Innovasion faoliyatning tashkiliy shakli. Davlat sektori, tadbirkorlik sektori, oliy ta’lim xususiy foyda kelmaydigan sektor. Reja



Yüklə 19,55 Kb.
səhifə1/2
tarix05.12.2023
ölçüsü19,55 Kb.
#173185
  1   2

Innovasion faoliyatning tashkiliy shakli. Davlat sektori, tadbirkorlik sektori, oliy ta’lim xususiy foyda kelmaydigan sektor.
Reja:

  1. Innovatsion menejmentning tashkiliy shakllari va resurslar bilan ta’minlanishi

  2. Davlat sektori, tadbirkorlik sektori, oliy ta’lim xususiy foyda kelmaydigan sektor


1.Innovatsion menejmentning tashkiliy shakllari va resurslar bilan ta’minlanishi

Ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning innovatsion rivojlanish xiliga o‘tishning tashkiliy boshqaruv jarayonining ta’minlanishi quyidagi tadbirlar majmuasi-dan iborat:


Firma yoki korporatsiyalarning ishlab chiqarish va sotish operatsiya-larini markazlashtirish.
Ilmiy-texnik mahsulotlarni oddiy maqsadlar va oddiy operatsiyalar orqali ishlab chiqarishga yordam beruvchi egiluvchan tashkiliy texnologik tizimini yaratish. Buning asosida ilmiy ishlab chiqarish tizimini yangi av-lodini qabul qilish yoki mukammalashtirish yotadi.
Istiqbolli sohalarini egallashga qaratilgan innovatsion tadbirkorlik firmalarini, ilmiy laboratoriyalarini yaratish.
O‘zida istiqbolli ilmiy izlanishlarni va ishlab chiqarish, moliyalash-tirishni, ularning natijalaridan foydalanish huquqini egallash, mutaxassis-larini o‘qitish va qayta o‘qitishni moliyaviy jihatdan ta’minlash, maslahat berish xizmatlarini olgan ilmiy tashkilotlar, oliygohlar va xususiy ilmiy izlanish firmalari bilan hamkorlik qilishni shakllantirish.
Ilmiy izlanish iishlarini olib borish uchun boshqa firmalar bilan aloqani tashkil etish, yangilik firmalarni tashkil etish. Yirik innovatsion loyihalarni amalda qo‘llash.
Tor mutaxassisliklardan keng intergratsiyalashuvga o‘tish asosida boshqaruvni demokratik va koordinatsion usullarini rivojlantirish.
Berilgan usulga ishchilarning imkoniyatlarini ochish, ijodini rag‘batlantirish, yangilikka intilishni kuchaytirish, yangi, ko‘p xomashyo talab qilinmaydigan qarorlarni izlash kabi forma va metodlar xos.
Bunda tashkiliy strukturani, odatda, tekis deyiladi, shuning bilan birga yu-qori boshqaruvchilar va ijrochilar orasidagi daraja eng minimal hisoblanadi.
Ilm, ishlab chiqarish va bozorni integratsiyalashuvi muammosi bilan bog‘liq butun ilmiy qayta ishlab chiqarish siklida strategik qarorlarni qabul qi-lishni ta’minlovchi innovatsion anametik strategik markazlarni shakllantirish.
Ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat sohasida tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, aqliy mehnatni xalqaro taqsimlanishida qat-nashish, yirik innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga oshirish.
Innovatsion xildagi rivojlanish kompleks holda resurslar bilan ta’minlanishi va xo‘jalik iqtisobiy tizimini stabilligini samaradorligiga alo-hida e’tiborni talab qiladi.
Tizimi innovatsion xildagi rivojlanishiga o‘tishda iqtisodiy stabillik, samaradorlikning sharti bo‘lib, ichki o‘zini rivojlantirish omillari mavjud-ligi hisoblanadi.
Menejment ular qayta ishlanishiga tashkiliy, rag‘batlantiruvchi, resurs-larni, iqtisodiy, ijtimoiy, pisixologik va boshqa formalarni kiritib beradi. Bu vazifalarni menejment korporatsiyaning ilmiy menejerlik bo‘limlarini olgan strukturalar bilan birgalikda yaratilish yo‘li bilan yechish mumkin. Shuning uchun kompleks ilmiy texnik markaz (ITM) tashkil etadi. Menejerlar bu markaz orqali korporatsiyada yangi ilmiy ishlarni tashkil qilishi kerak.
Bular orsida:
– ilmiy-texnik va innovatsion siyosatni ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
– korporatsiyaning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda innovatsion bozor strategiyasini ishlab chiqishda qatnashish;
– eng iqtisodiy foydali innovatsion dasturlar va loyihalarni bajarilishini tashkil etish va ishlab chiqish;
– ishlab chiqarishni texnologik bazasini, mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlash;
– chet mamlakatlar ilmiy tashkilotlari bilan aloqani tashkil etish, texnoparkda venchur innovatsion formalarini yaratish va rivojlantirish orqali ichki innovatsion faktorlardan effektiv foydalanishni shakllantirish;
– kadrlarni (va boshqaruv kadrlarini) tayyorlash va qayta tayyorlash-da qatnashadi;
– ilmiy-texnik va innovatsion faoliyat sohalarida korporatsiyaning tashqi iqtisodiy aloqalarini tashkil etish;
– korporatsiyaning muhim yo‘nalishi va sohalari faoliyatida ITMning asosiy tendensiyalariga mavsumiy izlanishlar olib borish;
– korparatsiyaning intellektual mulkini saqlash va korporatsiya ishlab chiqarayotgan mahsulotning potenligini ta’minlash;
– korporatsiyada ishlayotgan har bir xodimning ijobiy faoliyatini kuchaytirishga qaratilgan rag‘batlantiruvchi shartlarini shakllantirish, shu bilan birga boshqaruvchilarining ham. Maqsadli raqobatda korporatsiya-ning stabilligini oshirish, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga qara-tilgan dasturlarni ishlab chiqishda qatnashish.


Yüklə 19,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin