Innovasion iqtisodiyot


Bevosita, bilvosita va mol-mulk solig’ining davlat byudjetidagi salmog’i



Yüklə 319,84 Kb.
səhifə6/8
tarix22.05.2023
ölçüsü319,84 Kb.
#119767
1   2   3   4   5   6   7   8
Davlatning byudjet siyosati

Bevosita, bilvosita va mol-mulk solig’ining davlat byudjetidagi salmog’i21

Shu o’rinda ta’kidlashimiz lozimki, korxonalarimizning faolligini oshirishda hukumatimiz tomonidan soliqlar asosida ularningishlab chiqarish samaradorligini oshirish yuzasidan soliq yuki va soliq stavkalarining yillar davomida pasayib borayotganligi bundan dalolat bermoqda. Agarda quyida keltirilgan jadvaldan buning guvoxi bo’lmoqdamiz.


Mahalliy byudjetlarga ayrim daromadlarning biriktirilishi mahalliy xokimiyatlarning byudjet mablag’larini o’z vaqtida va to’liq yigilishini taxminlashga, xamda harajatlarni o’z vaqtida va to’liq yigilishini ta’minlashga shuningdek harajatlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirishga bo’lgan qiziqishini oshiradi. O’zbekiston Respublikasida mahalliy byudjetlarga biriktirilgan mahalliy soliq va tushumlar xamda har yili yangi byudjet yili uchun davlat byudjetini tasdiklash mobaynida davlat tomonidan mahalliy byudjetlarga biriktirilgan daromadlardan tashkil topadi.
Respublika iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar jalb etishni rag’batlantirish soliq siyosati strategiyasining ustuvor jixatlaridan biri sanalib, ular investitsiyalarga bo’lgan keskin ehtiyoj muammosini ma’lum darajada hal etadi va joriy iste’mol uchun resurslarni oshirish imkonini beradi. Xorijiy investorlar uchun pasaytirilgan stavkalar ayrim hollarda foyda solig’idan ozod qilishni nazarda tutuvchi foyda solig’iga tortish qulay tizimining yaratish qo’shma korxonalar sonini ortishiga olib keldi, so’ngi 5 yil ichida ularning soni ikki barobar orti va 3000 tadan oshdi.
Mahalliy mahsulot eksporti va mamlakatga erkin almashtiriladigan valyuta tushumlarini orttirish respublika iqtisodiy taraqqiyotining boshqa ustuvor vazifasi sanaladi. Mazkur vazifani muvaffaqiyatli hal etish uchun mahsulot ishlab chiqarishning umumiy hajmida eksport ulushi 15 foizdan 30 foizgacha bo’lganda mulkchilik shaklidan qat’iy nazar eksportchi korxonaning foyda solig’i stavkasi 30 foizga pasaytiriladi, sotishning umumiy hajmida eksport ulushi 30 va undan ortiq foizni qilganda belgilangan stavka 50 foizga pasaytiriladi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortish aholi daromadlarini darajasi kabi ijtimoiy masalalar bilan uzviy aloqador. Jismoniy shaxslarni daromadiga solinadigan soliq yukini kamaytirish va fuqarolar daromadlarini tegishlicha qonuniylashtirish maqsadida jismoniy shaxslar daromadlariga solinadigan soliq shkalasi muntazam ravishda takomillashtirilmoqda. 1998 yildan boshlab 45 foizlik eng yuqori stavka bilan 5 darajali shkala qo’llanib kelgan. 2000 yilda eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan oshuvchi daromaddan 40 foizlik eng yuqori stavka bilan 4 darajali shkala belgilandi. Jismoniy shaxslar daromad solig’ini eng kam oylik ish haqini hisobidan chiqarmay hisoblab chiqarishning yangi uch darajali tizimiga o’tish hamda 2001 yildagi 36 foizlik stavkani 2002 yilda 33 foizgacha pasaytirish natijasida 2001 yilgi byudjet daromadlari tarkibiga soliq salmog’i 2000 yilga nisbatan 1,4 foizlik punktga oshdi. Shu bilan birga 2001 yilda jismoniy shaxslar daromad solig’ining YaIMga nisbatan ulushi o’tgan yilgi 3,2 foizdan 3,3 foizgacha» oshdi. Xozirgi davrga kelib 2006 yildagi 13%, 21% va 29% o’rniga 2007 yildan 13%, 18% va 25% etib belgilandi.
