Ingliz tili fani amaliyotchisi mamatova hilolaning dars konspekti



Yüklə 34,5 Kb.
səhifə1/4
tarix22.12.2023
ölçüsü34,5 Kb.
#190289
  1   2   3   4
alo



NAMANGAN VILOYAT
NAMANGAN SHAHAR NODAVLAT TA’LIM TASHKILOTIGA QARASHLI
«ЧУДО ДЕТКИ » XUSUSIY BOG`CHA
INGLIZ TILI FANI AMALIYOTCHISI
MAMATOVA HILOLANING
DARS KONSPEKTI





Namangan viloyati Namangan shahar NTTga qarashli «ЧУДО ДЕТКИ » Xususiy bog`chada bo’lib o’tgan amaliyot

HISOBOTI
Men Jahon tillari fakulteti Maktabgacha va boshlang`ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili) yo`nalishi 308-guruh talabasi Mamatova Hilola guruh rahbarimiz boshchiligida (__.___.2023 yildan -___.___.2023 yilgacha) Namangan viloyati Namangan shahar NTTga qarashli «ЧУДО ДЕТКИ» Xususiy bog`chada amaliyotni muvaffaqiyatli o’tkazib keldim. Amaliyot jarayonida men Bolalar bilan ishlab quyidagilarni o’rgandim:

  1. Bog`chaga turli yoshdagi Bolalar ta’lim olgani kelganliklari uchun ularni o’rganish va o’tilgan darsni qabul qilish protsessi ham turlicha. Mening guruhimda 3-4 yoshgacha bo’lgan Bolalar bor edi. Ularning katta yoshdagilari tezroq tushunib tez o’zlashtirsalar, kichkina yoshdagi Bolalar esa sekinroq. Aksariyat kichik yoshdagi Bolalarga ingliz tili alifbosini o’rgatishdan boshlagan bo’lsam, bu vaqtda kattaroq yoshdagi Bolalarda zerikish xolati kuzatildi. Bolalar uyin o’ynash jarayonida aktiv bo’lib, bor qobilyatlarini ko’rsatdilar. Mashg’ulot paytida shuni aniqladimki, ingliz tilini Bolalar o’yin o’ynash orqali tez o’zlashtirib oldilar.

  2. Bog`chaga borishimiz bilanoq uning yoqimli havosi o’ziga jalb etdi. Bolalar bunday Bog`chada albatta sog’lom va tetik bo’ladilar. Bu esa mashg’ulot paytida tilni osonlik bilan o’zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, Bog`chada hamma sharoitlar bor, men u yerda sport zali, oshxona, kutubxonalari borligini kuzatdim.

  3. Men mashg’ulot jarayonida Bolalar bilan turli xil mavzularni o’rgatishga xarakat qildim. Bolalar bilan tezda kirishib ketdim va bu ularga ingliz tilini o’rgatishga anchagina yordam berdi. Bolalarga biror narsani o’rgatish uchun ularni psixologik tayyor ekanliklari muxumdir. Shu sabab oldiniga ular bilan har tomonlama tanishib, ularning bazaviy bilimlarini tekshirdim va har hil yoshli bo’lganliklarini inobatga olgan holda uncha qiyin bo’lmagan materiallardan foydalandim. Oldindan tayyorlab borilgan qo’llanmalar yordamida dars o’tdim. Mendagi uch xil tadbir rejasiga asosan ularga ingliz tilida ranglar, meva-sabzavotlar, uy jixozlari nomlari, yil fasillari, tabiat xodisalari, bayramlar nomlari, oila azolari haqida, sher-qo’shiqlar va boshqa ko’plab so’zlarni o’rgatdim. Amaliyotning oxirgi kunida men Bolalar bilan o’tilgan mashg’ulotlarga yakuniy so’roq savol o’tkazdim. Ular kutilgan darajada so’zlarni yod olganlar va ozmi-ko’pmi qo’lashga xarakat qildilar.

  4. Men o’zimni etakchi sifatida dadil va oqilona tutishga xarakat qildim. Lekin, baribir birinchi martaligiga ko’p qiyinchiliklarni sezdim. Misol uchun, ularni tinchlantirish va bor etiborlarini mashg’ulotga qaratish uchun anchagina ter to’kdim. Biz 20-30ga yaqin Bolalarni ikki kishi ikki guruhga bo’lib olib mashg’ulot o’tkazdik. Chunki Bolalar har hil yoshda va ularni e`tiborini tortish sal qiyinchilik to’g’dirdi. Ularni yoshiga va bilimlariga qarab ikki guruhga ajratdik. Mening hamkasabam kattaroq yoshdagilarga aloxida va men kichik yoshdagilarga alohida mashg’ulot o’tgazdik. Natijada ikkala guruh ham yaxshi o’zlashtirdi.

Bog`chadagi tadbirlar mening o’zlashtirgan bilimlarimni amalda qo’llashga turtki bo’ldi. Shuni angladimki, nazariya amaliyotdan keskin farq qilar ekan. Siz amaliyotda qanchalik olgan bilimlaringizni ishlata olsangiz manashu sizning erishgan yutug’ingizdir. Men buni amaliyotda tushunib yetdim.
Demak, men ustimda ko’proq ishlab, kelasi amaliyotga bundanda yaxshiroq tayyorgarlik qilib kelaman. Bilimimizni boshqalar bilan ulashish biz bo’lajak o’qituvchilarning asosiy vazifasidir.



Yüklə 34,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin