INKLYUZIV
TA’LIMNI JORIY ETISH MASALALARI
21-Modul: Inklyuziv ta’lim ishtirokchilarining ijtimoiy ko‘nikmalarini
rivojlantirish
1-Mavzu. Inklyuziv ta’lim jarayonida nogironligi bo‘lgan bolalarga
psixologik xizmatni tashkil etish
Reja:
1. Inklyuziv ta’limni targ‘ib qilishda psixologning vazifas
2. Inklyuziv ta’lim jarayonida psixologik xizmat va yordamni tashkil etish
3. Psixolog tomonidan yuritiluvchi ish hujjatlari va uning shaxsiy fazilatlari
Inklyuziv ta’limda psixologning asosiy vazifasi - har bir o‘quvchining
individual rivojlanishini psixologik qo‘llab-quvvatlash tizimini yaratish, inklyuziv
ta’lim barcha ishtirokchilarining ijtimoiy-psixologik farovonligini ta’minlash, ya'ni
qulay sharoit yaratishdir.
Inklyuziv ta’lim jarayonida psixologik hizmatni tashkil etish nima uchun
kerak?
maktabdagi muhit muqobil darajaga yetkazish;
nogironligi bo‘lgan bolalarning jamiyatda muvaffaqiyatli moslashuvi;
reabilitatsiyasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
“maxsus” bolalarni tarbiyalayotgan oilalarga ijtimoiy-psixologik yordamni
tashkil etish.
Shuningdek, psixolog bola maktabda o‘z o‘rnini topishi, muammolarini
mustaqil ravishda hal qilishini ta’minlab beruvchi psixologik yordamni tashkil etishi
kerak.
Psixologik yordamning ikki turi mavjud:
- tez hal qilishni talab qiladigan turli muammolarni hal qilishni nazarda
tutuvchi dolzarb yo‘nalish;
- har bir bolaning individualligini rivojlantirish uchun turli muammolarni hal
qilishni nazarda tutuvchi istiqbolli yo‘nalish (kelajak uchun maqsad).
Inklyuziv ta’lim maktabidagi psixolog faoliyatida 4 ta asosiy ish yo‘nalishi
belgilangan:
- rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlash;
- pedagoglar bilan ishlash;
- ta’lim muassasasining rahbariyati bilan ishlash;
- nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan ota-onalar bilan ishlash.
Biroq, kerak bo‘lganda qo‘shimcha ravishda yana bir muhim yo‘nalish
mavjud: oddiy bolalarning ota-onalari bilan ishlash.
Ularga oddiy (shartli sog‘lom) bolalar bilan bir qatorda “maxsus” bolalarning
ta’lim muhitiga kiritilishi ular uchun “maxsus” bolalardan kam emasligi va
birgalikda o'rganishning asosiy ijobiy omili ekanligi haqida ma’lumot berish
muhimdir. Bu ish asosan bag‘rikenglikning rivojlanishi orqali olib boriladi.
Bag‘rikenglik (tolerantlik) kompleks ravishda shakllanishi (o‘qituvchilar va ota-
onalar tomonidan) bolalar o‘rtasida yanada muvaffaqiyatli munosabatlarni yaratadi.
Rivojlanish muammolari bo‘lgan bolalar bilan ishlashning asosiy
yo‘nalishlari:
- psixodiagnostika;
- rivojlantiruvchi va psixo-korreksion ish;
- profilaka faoliyati.
Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlashning asosiy qoidalar:
- bolaning manfaatlarini hurmat qilish. Muammoni maksimal darajada
bolaning manfaatlari uchun foydali hal qilish;
- tizimli yondashuv. Tashxis, korreksiya va rivojlanish bo‘yicha turli
mutaxassislar harakatlarining muvofiqligi;
- Uzluksizlik. inklyuziv ta’limning barcha ishtirokchilariga doimiy yordam
kafolati;
- Insonparvarlik. Subyektiv-pozitiv yondashuv.
- Variativlik. Bolalarning ta’lim olishlari uchun muayyan variativ sharoitlarini
yaratish;
- Integratsiya. Nogironligi bo‘lgan bolalarni umumiy ta’lim muhitiga,
qo‘shma loyihalarga, tadbirlarga va boshqalarga kiritish;
- Muvaffaqiyatli vaziyatni yaratish. Bolalarning individual qobiliyatlarini
ochib berish uchun sharoit yaratish;
- Yakka yondashuv.
Nogironligi bo‘lgan bolalar bilan psixolog ishining mohiyati:
- psixik zo‘riqishni yo‘qotish;
- o‘z-o‘zini baho berishni korreksiyalash;
- psixik funktsiyalarni rivojlantirish (diqqat, xotira, tafakkur va boshqalar);
- passivlikni engish;
- agressivlikni engish;
- mas’uliyat, mustaqillikni shakllantirish;
- ijobiy his-tuyg‘ularni shakllantirish;
- faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish;
- muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish va boshqalar.