Jismoniy shaxslar soliq yukini kamaytirish siyosati strategiyasi aholining, ayniqsa kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi daromadlarini qonuniylashtirishga, byudjetga daromadlar tushumini yanada oshirishga yo’naltirilgan. Biroq shuni qayd etish lozimki, mazkur mexanizm jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiyalash instituti mavjud bo’lgandagina samaraliroq ishlaydi. Jismoniy shaxslar daromadlarini soliqqa tortishni yanada takomillashtirish mazkur soliq stavkalarining o’sib borishini pasaytirish hisobiga aholining o’rta va yuqori daromadga ega guruhlari ortishini rag’batlantirish kontsepsiyasidan kelib chiqib amalga oshirilishi lozim. Bu hol o’rta va yuqori daromadga ega soliq to’lovchilarning qonunga zid operatsiyalar sohasidan qonuniy operatsiyalar sohasiga chiqishlariga imkon beradi.
Fikrimizcha, foyda solig’i stavkasini yanada pasaytirish soliq undirishning quyi pog’onasiga yaqinlashib qolganligimiz tufayli maqsadga muvofiq emas. Ayni payitda xorijiy mamlakatlarda daromad (foyda) solig’i korxonalarning barcha harajatlari chegirilganda to’lanadigan korparativ soliq 18 foizdan 45 foizgacha boradi. MDX mamlakaktlari orasida eng ko’p quyi stavka O’zbekistonda –10 foiz va Rossiyada-24 foiz, Ukrainada-30 foiz. Olis xorijda quyi stavka Vengriyada-18 foiz, Eng yuqori stavka Germaniyada-45 foiz.
2004-2008 yillarda mazkur soliq bo’yicha tushumlarni quydagi yo’nalishlarda yanada takomillashtirish nazarda tutilmoqda: qaytar tartibda soliq solinadigan daromadga kiritiladigan soliq solinadigan bazadan chegirmalarni kengaytirish hisobiga.
Yuridik shaxslar mol-mulkini soliqqa tortish borasida Respublikada sekin asta xalqaro tizimga birlamchi (tarixiy) qiymatdan soliq undurishdan qoldiq qiymatdan soliq undirilishga o’tkazilgan. Asta sekin stavka pasaytirilib, bazasiga ko’ra bir xil yuridik shaxslarning mol-mulk solig’i va transport vositalariga solinadigan soliq birlashtirildi. Benzin, dizel yoqilg’isi va gaz iste’moliga soliq joriy etish bilan bir payitda jismoniy shaxslarga solinadigan mol-mulk solig’ining soliqqa tortiladigan bazasidan transport vositalari qiymati olib tashlandi.
Kichik korxonalarni soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini tanlangan sub’ektlar sonining ko’payishi omillari tahlili soliq yukini qisqartirish maqsadida yirik va o’tra korxonalarni parchalash, ular bazasida bir qator mayda korxonalarni yaratish (ishlovchilar soniga ko’ra kichik korxonalar mezonlariga mos keluvchi) hisobiga kichik biznes sub’ektlari soni ortayotganini ko’rsatadi.
Shu munosabat bilan soliq solishning soddalashtirilgan tizimini kengayishi uchun Yaponiya, XXR, Rossiya, Qozog’iston va boshqa mamlakatlarda nazarda tutilgandek, qo’shimcha mezon- korxona balansida turgan mol-mulk va tushum hajmi qiymatini joriy etish masalasini ko’rib chiqish mumkin deb hisoblaymiz. Resurslarni tejaydigan ishlab chiqarishlarni rag’batlantirishni ta’minlovchi resurs soliqlari stavkalarini maqbullashtirishni taklif qilamiz.
Resurs soliqlari er, suv, er osti bayliklari kabi muhim resurslarning tejalishiga ta’sir ko’rsatuvchi muhim vositalardan biri hisoblanadi. Bunda korxonalar manfaatlarning tejalishini ta’minlaydigan va bir vaqitning o’zida resurslarni tejovchi ishlab chiqishlarni rag’batlantiradigan soliqlarning maqbul stavkalarini joriy etish muhim sanaladi.
Asosiy resurs tejovchi soliqlardan biri er solig’i (jumladan, yagona er solig’i) hisoblanadi. Amaldagi er solig’i stavkalari er boniteti darajasidan kelib chiqib belgilangan, bunda so’ngi payitlarda er solig’i stavkalarida (har yilgi indeksatsiyadan tashqari) sezilarli o’zgarish ro’y bermadi.
Soliqlarning yig’uvchanlik darajasini oshirish va boshqa zaxiralar hisobiga soliq solinadigan bazani kengaytirish omili. Soliqlarning yig’iluvchanligi ikkita asosiy tarkibiy omilga bog’liq:

  • Soliqqa tortish mexanizmlarini o’zgartirish hisobiga soliqa solina- digan bazani kengaytirish.

  • Soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish.

Soliq solinadigan bazani kengaytirish, tadbirkorlar va aholi daromadlarini qonuniylashtirish maqsadida respublika hukumati tomonidan joriy yilda soliqqa tortish tizimida tub o’zgartirishlar qabul qilindi. Xususan, «Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida» kichik korxonalar uchun belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq tizimi joriy etildi. Bundan tashqari, yalpi daromad solig’ini to’lovchi savdo korxonalari uchun ilgari to’lanadigan soliqlar o’rniga yalpi tushumdan yagona soliq to’lash tizimi joriy etildi. Ayni vaqitning o’zida ulgurji savdo korxonalari QQS to’lovchilari hisoblanishi belgilab qo’yildi. Yuqoridagi ko’rsatilgan o’zgarishlar hisob tizimini ancha yaxshilaydi va savdo kabi murakkab soqada soliqlar yig’ilishi darajasini oshiradi.
Ayni payitda, bizning fikrimizcha, soliq ma’muriyatchiligi masalalarida, xususan, soliq organlari nazorat faoliyatini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirishda ko’pgina zaxiralar mavjud. 2006 yilda o’tkazilgan yuridik shaxslarni 52160 hujjatli tekshiruvlaridan 40336 sub’ektda soliq qonunchiligi buzilishi aniqlandi ( yoki holatlarni 66 foizda), biroq fosh etilgan yashirilgan daromadlar va boshqa ob’ektlar hajmi undan avvalgi 2005 yildagiga qaraganda 74foiz ni tashkil etdi. Qisqasi 2006 yilda tekshiruvlar sifatini yaxshilash hisobiga byudjetga tushumlar umumiy massasidan undirilgan qo’shimcha hisoblashlarning darajasi 1,8 foizgacha ko’tarildi.
Byudjet boqimandalari mavjud bo’lganda banklardagi ikkilamchi hisobvaraqlar bo’yicha o’tkazilgan chiqim operatsiyalari summasiga daromadlarni soliqqa tortishdan yashirish deb qarab, amaldagi qonunchilikka ko’ra tegishli moliyaviy jazo choralarini qo’llash lozim. Ayni paytda Moliya vazirligi va markaziy bank tamonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan hisob kitob yuritish tartibi tasdiqlangan, ushbu tartibga ko’ra ikkilamchi hisobvaraqlar ochilayoiganda tijorat banki tomonidan talab qilib olinadigan depozit hisobvaraq ochilgan xizmat ko’rsatuvchi bankka axborat taqdim etilishi lozim. Talab qilib olinadigan depozit hisob varag’ida pul mablag’lari etishmaganda unga taqdim etilgan barcha talablarni qondirish uchun xizmat ko’rsatuvchi bank elektron pochta orqali ikkilamchi hisobvaraqlarga so’rovnoma yuborish kerak. So’rovnomani olgan bank keyingi ish kunidan kechiktirmay pul mablag’larini talab qilib olinadigan depozit hisobvarag’iga yuborishi kerak. Biroq byudjetni daromad qismini ta’minlashning tahlil tijorat banklarining ayrim bo’limlarida yuqoridagi yo’riqnoma qoidalari buzilayotganini ko’rsatmoqda. Shu munosabat bilan byudjet oldida qarz mavjud bo’lganda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ikkilamchi hisobvaraqlari bo’yicha debet aylanmalarini avtomatik tarzda to’sib qo’yuvchi tegishli kompyuter dasturini ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz.


Yüklə 319,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin