Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)


Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi



Yüklə 357,81 Kb.
səhifə55/78
tarix24.12.2023
ölçüsü357,81 Kb.
#191742
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78
Inklyuziv talim jahon miqyosidagi hujjat (Yunesko)-1

100.Salamanka bayonati va ish faoliyati rejasi
Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat rejasida “Ta’lim hamma uchun” shiori ilgari surilamoqda. “Ta’lim hamma uchun” shiori deganda nogiron bo’lgan yoki jamiyat ichida ajratib qo’yilgan guruhlardan kelib chiqqan bolalarning ham tenghuquqlilik asosida ta’lim olishlari tushuniladi.
Ushbu harakat rejasini tahlili shuni ko’rsatdiki, asoslanadigan asosiy tamoyili quyidagilardan iborat:
“Maktablar jismoniy, aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi yoki boshqa nuqsonlaridan qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi kerak. Ularga ruhiy va jismoniy nuqsoni bor bolalar, boshpanasiz bolalar, ko’chmanchi xalqlarga tegishli bo’lgan bolalar, etnik yoki madaniy kamchilikni tashkil topgan oilalarning bolalari kiradi” (Harakat Rejasiga kirish 3-band).
Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasida maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida inklyuziv ta’lim berish lozimligi alohida ta’kidlanib, har bir bolaning boshqalarnikiga o’xshamagan o’z ehtiyojlari mavjudligi, shuningdek, har bir bola yashash joyiga yaqin bo’lgan maktabga borish huquqi mavjudligi alohida ta’kidlab o’tilgan. Mazkur Bayonotga ko’ra:

Ma’orif tizimi va ta’limiy dasturlar turli xususiyat va ehtiyojlarni hisobga olgan holda tuzilib, shu ishga yo’naltirilsin;


Maxsus ehtiyojga ega bo’lagan bolalar uchun umumta’lim maktablariga borish imkoniyati yaratilsin deb qat’iy belgilab berildi.
Bunday maktablarning asosiy maqsadi barcha bolalarga samarali ta’lim beribgina qolmay, maxsus ehtiyojli bolalarga nisbatan inklyuziv va iliq munosabatli jamiyat yaratib, diskriminasion o’zgarishlarga barham berishdir.
Salamanka Bayonoti va Ish faoliyat Rejasining ishlab chiqilishi jahon miqiyosida “Ta’lim hamma uchun” mazmunidagi ta’lim siyosati ilgari surilib, maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim tizimi sharoitida o’qitishning yo’llari belgilab berildi. Ammo bu ta’lim tizimining mazmun-mohiyatini yanada aniqroq va mustahkamroq huquqiy jihatdan asoslash, qat’iy belgilab berish lozim edi. Shuning uchun ham 2000 yilning 26-28 aprel kunlari Dakarda ta’lim to’g’risida xalqaro Forum qatnashchilari tomonidan “Dakar harakat dasturi”ni qabul qilgan. Ular 10 yil oldin qabul qilingan “Ta’lim hamma uchun” Xalqaro Deklarasiya (Djomtyen-Tailand-1990 yil) ni qayta tasdiqlab, ratifikasiya qildilar. Dakar harakat dasturi “2000 yilga qadar jahon miqiyosida ta’lim hamma uchun amaliy faoliyatining darajasini baholash” maqsadiga asoslanildi. Bu baholashda har bir davlat o’zining ta’limni barcha bolalar uchun taminlanganlik darajasini tahlil qilib chiqish vazifasi topshirildi. Tahlil asosida har bir davlat 6 ta hududiy Konferensiyalarni o’tkazish davomida 1990-2000 yillarda erishgan yutuqlarini Djomtyenga yetkazib turish lozim deb belgilanganligi aniqlandi:
1999 yil-2000 yil “Ta’lam hamma uchun” konferensiyasi Saxardan boshlab, Janubiy Afrika davlatlarida;
Bangok va Tailandda 2000 yilning 17-20 yanvar kunlari butun Osiyo va Tinch okeani hududi mamlakatlarida ta’lim hamm uchun maqsadini amalga oshirish darajasini belgilash uchun hududiy Konferensiya;
2000 yilni 24-27 yanvar kunlari Kairda Arab davlatlari Ta’lim hamma uchun hududiy Konferensiyasi;
2003 yil 31 yanvardan 2 fevralgacha Braziliyaning Resifi shahrida 9 ta ko’pmillatli davlatlarning ma’orif vakillari bilan uchrashuv-Ta’lim-9 yig’ilishi;
2000 yilning 6-8 fevral kunlari Polsha va Varshava shaharlarida Yevropa va Shimoliy Amerika davlatlari uchun Konferensiya;
2000 yil 10-12 fevral kunlari Dominikan Respublikasi Santo-Domingo shahrida janubiy va markaziy Amerika uchun “Ta’lim hamma uchun” hududiy konferensiyasi bo’lib o’tdi.

Yüklə 357,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin