Inkapsulyatsiya


KLASSNING XUSUSIYATLARINI INKAPSULYATSIYA QILISH



Yüklə 45,98 Kb.
səhifə3/5
tarix16.04.2023
ölçüsü45,98 Kb.
#98826
1   2   3   4   5
obyekt referat

KLASSNING XUSUSIYATLARINI INKAPSULYATSIYA QILISH
Klassga oid xususiyatlar ham huddi yuoqridagi kabi nomidan avval ikki pastki chiziq qo'shish bilan inkapsulyatsiya qilinadi:
class Avto:
"""Avtomobil klassi"""
__num_avto = 0 # klassga oid xususiyat
def __init__(self,make,model,rang,yil,narh):
"""Avtomobilning xususiyatlari"""
self.make = make
self.model = model
self.rang = rang
self.yil = yil
self.narh = narh
Avto.__num_avto += 1
KLASSGA OID METODLAR
Klasslarning o'ziga xos metodlari ham bo'lishi mumkin. Misol uchun yuqoridagi num_avto xususiyatini ko'rish uchun alohida metod yozishimiz mumkin. Klassga oid metodlar @classmethod dekoratori bilan boshlanadi va obyektga oid metodlardan farqli ravishda self emas cls (class) argumentini qabul qiladi.
class Avto:
"""Avtomobil klassi"""
__num_avto = 0
def __init__(self,make,model,rang,yil,narh,km=0):
"""Avtomobilning xususiyatlari"""
self.make = make
self.model = model
self.rang = rang
self.yil = yil
self.narh = narh
self.__km = km
self.__id = uuid4()
Avto.__num_avto += 1
@classmethod
def get_num_avto(cls):
return cls.__num_avto
Klass metodlarga klassning nomi orqali murojat qilinadi:
avto1 = Avto("GM","Malibu","Qora",2020,40000)
avto2 = Avto("GM","Lacetti","Oq",2020,20000)
avto3 = Avto("Toyota",'Carolla',"Silver",2018, 45000)
print(Avto.get_num_avto())
Natija: 3
@classmethod bu maxsus dekorator. Dekoratorlar bu o'z ichiga funksiya oluvchi funksiyalar. Dekoratorlar haqida keyingi darslarimizning birida batafsil to'xtalamiz.
KLASSLARNI MODULGA AJRATISH
Vaqt o'tishi bilan dasturimizda klasslar ko'payib borishi tabiiy. Bizning asosiy dasturimiz uzun va chigal bo'lmasligi uchun klasslarni ham huddi funksiyalar kabi alohida modullarga ajratish maqsadga muvofiq bo'ladi. Dastur davomida kerak bo'ladigan klasslarga esa modulni chaqirish (import) orqali murojat qilishimiz mumkin. Bunda, bir-biriga bog'liq klasslarni bitta faylga joylashimiz mumkin.
Misol uchun, biz Talaba, Professor, Foydalanuvchi va Shaxs degan klasslarni bitta odamlar.py moduliga, Avto, Bus, Train degan klasslarni esa boshqa transport.py moduliga joyladik. Kelajakda biz bu klasslarga import orqali murjat qilishimiz mumkin.

Yüklə 45,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin