KLASSNING XUSUSIYATLARI VA METODLARI Avvalgi darslarimizda biror klassdan yaratilgan har bir obyektning xususiyatlarini klass ichidagidef __init__() medoti yordamida berayotgan edik. Bu metod qanday ishlaydi? Biz har gal klassga murojat qilganimizda klass aynan shu __init__metodini ishga tushiradi va biz bergan xususiyatlar bilan yangi obyekt yaratadi.
Pythonda xususiyatlarni nafaqat obyektga balki to'g'ridan-to'g'ri klassga ham yuklash imkoniyati mavjud. Bunda klassning xususiyatiga berilgan qiymat barcha obyektlar uchun umumiy bo'ladi. Bu xususiyatni bir obyekt orqali o'zgartirilganda shu klassga oid barcha obyektlarda ham uning qiymati o'zgaradi.
Klassga oid xususiyatlar def __init__() metodidan avval e'lon qilinadi.
Keling tushunarli bo'lishi uchun quyidagi misolni ko'ramiz:
class Avto:
"""Avtomobil klassi"""
num_avto = 0
def __init__(self,make,model,rang,yil,narh,km=0):
"""Avtomobilning xususiyatlari"""
self.make = make
self.model = model
self.rang = rang
self.yil = yil
self.narh = narh
self.__km = km
self.__id = uuid4()
Avto.num_avto += 1
Kodni tahlil qilamiz:
3-qatorda Avto klassiga oid bo'lgan xususiyat num_avto yaratdik va unga 0 qiymatini berdik
Keyingi qatorlarda __init__ metodi yordamida klassdan yaratiladigan obyektlarning xususiyatlarini e'lon qildik va har gal bu metdoga murojat qilingandan num_avto ning qiymatini 1 ga oshradigan qilib qo'ydik (13-qator).
Yuqoridagi usul bilan endi biz dastur davomida Avto klassidan jami nechta obyektlar yaratilganini kuzatib borishimiz mumkin bo'ladi. Bunda num_avto o'zgaruvchisiga istalgan obyekt orqali yoki klass nomi orqali murojat qilish mumkin:
avto1 = Avto("GM","Malibu","Qora",2020,40000)
avto2 = Avto("GM","Lacetti","Oq",2020,20000)
print(avto1.num_avto)
Natija: 2
avto3 = Avto("Toyota",'Carolla',"Silver",2018, 45000)
print(Avto.num_avto)
Natija: 3