Ingliz tili leksikasi


XULOSA…………………………………………………………………….…



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

XULOSA…………………………………………………………………….…...........48 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……………………………….51 
 
 
 
 


KIRISH 
Mustaqil O’zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g’oyasi 
Respublika Konstitutsiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va 
jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning 
yuqori bosqichlariga ko’tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o’rin egallashga 
yo’naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning 
ijobiy natijaga ega bo’lishi eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta 
o’rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko’lamini hosil qilish, ma’naviy-
axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil 
etishga bog’liqdir.Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng 
yoyish, ulug’ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga 
namoyish etish, ularni boyitish, mustaqil O’zbekiston Respublikasining rivojlangan 
mamlakatlar qatoridan joy egallashini ta’minlash yosh avlodni komil inson hamda 
malakali mutaxasis qilib tarbiyalashga bog’liqdir. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasi (1997-yil 29-avgust)da 
qabul qilingan hamda bugungi kunda g’oyalari amaliyotga keng ko’lamda 
muvaffaqiyatli tatbiq etilayotgan O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi 
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” vaO’zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2012 yil 10 dekabrda “Chet tillarni o’rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari 
to’grisida”gi PQ-1875-sonli qarori mazmunida barkamol shaxs va malakali mutaxasisni 
tarbiyalab voyaga yetkazish jarayonining mohiyati to’laqonli ochib berilgandir. 
Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir bosqichi o’zida ta’lim jarayonini 
samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga ko’tarish, shu bilan birga jahon ta’limi 
darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga oshirishi lozim. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin