"Ing"desa bolamning og’rinishin ko’rib, Bazida ich-ichimdan og’riq sezyapman



Yüklə 53,74 Kb.
səhifə2/3
tarix21.12.2023
ölçüsü53,74 Kb.
#187684
1   2   3
Onamga

Navro’zi – olam.
Boychechak bodasi hayolim oldi,
Lolaning xush isi dimog’da qoldi.
Bodom gullarida quvonchim qoldi,
Navro’zing muborak bo’lsin qishlog’im.
Ko’klamning bayrami bo’lmoqda bu kun,
Tinchlik shamollari yelmoqda bu kun.
Dilimga quvonchlar, to’lmoqda bu kun,
Navro’zing muborak bo’lsin qishlog’im.
Har tomon to’lgandir gullar bo’yiga,
Barcha kelmoqdadir navro’z toyiga.
Bu chamandan ketolmas hech kim uyiga,
Navro’zing muborak bo’lsin qishlog’im.
Ko’klamning diydori sumalak isi,
Har yonga taralar ajib bir isi.
Bularning barchasi tabiat ishi,
Navro’zing muborak bo’lsin qishlog’im.
Tilagim
Sizning kulishingiz kimgadur armon,
Yig’lashingiz kutar bazi birovlar.
Kimningdir dardiga bo’lsangiz darmon,
Dilni tark etar shunda qirovlar.
Hech qachon egilmang armon qoshida,
Dardlar kelib, yana ketaveradi.
Doimo tik turing sevgi qoshida,
Sevgan odam doim sevaveradi.
Lekin bir insonni o’ylamang faqat,
Siz uchun kimdir qayg’urib yashar.
Dilingiz yemirsa sabr-u toqat,
Har kim ham hayotda ko’p bor adashar.
Baxtli kuningiz oldinda turar,
Hayotda bo’ladi bari ziyoda.
Armon sizdan narida yurar,
Allohdan so’radi buni Iroda.
Omadimni kutaman
Ovunmayman she’r yozish bilan,
Ko’kka yulduzlar to’lganin ko’rib.
Garchi dunyoda yashaganim bilan,
Qani ko’rsaydim omadni tutib.
Mayli shukur deyman tug’ulganimga,
Omaddan v kechib bo’lmaydi lekin.
Boshim ko’kka yetar o’qiganimdan,
Hayotda yo’limni Topaman sekin.
Tong kelsa tunni, tun kelsa tongni,
Omadim kelmog’in istab turaman.
Men omadimga topshirdim ongni,
Omadim! doimo seni kutaman.

Ilmli ayollar
Ilmli kishi hor bo’lmas,
Deb aytadi xalqimiz.
Shunday ekan doimo,
Ilm olmoq burchimiz.
Ajdodlarni merosini,
Bir zum yodga olamiz.
Ular ilmini o’rganmasak,
Biz g’aflatda qolamiz.
Taxsinlarga loyiqdur,
Ilm olgan ayollar.
Oila, ro’zg’or va farzand,
Uy-yumushga tayyorlar.
Tazimdamiz doimo,
Ilmlilar ahliga.
Cho’qillarni zabt eting,
Kelajakning baxtiga.
Onam…
Hayotda borligim quvonchim onam,
Eng ulug’ hikmatlar sizga atalgan.
Har dam yo’llarimd bo’lib parvonam,
Sizsiz dilimga g’amlar qadalgan.
Go’daklik chog’imda, boshimda bo’lib,
Mehringiz taftini, dilimga tugib.
Mayus allalarni aytar edingiz,
Allangiz qo’msayman hamon orzuqib.
Onajon o’rningiz o’zgacha sizni,
Baxtim kamolini ko’rib yuringiz.
Hayot og’riqlaridan avaylab bizni,
Yuz yoshda yonimda bo’lib, turingiz.
Jannat oyog’ingiz ostida ekan,
Mehringiz ro’moldur jumla jahonga.
Siz yo’q joylar chamansiz ekan,
Allangiz oromdir ming bitta jonga.

Yüklə 53,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin