to‘laqonli mohiyatlar sifatida ko‘rib chiqiladi:
Ular huddi sterjenli mohiyatlar singari boshqa assotsiatsiyalar va manolarda qatnasha oladi;
Ular o‘z hususiatlariga ega bo‘lishi mumkin, ya’ni ular nafaqat aloqani ko‘rsatishga kerak bo‘ladigan kalit atributlariga ega bo‘lib qo‘lmasdan, balki aloqani tavsiflovchi istalgancha boshqa atributlar soniga ega bo‘lishi mumkin. Masalan, “Nikoh” kuidagi kalit atributlarni o‘z ichiga oladi “Kod_M”, ”Kod_J” va “Erning tabel raqami”, “Xotinning tabel raqami”, shuningdek aniqlovchi atributlar “Guvohlik raqami”, “Qaydnoma muddati”, “Qaydnoma manzili”, “Nikoh uyi kitobidagi qaidnoma raqami” va hakoza.
Tavsifiy mohiyat (Tavsifnoma) - bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pdan- birga” yoki “birdan-birga” aloqa turi (Assosatsiyaning xususiy holati). Tavsifnomaning yagona maqsadi ba’zi boshqa mohiyatni tasvirlash yoki aniqlashdan iborat. Ularga zarurat tugilishining sababi xaqiqiy dunyodagi mohiyat ba’zan ko‘p ma’noli xususiyatga ega.Er bir necha xotinga, kitob bir necha qayta tahrir tavsifiga (To‘g‘irlangan, to‘ldirilgan, qayta ishlangan) ega bo‘lishi mumkin va hakoza.
Tavsifnoma mohiyati butunlay tavsiflanayotgan mohiyatga bog‘liqdir:agar eri olamdan o‘tsa ayollar xotinlik mavqeini yoqotadi.
Tavsifnomani yozish uchun IMTumumiy hollarda quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan yangi gapdan foydalanadi:
Tavsifnoma (atribut 1, atribut 2,…) {Tavsiflanayotgan mohiyatlar ro‘yxati}.
ER-diagramm tilida, tavsifnoma trapetsiya shaklida ko‘rsatiladi.
Belgilab olinadigan mohiyat yoki belgilash – bu ikki mohiyat orasidagi “ko‘pdan-birga” yoki “birdan-birga” aloqa turidir va u tavsifnomadan belginlangan mohiyatga bog‘lik emasliligi bilan farq qiladi.
Xodimlarni turli tashkilotlar bo‘limiga qabul qilish bilan bo‘g‘liq misolni ko‘rib chiqamiz,
Qat’iy qoidalar bo‘lmaganda (xodim bir vaqtda bir nechta bo‘limda qayd qilinishi yoki hech qaysi bo‘limda qayd qilinmasligi mumkin) tarifni assotsiatsiyada yaratish kerak.
Belgilashlar va tavsifnomalar butunlay mustaqil mohiatlar emas,chunki ular “belgilanadigan” va “tavsiflanadigan“ boshqa mohiyat borligini taxmin qiladi. Shunga qaramasdan ular baribir mohiyatlar xususiy holatini ko‘rsatadi va albatta xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin, assotsiatsiyalar va belgilarda qatnashishi mumkin hamda o‘zlarining (ancha past darajadagi) xususiy tavsifnomalariga ega bo‘lishi mumkin. Tavsifnomalarning barcha nusxalari tavsiflanayotgan mohiyatning biror bir nusxasi bilan albatta bog‘lanishi kerak.
Endi sterjenli mohiyatni na assotsiatsiya, na belgi na tavsifnoma bo‘lmagan mohiyat sifatida qayta ko‘rib chiqamiz. Bunday mohiyatlar boshqa mohiyatlarni bildirsa ham ular mustaqil ravishda mavjud .
Ma’lumotlar sxemasini yaratish. Ma’lumotlar sxemasini yaratish Базы данныx (Database) oynasida quyidagi buyruqlarni bajarish orqali bajariladi Servis схема данныx (Tools | Relationships) yoki ma’lumotlar omborining instrumentlar paneldan Sxema dannыx (Relationships) degan tugmani bosish orqali amalgam oshiriladi.
Jadvallarni ma’lumotlar sxemasiga qo‘shish: Схема данныx (Relationships) tugmasini bosganingizdan so‘ng Добавление таблицы (Show table) oynasi ochiladi, unda siz o‘zingizga kerak bo‘lgan jadval va so‘rovlarni ma’lumotlar sxemasiga qo‘shishingiz mumkin. Jadvalni ma’lumotlar sxemasida joylashtirish uchun Добавление таблицы (Show table) oynasida kerak bo‘lgan jadvalni tanlab Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Bir necha jadvallarni sxemaga qo‘shish uchun tugmasini bosgan holatda jadvallar nomini belgilab chiqib Добавить (Add) tugmasini bosish kerak. Hamma kerak bo‘lgan jadvallarni sxemaga qo‘shib bo‘lgandan kegin Закрыть (Close) tugmasini bosish kerak.
1-rasm
Jadvallar orasida bogliklar yaratish: Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o‘rtasidagi bogliqlikni aniqlashda informasion-mantiqiy modelni kanonik ko‘rinishda foydalanish qulaylik tugdiradi bunda bosh va bo‘ysunivchi jadvallar orasidagi munosabatlarni oson aniqlab olish mumkin bo‘ladi chunki informasion – mantiqiy modeldagiga o‘hshab bosh jadvallar bo‘ysunuvchi jadvallarga qaraganda yuqoriroqda joylashgan bo‘ladi. birga – bir boglanishlar kamdan – kam holda ishlatilganli b boglanishlar realiasion omborlarda asosiy hisoblanadi.
Ma’lumotlar sxemasida jadvallar o‘rtasida 1:M munosabatlarni o‘rnata turib, bosh jadvalda boglanish o‘rnatilishi kerak bo‘lgan unikal kalitli maydonni belgilab oling. Keyin sichqonchaning tugmasini qo‘yib yubormasdan turib kursorni bo‘ysunuvchi jadvalning mos maydoniga qo‘ying.
Tarkibiy kalit orqali jadvallar o‘rtasida munosabat o‘rnatayotganingizda, bosh jadvalaning kaliti bo‘ladigan hamma maydonlarni tanlab ularni bo‘ysunuvchi jadvalning birorta maydoniga olib o‘ting. Tarkibli kalitga kiradigan hamma maydonlarni belgilash uchun ularni knopkasini bosib belgilab chiqiladi. Munosabat o‘rnatilgandan keyin Izmenenie svyazey (Edit Relationships) oynasi ochiladi. Tip otnosheniy maydonida avtomatik tarzda birga-ko‘p boglanish o‘rnatiladi.
Tarkibli kalit bo‘lgan holda Izmenenie svyazey (Edit Relationships) oynasida bosh jadvalning har bir maydoni uchun Tablitsa / Zapros (Table/Query) da bo‘ysunuvchi jadvalning mos ravishdagi maydonini tanlash kerak.
2-rasm
Dostları ilə paylaş: |