Prezident maktabi testlari kanali
http://t.me/pmtests
Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali
http://t.me/pmtests_english
19-mart 2023-yil
A daraja
“ASSESSMENT DEVELOPMENT" LC,
“CURIOSITY” LC,
“PERFECTO ACADEMIA” LC
3
7.
Yaqinda anomal sovuq tufayli barcha maktablar bir necha haftaga yopildi. Ko'pchilik ota-
onalar maktabga bormaslik bolalar ta'limiga salbiy ta'sir qilishidan xavotirda edi. Biroq, bu
holatda hech bir bola boshqalardan orqada qolib ketmaydi. Bolalarning maktabga bormasligi
bilan bog'liq
asosiy muammo shundaki, ular o'z sinfdoshlariga nisbatan orqada qoladilar.
Anomal sovuqda barcha bolalar maktabga bormaydilar va bir necha hafta bolaning hayoti
davomida katta vaqt emas.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi argument asosida yotgan taxmin hisoblanadi?
A) Anomal sovuqda
maktablar yopilmasa, barcha bolalar kasal bo’lib qolishi mumkin.
B) Bolalar onlayn turdagi ta'lim tizimida sifatli ta’lim olmaydilar.
C) Maktablarni yopish milliy muammolarga javob sifatida tez-tez qo'llanilishi kerak.
D) Qisqa muddatda maktabga bormaslik barcha bolalarga bir xil darajada ta'sir qiladi.
8.
Sun'iy intellekt (AI) - bu mashinalar yoki kompyuterlarni odamlar kabi o'ylashi va qaror
qabul qila olishidir. Biz tajribalardan qanday o'rgansak, mashinalar ham shunday o'rganishi
mumkin.
Ular xabarlarni tushunish, bashorat qilish va vazifalarni bajarish uchun katta
hajmdagi ma'lumotlar va algoritmlardan foydalanadilar. Hozirgi
kunda ular shu qadar
rivojlanib bormoqdaki, hatto advokatlarni tayyorlovchi xalqaro
universitet imtihonlaridan
sun’iy intellektlar o’rtacha kirish mumkin bo’lgan balldan ancha yuqori ball to’plagan. Ba’zi
mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda ko’plab sohadagi ilmli kadrlar ishsiz qolishlari va
ularning ishlarini sun’iy intellekt to’liq o’zi bajarishi mumkin.
Quyidagilardan qaysi biri yuqoridagi fikrni zaiflashtirishi mumkin?
A) Sun’iy intellekt qo’llanilganda faqatgina bilim darajasi past bo’lgan
xodimlar ishsiz
qolishi mumkin. Ularni boshqarish uchun kuchli mutaxassislar kerak bo’ladi.
B) Kelajakda hamma ishlab chiqaruvchilar sun’iy intellektdan foydalanadi va ishchilarga
hojat qolmaydi.
C) Sun’iy intellekt bajaradigan ishlarni insonlar buyurib turishlari kerak. Demak, kelajakda
yangi kasblar paydo bo’ladi.
D) AI texnologiyalari inson o’rnini egallashi ko’p vaqt talab qiladi. Demak,
bundan
xavotirlanish kerak emas.
Dostları ilə paylaş: