Ingliz tili leksikasi



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/38
tarix15.03.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#87994
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
ilgor pedagogik texnalogiyalarni va talim vositalarini ingliz tili darslariga tadbiq etish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



BOB. 
PEDAGOGIK 
FAOLIYATNI 
TEXNOLOGIYALASHTIRISHNI 
IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA O`RGATISHNI O`RGANISH 
1.1. Pedagogik texnalogiya nazariyasining ijtimoiy asoslari, g’oyalari va ta’lim 
vositalarini o’rganish 
XX asr kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan fan va texnika sohasida yuz bergan 
inqiloblar davri sifatida joy oldi. Ilm-fan va texnika rivojining yuksak sur’ati moddiy 
ishlab chiqarish jarayonini nazariy (g’oyaviy) hamda amaliy jihatdan boyitib borish 
bilan birga ijtimoiy munosabatlarning yangicha mazmun kasb etishini ta’minladi. 
Xizmat ko’rsatish sohalarining paydo bo’lishi, yangicha turmush tarzi kishilarning 
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining ortib borishiga zamin hozirladi. Ijtimoiy 
ehtiyojlarning yangilanib hamda ortib borishi o’z navbatida ularning qisqa muddatda va 
sifatli qondirilishini ta’min etuvchi faoliyatning yo’lga qo’yilishini taqazo etdi. Ijtimoiy 
zarurat mahsuli bo’lgan texnologiya sohasi va uning takomillashib borishi qisqa vaqt 
oralig’ida, kam jismoniy kuch sarflagan holda yuksak sifatli mahsulot ishlab chiqarish 
imkonini berdi. Moddiy ishlab chiqarish, xom-ashyoni qayta ishlash sohalari (qishloq 
xo’jaligi, sanoat, transport, maishiy xizmat ko’rsatish va boshqalar)da mahsulot ishlab 
chiqarish jarayonini tashkil etishga nisbatan texnologik yondashuv an’anasi yuzaga 
keldi. Texnologik yondashuv ishlab chiqarish jarayonining umumiy tavsifini yoritishga 
xizmat qiladi. Muayyan mahsulotni ishlab chiqarish maqsadida xom-ashyoni tanlash 
(dastlabki bosqich)dan mahsulotni iste’molchiga yetkazib berishgacha bo’lgan (so’nggi 
bosqich) davrini o’z ichiga olgan jarayon texnologik jarayon sifatida e’tirof etiladi. 
Ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan texnologik yondashuv muayyan sohalarda 
islohotlarni tashkil etish, ularning muvaffaqiyatini ta’minlash, erishilgan yutuqlarni 
boyitib borish kabi maqsadlarga erishishning samarali omili sifatida namoyon bo’ladi. 
Moddiy ishlab chiqarish sohalariga zamonaviy, ilg’or, yuksak texnologiyalarning 
tatbiq etilishi bir qator shartlar asosida kechadi, xususan, ilm-fan hamda texnikaning 
so’nggi yutuqlariga tayanish, yirik moliyaviy mablag’lar va yuksak darajadagi kasbiy 
mahoratga ega malakali mutaxasislarning mavjudligi bu boradagi yutuqlarni 
kafolatlaydi. 


Moddiy ishlab chiqarish sohalarida ilg’or texnologiyalarni qo’llash shartlaridan 
biri – malakali mutaxassislarni tayyorlash, ularning kasbiy mahoratini doimiy ravishda 
oshirib borishga erishish ekanligidan ham anglanadiki, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy 
hayot bir-biri bilan uzviylik, aloqadorlik hamda yaxlitlik tamoyili asosida rivojlanib 
boradi. Jamiyat ijtimoiy hayotida yetakchi o’rin tutgan g’oya va qarashlar iqtisodiy 
ishlab chiqarish rivojiga o’z ta’sirini o’tkazsa, o’z navbatida, iqtisodiy o’sish aholining 
madaniy turmush tarzining yaxshilanishiga olib keladi. 
Ta’lim tizimini texnologiyalashtirish g’oyasi o’tgan asrning boshlarida G’arbiy 
Yevropa hamda AQShda ta’lim tizimini isloh qilish, ta’lim samaradorligini oshirish, 
shaxsning ijtimoiylashuvini ta’minlash uchun muayyan shart-sharoitni yaratish 
borasidagi ijtimoiy harakat yuzaga kelgan davrda ilk bora o’rtaga tashlandi. Mazkur 
g’oya 30-yillarda ta’lim jarayoniga “pedagogik texnika” (“ta’lim texnikasi”) 
tushunchasining olib kirilishi bilan asoslandi. Ushbu davrlarda yaratilgan maxsus 
adabiyotlarda “pedagogik (ta’lim) texnika(si)” tushunchasi o’quv mashg’ulotlarini aniq 
va samarali tashkil etishga ko’maklashuvchi usul va vositalar yig’indisi” tarzida talqin 
etildi hamda o’quv jarayoniga o’quv va labaratoriya jihozlarining olib kirilishi, ulardan 
samarali, unumli foydalanish, material mazmunini ko’rsatmali qurollar yordamida 
tushuntirish kabi holatlar ta’lim samaradorligini oshirishga yordam beruvchi yetakchi 
omillardir, deya baholandi. 
XX asrning 50-yillarida ta’lim jarayonida texnik vositalarni qo’llash “ta’lim 
texnologiyasi” yo’nalishini belgilab beruvchi omil deya e’tirof etildi, asosiy e’tibor 
o’quvchilar auditoriyasini kengaytirish texnik vositalardan foydalanish evaziga amalga 
oshirilishi, texnik vositalarning imkoniyatlarini yanada takomillashtirish, ularning 
axborot sig’imini kengaytirish, axborotlarni uzatish xizmatini sifatli tashkil etish, ta’lim 
olishni individuallashtirish kabi masalalarga qaratildi. Bu borada olib borilgan 
tadqiqotlarning ob’yekti, tayanch nuqtasi sifatida texnik vositalar imkoniyatlari, ularni 
takomillashtirish 
jarayoni 
qabul 
qilindi, 
shuningdek, 
o’quv 
jarayonini 
“texnologiyalashtirish”ning tashkiliy jihatlarini o’rganishga alohida urg’u berildi. 
60-yillarning boshlarida ta’limni dasturlash asosida ta’lim jarayonini tashkil etish 
“texnologiya” tushunchasining mohiyatini ochib beruvchi omil sifatida ko’rila 


boshlandi. Dasturiy ta’lim o’quvchilarga muayyan bilimlarning alohida qism holida 
emas, balki izchil, yaxlit tarzda berilishini nazarda tutadi.Ta’lim jarayonini yaxlit, 
maqbul dasturga muvofiq tashkil etish taklifi ilk bora AQSHda faoliyat yurita boshlagan 
“Dasturiy ta’lim va o’rgatuvchi mashinalar bo’yicha birlashgan qo’mita” tomonidan 
ilgari surilgan. Dasturiy ta’lim o’zida ta’lim maqsadlari, ularni o’zgartirish va 
baholashning mos ravishdagi mezonlari hamda ta’lim muhitining aniq tavsifini qamrab 
oladi. Bu esa o’zgartirish majmuasini to’laligicha qayta tashkil etish tushunchasi 
mazmuniga mos keladi. 
Shu o’rinda «pedagogik texnologiya» nazariyasining vujudga kelishi va 
rivojlanish tarixiga nazar tashlaylik: 
Sho’rolar tuzumi davri- 30 yillarda «pedagogik texnika» tushunchasi maxsus 
adabiyotlarda paydo bo’la boshladi va u o’quv mashg`ulotlarini aniq va samarali tashkil 
etishga yo’naltirilgan usul va vositalar yig`indisi sifatida qaraldi. Shuningdek, bu 
davrlarda pedagogik texnika deb o’quv va laboratoriya jihozlari bilan muomala qilishni 
uddalash, ko’rgazmali qurollardan foydalanish tushunildi. 
40-50 yillarda esa o’quv jarayoniga o’qitishning texnik vositalarini joriy etish davri 
boshlandi. Ayniqsa kino, radio, nazorat vositalari, ulardan foydalanish metodikasi 
pedagogik texnologiyalariga tenglashtirildi. 
60 yillar o’rtalariga kelib, bu tushunchalar mazmuni chet el pedagogik nashrlarida 
keng muhokamaga tortildi. 1961 yildan boshlab AQShda «Ta’lim texnologiyasi», 
Angliyada «Pedagogik texnologiya va dasturli ta’lim», Yaponiyada esa 1965 yillardan
«pedagogik texnologiya» jurnallari chop etila boshlandi.1971 yilda xuddi shu nomli 
jurnal Italiyada chiqarila boshlandi. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin