100.Dakar harakat reja dasturi 2000 yilning 26-28 aprel kunlari Dakarda ta’lim to’g’risida xalqaro Forum qatnashchilari tomonidan “Dakar harakat dasturi”ni qabul qilgan. Ular 10 yil oldin qabul qilingan “Ta’lim hamma uchun” Xalqaro Deklarasiya (Djomtyen-Tailand-1990 yil) ni qayta tasdiqlab, ratifikasiya qildilar. Dakar harakat dasturi “2000 yilga qadar jahon miqiyosida ta’lim hamma uchun amaliy faoliyatining darajasini baholash” maqsadiga asoslanildi. Bu baholashda har bir davlat o’zining ta’limni barcha bolalar uchun taminlanganlik darajasini tahlil qilib chiqish vazifasi topshirildi. Tahlil asosida har bir davlat 6 ta hududiy Konferensiyalarni o’tkazish davomida 1990-2000 yillarda erishgan yutuqlarini Djomtyenga yetkazib turish lozim deb belgilanganligi aniqlandi:
1999 yil-2000 yil “Ta’lam hamma uchun” konferensiyasi Saxardan boshlab, Janubiy Afrika davlatlarida;
Bangok va Tailandda 2000 yilning 17-20 yanvar kunlari butun Osiyo va Tinch okeani hududi mamlakatlarida ta’lim hamm uchun maqsadini amalga oshirish darajasini belgilash uchun hududiy Konferensiya;
2000 yilni 24-27 yanvar kunlari Kairda Arab davlatlari Ta’lim hamma uchun hududiy Konferensiyasi;
2003 yil 31 yanvardan 2 fevralgacha Braziliyaning Resifi shahrida 9 ta ko’pmillatli davlatlarning ma’orif vakillari bilan uchrashuv-Ta’lim-9 yig’ilishi;
2000 yilning 6-8 fevral kunlari Polsha va Varshava shaharlarida Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari uchun Konferensiya;
2000 yil 10-12 fevral kunlari Dominikan Respublikasi Santo-Domingo shahrida janubiy va markaziy Amerika uchun “Ta’lim hamma uchun” hududiy konferensiyasi bo’lib o’tdi.
101.Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi Insoniyat oilasining hamma a’zolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini e’tiborga olib;
inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so’z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo’ladigan hamda qo’rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e’lon qilinganligini e’tiborga olib;
inson oxirgi chora sifatida zulm va istibdodga qarshi isyon ko’tarishga majbur bo’lishining oldini olish maqsadida inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib;
xalqlar o’rtasida do’stona munosabatlarni rivojlantirishga ko’maklashish zarurligini e’tiborga olib;
Birlashgan Millatlar xalqlari insonning asosiy huquqlariga, shaxsning qadr-qimmatiga, erkak va ayolning teng huquqliligiga, o’z e’tiqodlarini Nizomda tasdiqlaganliklari hamda yanada kengroq erkinlikda ijtimoiy taraqqiyot va turmush sharoitlarini yaxshilashga ko’maklashishga ahd qilganliklarini e’tiborga olib;
a’zo bo’lgan davlatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan hamkorlikda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini yalpi hurmat qilish va unga rioya qilishga ko’maklashish majburiyatini olganligini e’tiborga olib;
mazkur huquqlar va erkinliklarning xarakterini yalpi tushunish ushbu majburiyatlarning to’liq ado etilishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lishini e’tiborga olib;
Bosh Assambleya
mazkur Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo’lgan vazifa sifatida e’lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma’rifat va ta’lim yo’li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko’maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta’minlanishiga, Tashkilotga a’zo bo’lgan davlatlar xalqlari o’rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiktsiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o’rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur.
1-MODDA
Hamma odamlar o’z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo’lib tug’iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo’lishlari kerak.
2-MODDA
Har bir inson irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e’tiqodlaridan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar ushbu Deklaratsiyada e’lon qilingan barcha huquq va barcha erkinlikka ega bo’lishi zarur.
Bundan tashqari, inson mansub bo’lgan mamlakat yoki hududning siyosiy, huquqiy yoki xalqaro maqomidan, ushbu hudud mustaqilmi, vasiymi, o’z-o’zini idora qiladimi yoki boshqacha tarzda cheklanganligidan qat’i nazar biror bir ayirmachilik bo’lmasligi kerak.