32.3-bosqich: O’zgarishlarni yaratishni ko’ra bilish haqida ma’lumot bering O'zgartirish murakkab jarayon. O'zgarish imkoniga yaqinlashganda e'tiborga olish kerak bo'lgan ko'plab masalalar mavjud. O'zgarishlarni boshqarish ko'nikmalariga bo'lgan ehtiyoj tashkilotlarning tez o'zgaruvchan dunyosida doimiydir.
Quyidagi olti bosqichli o'zgarish modeli o'zgarishlarni tushunish va ish birligingiz, bo'lim yoki kompaniyangizda samarali ishlashga yordam beradi. Model, shuningdek o'zgarish agenti, kerakli o'zgarishlarni amalga oshirish uchun asosiy mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan shaxs yoki guruhning rolini tushunishga yordam beradi.
Tashkilot samarali moddaning o'zgarishi uchun modeldagi qadamlarning har birini bajarishi kerak. Biroq, qadamlar tugallanganda bu erda paydo bo'lgandan ko'ra bir oz boshqacha tartib paydo bo'lishi mumkin. Ba'zi hollarda, bosqichlar orasidagi chegaralar aniq emas. Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o’quv reja, dastur va darsiliklar maxsus ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo’lishi kerak. Bolaning maxsus ta’limga bo’lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o’zgaruvchan bo’lishi talab etiladi.
32.4- bosqich: ko’ra bilishni boshqarish haqida ma’lumot bering Bilishning moxiyati, shakllanish va rivojlanish konuniyatlari, xususiyatlarini o’rganish falsafa tarixida muxim o’rin egallab kelmoqda. Inson o’z bilimi tufayli borlik, tabiat, jamiyatni va nixoyat, o’z-o’zini o’zgartiradi. Bilishga qaratilgan inson faoliyatini va uni amalga oshirishning eng samarali usullarini tadqiq etish falsafa tarixida muxim axamiyatga ega. SHu bois xam falsafaning bilish masalalari va muammolari bilan shug’ullanuvchi maxsus soxasi - gnoseologiya vujudga keldi. Inson bilishi nixoyatda ko’p qirrali, murakkkab va ziddiyatli jarayondir. Gnoseologiya asosan, bilishning falsafiy muammolarini xal etish bilan shug’ullanadi. Xar bir tarixiy davr jamiyatning rivojlanish extiyojlaridan kelib chikib, gnoseologiya oldiga yangi vazifalar qo’yadi.
Xususan, XVII asr o’rtalarida Yevropalik faylasuflar ilmiy bilishning axamiyati, haqiqiy ilmiy bilishlar xosil qilishning usullarini o’rganish, ilmiy xaqiqat mezonini aniqlash bilan shug’ullandilar. Tajribaga asoslangan bilimgina haqiqiy bilimdir, degan g’oyani olg’a surdilar. XVIII asr mutafakkirlari ilmiy bilishda inson aqli imkoniyatlariga, ratsional bilishning xissiy bilishga nisbatan ustunligiga aloxida urg’u berdilar. Buyuk nemis faylasufi I. Kant bilish natijalarining xakikiyligi xususida emas, balki insonning bilish qobiliyatlari xaqida baxs yuritdi.
Bilish nima? Bilish insonning tabiat, jamiyat va o’zi to’g’risida bilimlar xosil qilishga qaratilgan aqliy, ma’naviy faoliyat turidir. Inson o’zini qurshab turgan atrof-muxit to’g’risida bilim va tasavvurga ega bo’lmay turib, faoliyatning biron-bir turi bilan muvaffaqiyatli shug’ullana olmaydi. Bilishning maxsuli, natijasi ilm bo’lib, xar qanday kasb-korni egallash faqat ilm orqali ro’y beradi. SHuningdek, bilish insongagina xos bo’lgan ma’naviy extiyoj, xayotiy zaruriyatdir. Insoniyat ko’p asrlar davomida orttirgan bilimlarini umumlashtirib va keyingi avlodlarga berib kelganligi tufayli xam o’zi uchun kator kulayliklarni yaratgan. Inson faoliyatining xar kanday turi muayyan ilmga tayanadi va faoliyat jarayonida yangi bilimlar xosil qilinadi. Kundalik faoliyat jarayonida tajribalar orqali bilimlar xosil qilish butun insoniyatga xos bo’lgan bilish usulidir. Bilimlar bevosita xayotiy extiyojdan, farovon xayot kechirish zaruratidan vujudga kelgan va rivojlangan. Insoniyatning ancha keyingi taraqqiyoti davomida ilmiy faoliyat bilan bevosita shug’ullanadigan va ilmiy nazariyalar yaratuvchi aloxida sotsial gurux vujudga keldi. Bular ilm-fan kishilari bo’lib, ilmiy nazariyalar yaratish bilan shug’ullanadilar.