Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Imkonyati cheklangan bolalarga korreksion yordamnitashkil etish



Yüklə 357,81 Kb.
səhifə42/78
tarix24.12.2023
ölçüsü357,81 Kb.
#191742
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-1

Imkonyati cheklangan bolalarga korreksion yordamnitashkil etish

2019 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha rasmiy tarzda 710 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatga olingan. Ularning 101 ming nafari – 16 yoshgacha bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalardan iborat.


Bu bolalarni ta'limga qamrab olinishida kamchiliklar bor. Masalan, ta'lim bilan qamrab olinmagan, uyda o‘tirib qolayotgan imkoniyati cheklangan bolalar bor. Agar maktablarda inklyuziv ta'lim bilan qamrab olish uchun sharoit yaratilsa, 101 ming imkoniyati cheklangan bolalarning 80 ming nafari bemalol maktabga bora oladi.
Hozir «Ta'lim to‘g‘risida»gi qonun Senat tomonidan ko‘rib chiqilyapti. Qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'lim to‘g‘risidagi band kiritilyapti. Biroq bu modda xalqaro talablarga javob bermaydi.
Moddada maktablarda nogiron bolalarga sharoit yaratib berilsa, imkoniyati cheklangan bolalar u yerda ta'lim olishlari mumkinligi aytilmoqda. Agar sharoit yaratilmasa-chi?
Shuning uchun biz bu borada o‘z takliflarimizni ishlab chiqdik va Senatga yubormoqchimiz. Unda quyidagilar nazarda tutilmoqda:
Avvalo, qonunda inklyuziv ta'lim tushunchasini ochib berish lozim. Sababi bizda hozirgacha bu tushuncha aniq ochib berilmagan.
Maktablarda inklyuziv muhit yaratish davlat tomonidan majburiy bo‘lishi kerak. Hozirgi qonunga ko‘ra, maktablarda imkon bo‘lsa, inklyuziv ta'lim sharoiti yaratilishi, imkon bo‘lmasa, yaratilmasligi mumkinligi aytilgan. Imkoniyati cheklangan bolalar ham O‘zbekiston fuqarolari, ular ham boshqalar qatori ta'lim olish huquqiga ega.
Bolalarning sifatli ta'lim olishi juda muhim. 2019 yil holatiga ko‘ra, 710 mingga yaqin nogiron fuqarolarning 609 ming nafari 16 yoshdan kattalar va ularning bor-yo‘g‘i 10 foizi oliy ma'lumotli hisoblanadi. Ko‘rinib turganidek, oliy ma'lumotli nogiron fuqarolar juda kam. Biroq kambag‘allikni qisqartirishning asosiy shartlaridan biri – oliy ta'lim berish.


  1. Imkonyati cheklangan bolalarga korreksion yordamni tashkil etishva ularning xquqiy pedagogik aspertlari

Imkoniyati cheklangan bolalarning keyinchalik soha tanlashi cheklangan. Ularga musiqa va san'at ta'limini berish orqali kelajakda kasb tanlashiga yordam berish mumkin. Bundan tashqari, musiqa ta'limi imkoniyati cheklangan bolalarning jismoniy va aqliy rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi.


Aytaylik, sog‘lom bolalar ko‘rgan narsalari haqida tasavvurga ega bo‘la olsa, ko‘zi ojiz bola musiqa orqali tasavvur qilish imkoniga ega bo‘ladi. San'at ularning maktabdagi o‘qishlarini yaxshi o‘zlashtirishiga ham yordam beradi.
Biroq imkoniyati cheklangan, ko‘zi ojiz bolalarning aksar qismining musiqa to‘lovini amalga oshirish imkoni cheklangan, chunki ularning ota-onalari ham nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki moddiy jihatdan imkoniyati yo‘q. Toshkent shahrida esa musiqa maktablari uchun to‘lov boshqa hududlarga qaraganda ancha qimmatroq: 177 ming so‘m atrofida.
Shuning uchun bolalarni to‘lovdan ozod qilish masalasida necha yillardan beri turli tashkilotlarga murojaat qilib kelyapman.
Davlat rahbarining may oyida tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan imkoniyati cheklangan bolalar musiqa maktablarining to‘lov pulidan ozod qilinuvchi 25 foizlik imtiyozli kvotaga (avvallari faqat kam ta'minlangan oilalar farzandlariga bunday imkon berilgan edi) kiritildi.
Biroq men ishlayotgan Toshkent shahridagi 17-sonli musiqa va san'at maktabida 280 nafar bola ta'lim oladi. Ularning 133 nafarini ko‘zi ojiz bolalar tashkil qiladi. Demak, faqat ko‘zi ojiz o‘quvchilarning o‘zi 25 foizdan ancha yuqori. Lekin imkoniyati cheklangan va kam ta'minlangan bolalarning faqat 25 foizigina to‘lov pulidan ozod qilinishi mumkin. Buning bilan imkoniyati cheklangan bolalarning musiqa ta'limini olish imkoni cheklanadi
Shuning uchun nogironligi bo‘lgan bolalarning musiqa va san'at maktablarida to‘liq bepul tarzda ta'lim olishi masalasi ko‘rib chiqilishi lozim.
Bu bo‘yicha sobiq Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev qaror ishlab chiqilganini va yangi 2020 yildan respublikadagi ko‘zi ojiz bolalarning barchasi bepul o‘qishinie'lon qilgan ham edi. Biroq bu qaror haqida aytilgan ma'lumot tasdiqlanmadi va hanuz masala yechilmasdan qolyapti.
Hozir Madaniyat vazirligiga savol bilan murojaat qilganimda imkoniyati cheklangan bolalarni 100 foiz to‘lovdan ozod qilish masalasi yana qayta ko‘rilayotgani aytildi. Bunday imtiyoz berilishi bilan davlat budjetiga katta yuk tushmaydi, aksincha, hozir o‘qiyotgan bolalar keyinchalik olgan ta'limi asosida ishli bo‘lib, davlatdan yordam so‘rashi ehtimoli kamayadi.



  1. Yüklə 357,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin