Prezident maktabi ingliz tili testlari kanali http://t.me/pmtests_english 19-mart 2023-yil
A daraja
“ASSESSMENT DEVELOPMENT" LC, “CURIOSITY” LC, “PERFECTO ACADEMIA” LC 2
3. “Bolalarni kitob o’qishga qiziqtirish uchun ota-onalar bolalariga kitob o’qib berishlari
kerak.”
Quyidagi qaysi gap sizning ushbu fikrga qo’shilishingizga asos bo’ladi?
A) Ota-onalarning kitob o’qib berishi farzandning keyinchalik mustaqil kitob o’qishiga
to’sqinlik qiladi.
B) Ota-onalar bilan bajarilgan mashg’ulotlar keyinchalik bolalarning sevimli odatiga
aylanadi.
C) Bolalar yoshligida mustaqil tarzda kitob o’qiy olishmaydi.
D) Barcha ota-onalar ham farzandiga kitob o’qish uchun vaqt ajratishmaydi.
4. Bugungi kunda Prezident maktablari O’zbekistondagi eng ilg’or ta’lim muassasasi
hisoblanadi. Ushbu maktabning kirish imtihonlariga minglab o’quvchilar tayyorlanadi.
Ammo, bir hududdagi faqat 24 ta o’quvchi prezident maktabiga qabul qilinadi. Yuqori
raqobat tufayli o’quvchilarning maktabga kira olish ehtimoli juda kam. Shunday bo’lsada,
ota-onalar farzandlarini prezident maktabi imtihonlariga tayyorlanishini ta’minlashi lozim.
Quyidagi qaysi jumla sizning argumentdagi fikrga qo’shilishingizga asos bo’ladi?
A) O’quvchilarning iqtidor va qobiliyatlari har xil bo’ladi.
B) Prezident maktabiga kira olmagan o’quvchi tayyorlanishdan foyda ko'rmaydi.
C) Prezident maktabi imtihonlariga tayyorlanish jarayonida egallangan bilimlar kelajakda
foyda keltiradi.
D) Agar ota-onalar farzandlariga tayyorlanish uchun yaxshi sharoit yaratib bersalar,
o’quvchilar imtihonlardan muvaffaqiyatli o’tishlari mumkin.
5. Tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun biznesmen chuqur iqtisodiy bilimlar va ko’p miqdordagi mablag’ga ega bo’lish zarur. Ali: Dadam universitetda iqtisod fanidan dars beradi. U chuqur iqtisodiy bilimlarga ega
bo’lgani uchun tadbirkorlik sohasida muvaffaqiyatga erisha oladi.
Olim: Amakim muvaffaqiyatli biznesmen. U ko’p miqdordagi mablag’ egasi bo’lishi kerak.
Kimning fikri to’g’ri?
A) Alining fikri B) Olimning fikri
C) Ikkisining ham fikri to’g’ri D) Ikkisining ham fikri xato
6. Eng mashhur o’yinlardan biri 2012-yilda
ishlab chiqarilgan subway surfers (Metro
yo’lidagi syorfingchilar) o’yinining yaratilish
tarixi haqida har xil mish-mishlar mavjud.
Unga
ko’ra,
o’yin
yaratuvchisining
farzandini metro urib yuborgan. Ammo,
ishonchli manbalar bu ma’lumotni xato
ekanligini tasdiqlashgan.
Yuqoridagi fikrdan qanday xulosa chiqarish mumkin?
A) Mish-mishlar doim yolg’on bo’ladi. B) Mish-mishlar doim to’g’ri bo’lavermaydi.
C) Mish-mishlar doim to’g’ri bo’ladi. D) Har xil mish-mishlarni tarqatish yomon odat.