Injiniringi fakulteti h I


Ko’pmasalali (multitasking) operatsion tizimlar tarixi



Yüklə 127,34 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü127,34 Kb.
#199853
1   2   3   4   5   6   7
Ko’pmasalali (multitasking) operatsion tizimlar tarixi
Multitasking OT (operatsion tizim) larni dastlabki ishlab chiqilishida birmuncha qiyinchiliklarga duch kelingan, xususan bunday OT larni o’rnatish va ishlatish jarayonida. Shu sababli uzoq vaqtgcha foydalanuvchilar bir masalali tizimdan voz kechishmagan. Bir qancha urinishlardan keyin multitasking tizimlari rivojlanib bordi, va hozirda barcha mashinalarda qo’llanilmoqda.
Dastlabki multitasking OT Multics deb nomlangan (1964-yil). Bundan tashqari multitasking IBM firmasining OS/360 OT da qo’llanilgan (1966-yil). 1969-yilda Multics OT asosida UNIX OT ishlab chiqildi. Bunda multitasking tizimi tartiblangan xolga keltirildi. PDP-11 kompyuterlarida multaskingning RSX-11 varianti, vaqt taqsimlash tizimining TSX-PLUS varianti ishlatilgan.
Dunyodagi birinchi multimediali Amiga 1000 (1984-yil) shaxsiy kompyuteri multitaskingni to’liq qo’llab-quvvatlovchi mashina bo’lib, AmigaOS oper.tizimida ishlagan. Amiga1000 ni ishlab chiqarish jarayonida texnik qurilmalar va dasturiy ta’minot (AmigaOS) parallel ishlab chiqarilishi natijasida multitaskingni rejalashtirish vaqti (1/50 sek) uzoq yillar davomida boshqa ishlab chiqaruvchilar uchun yetib bo’lmas ko’rsatkichga aylandi.

Multitaskingni shuningdek Microsoft firmasi Windows OT da qo’llagan. AmigaOS ning tajribasidan foydalanish OT larga yanada yuqori samaradorlik va ishonchlilik berdi. Multitasking ishlatilish ko’rsatkichi bo’yicha hozir eng yirik OT lar bu – Windows va UNIX (Linux) hisoblanadi.


Multitasking nafaqat texnik jihatdan yoki OT larda, balki dasturlash tillarida ham ishlatiladi. Masalan, Modula-2 va Ada dasturlash tillarining xususiyati OT ga bog’liqligi yo’q va multitaskingni qo’llab-quvvatlaydi. Modula-2 dasturlash tili yordamida MS-DOS OT dasturi uchun bir dasturning ko’p potoklari uchun multitasking ning turli tiplari ishlab chiqilgan. Buni amalga oshirish uchun dastur moduliga taymer uzilishlarini qayta ishlovchi masalalar rejalashtiruvchisi qo’shilgan. Bunday xususiyatli dasturlash tillarini, ba’zi hollarda, real vaqt dasturlash tillari deb ham aytiladi.



Oddiy ko’pmasalali muhitlar resurslarni bo’lishib olish yo’nalishida ishlaydi, har bir masala (yoki jarayon) uchun alohida xotira qismi ajratiladi va masala aniq taqsimlangan vaqt intervallarida ishga tushiriladi. Boshqa multitasking tizimlarida resurslar taqsimotini dinamik amalga oshiradi, bunda masala xotirada ishlanishi boshlanadi va tizim strategiyasiga va ustunlik darajasiga qarab xotirani tark etishi ham mumkin. Bunday multitasking tizim quyidagi xususiyatlari bilan ko’zga tashlanadi:
1) Har bir masala o’zining ustunlik darajasiga ega, shunga mos ravishda protsessor vaqti va xotirani egallaydi
2) Tizim masalalar tartibini shunday tashkil qiladiki, barcha masalalar o’zlarining ustunlik darajasiga va tizimning strategiyasiga ko’ra resurslardan foydalana oladi
3) Tizim masalalarni faollashtirish, passivlashtirish, o’chirishni ta’minlovchi uzilishlar ishini tashkil qiladi.
4) Ajratilgan kvant vaqtida tizim yadrosi boshqa masalalarga resurslarni taqsimlash maqsadida masalani bajarilish holatidan tayyorlik holatiga o’tkazadi. Xotira kamlik qilgan holat sodir bo’lsa, bajarilmayotgan masalalar sahifalari diskka chiqarilib turishi mumkin (svopping), keyinchalik, tizim belgilagan vaqtdandan keyin xotiraga qayta tiklanadi
5) Tizim masalaning adres muhitini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
6) Tizim o’zining yadrosini boshqa masalalar egallab olishidan himoya qiladi
7) Tizim har bir alohida masalani (jarayonni) ishdan chiqishini va “osilib” qolganligini biladi va ularni to’xtatadi
8) Tizim bir nechta masala (jarayon) bir vaqtda bir joyga murojaat qilib, ularning umumiy “osilib” qolishini oldini olish uchun resurslar va qurilmalarga kirishni tartiblaydi
9) Tizimda har bir masala qachondir albatta faollashuvi ta’minlanadi
10) Tizim real vaqt so’rovlarini qayta ishlaydi
11) Tizim jarayonlar orasida aloqani ta’minlaydi




Yüklə 127,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin