Injiniringi fakulteti h I


Multitasking tashkil qilishning murakkabliklari



Yüklə 127,34 Kb.
səhifə5/7
tarix27.12.2023
ölçüsü127,34 Kb.
#199853
1   2   3   4   5   6   7
Multitasking tashkil qilishning murakkabliklari.
Asosiy murakkablik ununig ishonchliligini ta’minlashda paydo bo’ladi. Asosan, xotirani himoya qilish, uzilishlarni qayta ishlash, to’xtalib qolishlarni oldini olish va b. Ishonchlilikdan tashqari multitasking unumdor bo’lishi ham talab etiladi. Uni qo’llab-quvvatlashga talab qilinadigan resurslar jarajonlarni bajarilishiga ta’sir qilishi, ularning ishini sekinlashtirishi, xotirani cheklashi kabi amallarnoi bajarmasligi lozim.


Psevdoparallel multitasking.
3 xil turi mavjud

  1. Oddiy ulash usuli. OT xotiraga bir vaqtda 2 ta yoki undan ko’p masalani yuklaydi. MP esa asosiy deb belgilangan masalani hal qiladi, qolgan masalalar esa, navbat bilan bir masalani bajarilishini to’xtatib turib, ikkinchisiga ulanish, ikkinchisini bajarilishini to’xtatib turib uchinchisiga ulanish va h.k tartibda bajariladi. Yorqin misol sifatida 1985-yilda MS DOS uchun ishlab chiqilgan DESQview dasturini ko’rsatish mumkin. Ustunliklari: multitaskingni qo’llamaydigan masala (jarayon) larni ham ishlatish mumkin. Kamchiliklari: nointeraktiv tizimlarda, inson faktorisiz ishlamaydi. Dasturlararo aloqa o’ta cheklangan.

  2. Kooperativ multitasking (hamkorlikdagi multitasking). Joriy qayta ishlanayotgan masala (jarayon) boshqaruvni keyingi masala (jarayon) ga uzamaguncha keyingisi bajarilmaydi. Birinchi masalaning tegishli registrida masala bajarilganligi ishirasi paydo bo’lishi kerak. Shundan keyingina ikkinchi (uchinchi, to’rtinchi, va h.k) masalaga boshqaruv uzatiladi. Linux da myuteks obyektini band qilgan masala joriy masala deb hisoblanadi va bajariladi. Windowsda foydalanuvchi interfeysi tizimidan xabar kelishi bilan boshqaruv keyingi masalaga uzatiladi. Kooperativ multitaskingni ko’pmasalalikning keyingi bosqichi deyish mumkin. Oddiy ulash usulida boshqaruvni olgan masala (yoki jarayon) MP ni to’liq band qiladi, boshqa barcha masalalrni bajarilishi to’xtab turadi. Kooperativ multitaskingda esa maslaning bajarilishi uchun MP ning qancha resursi kerak bo’lsa, shuncha ajratiladi. Barcha masalalae MP vaqtini teng taqsimlaydi, boshqaruvni davriy ravishda uzatilishi bilan jarayon davom etadi. Yutuqlari: barcha ma’lumotlarni kritik seksiyalar va myutekslar deb nomlanuvchi obyektlar bilan himoyalash shart emasligi. Bu esa dasturlash, ayniqsa bir masalali muhitdan ko’p masalaliga o’tganda kod o’zgartirish talab etmaydi. Kamchiliklari: bitta masalada xatolik yuz bersa, boshqa masalalar ham bajarilishdan to’xtaydi, chukni, xatolikka uchragan masala protsessorni bo’shata olmaydi. Bundan tashqari protsessor bir masalani bajarayotganda ikkinchi masala ma’lumot o’qish/yozishni bajarishini ta’minlashda murakkabliklar mavjudligi.

  3. Ustunlikli multitasking (real vaqt rejimi). Bunda OT masalalarni bajarilish tartibini o’zi nazorat qiladi. Buning uchun keyingi masala kiritish/chiqarishni yakunlashi, texnik qurilmalarda qandaydir o’zgarishlar sodir bo’lishi, bir dasturdan ikkinchisiga axborot uzatilishi kabi o’zgarishlar sabab bo’ladi. Protsessor vaqtini jarayonlarni rejalashtirish ko’rsatkichi taqsimlaydi. Shuningdek, har bir masalaga foydalanuvchi yoki OT tomonidan ustunlik berilishi mumkin, bunday yondashuv protsessor vaqtidan yanada unumliroq foydalanishga olib keladi (masalan ko’p resurs talab qiladigan va qisqa vaqtda bajarilishi shart bo’lmagan masalaning ustunligini kamaytirib, uning bajarilishini sekinlashtirib, fon dasturlari yoki boshqa masalalarni ustunligini oshirish mumkin). Bunday multitasking foydalanuvchi chaqiruviga tezroq javob beradi. Yutuqlari. 1) OT yadrosida ko’pmasalali kiritish/chiqarish tashkil qilingan, bunda bir dastur axborotlarni kiritish/chiqarish bilan shug’ullanib turganda, boshqasi protsessorda bajarilishda davom etaveradi. 2) tizimning himoyalanganligi yuqori darajada ekanligi, bunda bir masalaning ishlamay qolishi boshqa jarayonlarga ta’sir o’tkazmaydi. 3) ko’protsessorli va ko’pyadroli tizimlarning imkoniyatlaridan to’laqonli foydalana olish. Kamchiliklari. Dastru kodi yozishda qat’iy tartibning bo’lishi shart ekanligi

Quyidagi OT larda tashkil qilingan:



  • VMS

  • MenuetOS

  • Linux

  • barchaUNIX-mos ОT larda, jumladan Mac OS X, iOS; Symbian OS

  • Windows ning barcha versiyalarida

  • AmigaOS ning barcha versiyalarida




Yüklə 127,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin