2. Davlat sektori, tadbirkorlik sektori, oliy ta’lim xususiy foyda kelmaydigan sektor
Innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligi birinchi navqbatda, ularning iqtisodiyot va umuman jamiyat uchun o’sib borayotgan ahamiyatidan kelib chiqqan. Iqtisodiyotning tuzilishi innovatsiyalar ta’siri ostida o’zgaradi. Axir resurslardan foydalanishning samaradorligini o’sishi hisobiga ularni bir qismi bo’shaydilar va faolyaitning boshqa sohalariga qayta taqsimlanadilar. Masalan, qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning ulushi qisqaradi, xizmatlar sohasida esa o’sadi. Bundan tashqari, innovatsiyalar yangi ishlab chiqarishlar, sohalarni vujudga kelishi va mavjud bo’lganlarni asta- sekin barham topishining bevosita sababai bo’ladilar.
Innovatsiyalarning jamiyatni iqtisodiy tashkil qilinishini ham o’zgartiradilar. Yangi ijtimoiy institutlar va xo’jalik tashkilotlari (masalan, venchurli firmalar) paydo bo’ladilar, ular o’rtasidagi o’zaro aloqalar o’zgaradilar. Mulkning tuzilishida siljishlar sodir bo’ladi. Boshqaruv texnologiyasi takomillashadi: vertikal ta’sir ko’rsatishlar borgan sari gorizontallar bilan to’ldiriladi va almashtiriladi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mazmuni ham o’zgaradi.
Innovatsion jarayonlar borgan sari kattaroq sotsial ahamiyat kasb etadilar. Yangilik kiritishlar bilan yaratiladigan iqtisodiy o’sish nafaqat aholini turmush darajasini oshishiga imkon beradi, balki bandlik muammolarini yangi yuqori ish haqi to’lanadigan ish joylarini tashkil qilinishi hisobiga hal qilinishi, ta’lim va sog’liqni saqlash darajasini oshirishga yordam beradi. Bundan tashqari hozirgi tarixiy davrda innovatsiyalarni tarqalishi jarayoni har xil sotsial va iqtisodiy sub’ektlarni yagona bir butunga bog’lovchi, millatning yagonaligini ta’minlovchi, ko’pgina hollarda sotsial ziddiyatlar va janjallarni yumshatuvchi elementlardan biri bo’ladi.
Hozirgi dunyodagi innovatsion jarayonlarning intensivligi ekologik muammolarni ancha keskinlashtirgan. Bir qator yo’nalishlar bo’yicha atrof muhitga antropogen yuklama mushkul chegaraga yaqinlashmoqda, uni orqasida moddalarni tabiatdagi meyoriy o’zgarib turishini buzilishi muqarrardir. Boshqa tomondan, faqat innovatsiyalar yordamida inson va tabiat o’rtasidagi munosabatni uyg’unlashtirishi mumkin. Axir xuddi ilmiy – texnik yutuqlar ishlab chiqarishning tuzilmasi va iste’molni ratsionallashtirish hamda qaytadan aylanuvchi texnologiyalarni tarqatish yo’li bilan o’rni to’ldirilmaydigan resurslardan foydalanishni va zararli chiqindilarni kamaytirishga imkon beradi. Bu muammolar jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan, barqaror ekologik muvozanatni ko’zda tutuvchi 21 – asrda barqaror rivojlanish kontseptsyasi munosabati bilan ayniqsa dolzarbdir.
O’tgan asr xo’jalik hayotini muddat bilan internatsionallashuvi bilan ma’lum bo’ladi. Ko’pincha integratsiyaning yuqori darajasida ega xalqaro xarakter innovatsion jaryonlarni ham kasb etadi. Har xil mamlakatlarni innovatsion sohada kooperatsiyalashishi resurslarni yangi ilmiy – texnik natijalarni olish, ham buyumli va ham buyuli bo’lmagan shakllardagi texnologiyalarning transporti, jahon ilmiy - innovatsion infratuzilmasini yaratilishi o’z mohiyatiga ko’ra globar xarakterga ega innovatsiyalarni amalga oshirish maqsadida birlashtirilishi orqali sodir bo’ladi. Ilmiy - texnik taraqqiyotning hozirgi ko’lamlarida ko’pgina innovatsion loyihalarni bitta, hatto eng rivojlangan mamlakatlarni amalga oshirishga kuchlari yetmaydi.
Ammo mamlakatda xuddi shunday ilmiy – texnik baza, hamda xorijdan innovatsiyalarni qabul qilishni ta’minlovchi mexanizmlar mavjud bo’lmasa jahon innovatsion jarayonlariga to’laqonli integratsiyalashishning iloji bo’lmaydi. Mamlakatni mehnat taqsimotiga qo’shilishining darajasi va samaradorligi tovarlar va xizmatlarning jahon bozorlaridagi uning tutgan o’rni, malakali mutaxassislarning mavjudligi bilan ta’riflanadi. Ushbu parametlar tabiiy resurslarga eksklyuziv egalik qilish yoki ekstensiv xarakterdagi boshqa afzalliklar bilan kamroq darajada va mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlovchi innovatsiyalardan foydalanish bilan borgan sari ko’proq darajada belgilanadilar. Milliy iqtisodiyotning global raqobatbardoshligini innovatsion jarayonlarni rivojlanishi darajasiga bog’liqligi – innovatsiyalarning umumdavlat ahamiyatidagi muhim jihatidir.
