O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI MINGBULOQ TUMAN XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI 4-SONLI UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABI INGLIZ TILI FANI AMALIYOTCHISI BURXONOVA SURAYYONING 4-SINFLAR UCHUN (__3__-chorak) DARS KONSPEKTI
Namangan viloyati Mingbuloq tuman XTBga qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida bo’lib o’tgan amaliyot
HISOBOTI Men Ingliz filologiyasi fakulteti ingliz tili yo’nalishi 321-guruh talabasi Burxonova Surayyo guruh rahbarimiz boshchiligida 2023-yil 6-fevraldan 4-martgacha Namangan viloyati Mingbuloq tuman XTBga qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida amaliyotni muvaffaqiyatli o’tkazib keldim. Amaliyot jarayonida men o`quvchilar bilan ishlab quyidagilarni o’rgandim:
Maktabga turli yoshdagi o`quvchilar ta’lim olgani kelganliklari uchun ularni o’rganish va o’tilgan darsni qabul qilish protsessi ham turlicha. Mening sinfimda 10/11 yoshgacha bo’lgan o`quvchilar bor edi. Ularning katta yoshdagilari tezroq tushunib tez o’zlashtirsalar, kichkina yoshdagi o`quvchilar esa sekinroq. Aksariyat kichik yoshdagi o`quvchilarga ingliz tili alifbosini o’rgatishdan boshlagan bo’lsam, bu vaqtda kattaroq yoshdagi o`quvchilarda zerikish xolati kuzatildi. O`quvchilar uyin o’ynash jarayonida aktiv bo’lib, bor qobilyatlarini ko’rsatdilar. Mashg’ulot paytida shuni aniqladimki, ingliz tilini o`quvchilar o’yin o’ynash orqali tez o’zlashtirib oldilar.
Maktabga borishimiz bilanoq uning yoqimli havosi o’ziga jalb etdi. O`quvchilar bunday maktabda albatta sog’lom va tetik bo’ladilar. Bu esa mashg’ulot paytida tilni osonlik bilan o’zlashtirishga yordam beradi. Bundan tashqari, maktabda hamma sharoitlar bor, men u yerda sport zali, oshxona, kutubxonalari borligini kuzatdim.
Men mashg’ulot jarayonida o`quvchilar bilan turli xil mavzularni o’rgatishga xarakat qildim. O`quvchilar bilan tezda kirishib ketdim va bu ularga ingliz tilini o’rgatishga anchagina yordam berdi. O`quvchilarga biror narsani o’rgatish uchun ularni psixologik tayyor ekanliklari muxumdir. Shu sabab oldiniga ular bilan har tomonlama tanishib, ularning bazaviy bilimlarini tekshirdim va har hil yoshli bo’lganliklarini inobatga olgan holda uncha qiyin bo’lmagan materiallardan foydalandim. Oldindan tayyorlab borilgan qo’llanmalar yordamida dars o’tdim. Mendagi uch xil tadbir rejasiga asosan ularga ingliz tilida ranglar, meva-sabzavotlar, uy jixozlari nomlari, yil fasillari, tabiat xodisalari, bayramlar nomlari, oila azolari haqida, sher-qo’shiqlar va boshqa ko’plab so’zlarni o’rgatdim. Amaliyotning oxirgi kunida men o`quvchilar bilan o’tilgan mashg’ulotlarga yakuniy so’roq savol o’tkazdim. Ular kutilgan darajada so’zlarni yod olganlar va ozmi-ko’pmi qo’lashga xarakat qildilar.
Men o’zimni etakchi sifatida dadil va oqilona tutishga xarakat qildim. Lekin, baribir birinchi martaligiga ko’p qiyinchiliklarni sezdim. Misol uchun, ularni tinchlantirish va bor etiborlarini mashg’ulotga qaratish uchun anchagina ter to’kdim. Biz 20/30ga yaqin o`quvchilarni ikki kishi ikki guruhga bo’lib olib mashg’ulot o’tkazdik. Chunki o`quvchilar har hil yoshda va ularni e`tiborini tortish sal qiyinchilik to’g’dirdi. Ularni yoshiga va bilimlariga qarab ikki guruhga ajratdik. Mening hamkasabam kattaroq yoshdagilarga aloxida va men kichik yoshdagilarga alohida mashg’ulot o’tgazdik. Natijada ikkala guruh ham yaxshi o’zlashtirdi.
Maktabdagi tadbirlar mening o’zlashtirgan bilimlarimni amalda qo’llashga turtki bo’ldi. Shuni angladimki, nazariya amaliyotdan keskin farq qilar ekan. Siz amaliyotda qanchalik olgan bilimlaringizni ishlata olsangiz manashu sizning erishgan yutug’ingizdir. Men buni amaliyotda tushunib yetdim.
Demak, men ustimda ko’proq ishlab, kelasi amaliyotga bundanda yaxshiroq tayyorgarlik qilib kelaman. Bilimimizni boshqalar bilan ulashish biz bo’lajak o’qituvchilarning asosiy vazifasidir.