Psixologning nogironligi bo‘lgan bolalar bilan ishlash usullari va shakllari:
- Ertak terapiya. Ko‘p qirrali ta’sir orqali shaxsning rivojlanishi;
- O‘yin terapiya. Ruhiy jarayonlarning erkinligini shakllantirishga hissa
qo‘shish
- Relaksatsiya. Hissiy va mushaklarning zo‘riqishini yechish;
- Psixo-gimnastika. Zo‘riqishni yechish, hissiy va shaxsiy sohani
rivojlantirish;
- Art
-
terapiya. O‘z-o‘zini ifoda etish va o‘z-o‘zini anglashni rivojlantirish;
- Qumli terapiya. Mayda qo‘l motorikasini rivojlantirish, miya yarim
sharlarini rivojlantirish.
Nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasini psixologik qo'llab-quvvatlash
bo‘yicha ishlar ham muhim ahamiyatga ega, chunki ular o‘z farzandlarining
psixologiyasini belgilaydilar.
Nogironligi bo‘lgan bolalarining ota-onalar bilan inklyuziv ta’lim
psixologining asosiy faoliyati:
- psixologik maslahat;
- psixologik uquv;
- ijtimoiy nazorat yordami.
Bu tadbirlar suhbat, ma’ruza, anketa shaklida o‘tkazilib, ota-onalarning
pedagogik malakasini oshirishga qaratilgan.
Psixolog yordamchi o‘qituvchi va ta’lim muassasasining boshqa
mutaxassislari bilan birgalikda ota-onalar uchun seminarlar o‘tkazadi, mazkur
seminarlarda ota-onalar didaktik adabiyotlar, o‘yinlar bilan tanishadilar va olingan
ma’lumotlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatiladi.
Pedagog kadrlar bilan psixologik ishlar psixologik tanishtiruv shaklida
psixologik kompetentsiyasini oshirishga qaratilgan suhbatlar, ma’ruzalar va mahorat
darslari yordamida o‘tkaziladi.
Shunday qilib, nogironligi bo‘lgan bolalar bilan olib boriluvchi barcha ishlarni
quyidagi yo‘nalishlarga bo‘lish mumkin:
- diagnostik;
- analitik;
- korreksion;
- konsultativ va ma’rifiy;
- tashkiliy-uslubiy.
Inklyuziv ta’lim jarayonida psixologning faoliyati to‘g‘risidagi barcha
ma’lumotlarni qayta ishlagandan so‘ng, biz uning zarur mehnat harakatlarini
aniqlaymiz:
- turli xil ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar bilan birgalikda va individual
ravishda faoliyatini tashkil etish;
- nogironligi bo‘lgan bolalarning rivojlanishi va kasallik tarixi haqidagi
ma'lumotlarni to‘plash va qayta ishlash;
- diagnostik va korreksion-rivojlantiruvchi faoliyatini amalga oshirish;
- nogironligi bo‘lgan bolalar va ularning ota-onalari bilan ishlashda ularning
his-tuyg‘ularini nazorat qilish;
- nogironligi bo‘lgan bolalarni tarbiyalayotgan o‘qituvchilar va ota-onalarning
psixologik uquvini oshirish;
- nogironligi bo‘lgan bolalarni oddiy jamiyatga ijtimoiylashuvi va
jamiyatning nogironligi bo‘lgan bolalarga nisbatan bag‘rikeng munosabatiga
qaratilgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazish;
- inklyuziv ta’limning barcha o‘qituvchilari bilan samarali hamkorlik qilish;
- nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun moslashtirilgan ta’lim muhitini
loyihalash;
- o‘quvchilar uchun individual ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari, loyihalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun uslubiy vositalarni ishlab chiqish va tanlash;
- rivojlanishning optimal traektoriyasini aniqlash (bola rivojlanishining
individual yo‘nalishi);
- tibbiy pedagogik psixologik komissiyani (TPPK) o‘tkazio‘ uchun hujjatlarni
tayyorlash.
Psixologik yordamning mazmuni va tuzilishi ko‘p jihatdan bolaning tashxisi,
nuqsoni, kompensatsion imkoniyatlari, uning “yaqin rivojlanish hududi” va shaxsga
yo‘naltirilgan yondashuvga bog‘liq. Mutaxassislar bolalarni individual ravishda
tekshiradilar, ularni dars jarayonida, kundalik hayotda - yurish paytida, erkin
mashg‘ulotlarda kuzatadilar. Alohida shartlar o‘quvchilarning har bir toifasi uchun
shartli ravishda belgilanadi.
Nogironligi bo‘lgan bola bilan hamrohlik qilishning eng maqbul usulini
tanlash uchun ushbu davrda bolaning imkoniyatlarini batafsil o‘rganish kerak.
Dostları ilə paylaş: |