Ammo innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solinishining zaruriyati nafaqat ularning umummilliy ahamiyati, balki iqtisodiy mazmuni bilan ham asoslangan. Bir tomondan, bozor iqtisodiyotiga innovatsiyalar – xo’jalik yurituvchi sub’ektlar foydasini bozor talabini yaxshiroq qanoatlantirish, ishlab chiqarish xarajatlarini raqiblarnikiga nisbatan kamaytirish hisobiga ko’paytirishning asosiy vazifasidir. Boshqa tomondan, klassik bozor mexanizmlarini amalda bo’lishi sharoitlarida ilmiy – texnik natijalarni olish va ularni xo’jalik amaliyotiga tatbiq etish ancha qiyinlashadi. Bozor iqtisodiyotiga ega xorijiy mamlakatlarning tajribasi shuni ko’rsatadiki, ilmiy – texnik rivojlanish masalasida bozorni avtomatlashtirilishiga to’liq suyanish mumkin emas. Yangilik kiritishlardan foydalanish faqat u yoki bu korxona yoki mintaqaning xususiy muammosi bo’lmaydi, u ko’proq ijtimoiy xarakterni kasb etadi, chunki u yoki bu malakatni rivojlanishining sotsial– iqtisodiy istiqbollari borgan sari u yerda innovatsion jarayonlar qanchalik uzviy borayotganiga bog’liqdir. Innovatsion jarayonlarni boshqarishning markazlashtirilgan usullarining ustuvorligi jahon amaliyoti tomonidan isbotlangan.
Ushbuni hamda bizning iqtisodiyotimizning o’ziga xosligidan kelib chiqqan holda ilmiy – texnik taraqqiyot sohasida davlat tomonidan tartibga solishdan voz kechish va bozor mexanizmlari va xususiy tashabbusga umid bog’lash yengiltaklik bo’lib ko’rinadi. Innovatsion jaryonni rivojlanishini boshqarishning o’zagi deb davlatning ilmiy – texnik siyosatini hisoblash zarur. Ijtimoiy rivojlanishning barcha elementlari va bo’g’inlarida innovatsiyalar (yangilik kiritishlar, ilmiy- texnik yutuqlar)ni yaratish va tadbiq etish bo’yicha jarayonlar, hamda fan va texnika yutuqlarini (ham ishlab chiqvrish – texnik va ham iste’mol belgilanishida)o’zida ro’yobga chiqaruvchi ilmiy – texnik siyosatining ob’ekti bo’ladilar:
Davlat ilmiy – texnik siyosati:
- ilmiy – texnik yutuqlarni tatbiq etilishi va ishlab chiqarishni yangilanishi tufayli malakt mahsulotining raqobatbardoshligini ta’minlovchi innovatsion faoliyatni oshishiga ko’maklashishi;
- zamonaviy texnologik tartibning asosini tashkil qiluvchi bazisli va yaxshilanuvchi innovatsiyalari har tomonlama qo’llab-quvvatlanishini ta’minlash;
- raqobatli bozor innovatsion mexanizmini samrali faoliyat yuritishi uchun sharoitlar yaratishi;
- texnologiyalarning mintaqalararo va xalqaro tranferi, xalqaro investitsion hamkorlik, milliy invesvatsion tadbirkorlikni manfaatlarini himoyalashga ko’maklashish zarur. Innovatsion faoliyatni davlat tomontdan qo’llab-quvvatlanishining aniq shakllariga quyidagilar kiradilar:
- to’g’ridan to’g’ri moliyalashtirish;
- yakka kashfiyotchilar va kichik tatbiq etuvchi korxonalarga imtiyozli bank ssudalarini berish;
- katta soliq imtiyozlaridan foydalanuvchi venchurli innovatsion fondlarni tashkil qilish;
- yakka kashfiyotchilar uchun davlat potentli bojlarini pasaytirish;
- resursni tejovchi kashfiyotlar bo’yicha potentli bojlarni to’lash muddatlarini kechiktirish;
- texnologiyalar, texnoparklar tarmog’ini tashkil qilish va h.k.
Davlat ilmiy – texnik siyosatini amalga oshirishda foydalanadigan tartibga solishning(to’g’ridan to’g’ri va vositali) shakllari va usullari bozor munosabatlarini vujudga kelishi davrida xalq xo’jaligini sotsial- iqtisodiy o’zgarishlarida egiluvchan va adekvat bo’lishi kerak. Ushbu bosqichda davlatning faoliyati innovatsiyalarni tatbiq etish va tarqatishni har tomonlama rag’batlantirshga qaratilishi kerak.
Yuqorida bayon etilganlarni barchasi O’zbekistonda ilm soxasidagi faoliyat va innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi uchun iqtisodiy huquqiy mexanizmlarni ishlab chiqish zarurligini ta’kidlaydi. Respublika Vazirlar Mahkamasi Muvofiqlashtiruvchi kengashi qoshidagi fan va texnologiyalar bo’yicha markaz tomonidan O’zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish va texnologiyalarni tijoratlashtirish dasturi tayorlanmoqda, u buning uchun kerakli infratuzilmani: innovatsion faoliyatning barcha jixatlari (mulkchilik huquqlarini tartibga solishdan tortib qulay investitsion muhitni yaratish, fondli va venchurli moliyalashtirish tizimi vujudga keltirishgacha) uchun huquqiy bazani; mamlakat innovatsion salohiyati monitoringi uchun axborot blokini; texnologiyalar va ko’p ilm iste’mol qiluvchi mahsulotlarni ilmiy sohadan ishlab chiqarishga, milliy va xorijiy bozorlarga transferti (uzatish) tizimlarini, texnologik menejment sohasida mutaxassislarni tayyorlash uchun ta’lim bazasini yaratishni ko’zda tutadi.