XULOSA VA TAKLIFLAR Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq-byudjet siyosati mamlakat moliya tizimining asosini tashkil etadi. Mavjud moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, ularni to’g’ri yo’naltirish samaradorligini oshirish va ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda soliq siyosati strategiyasi va taktikasi munosabatlarining qanday asosga tayanayotganligi juda muhimdir. Soliq siyosati strategiyasi va taktikasining yaxlitligiga erishish mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga, samarali byudjet siyosatini yuritishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Byudjetni to’ldirishni ta’minlashning iqtisodiyotga ham, jamiyatga ham zarar keltirmaydigan vositalari faoliyatini samarali ishlashini ta’minlash zarur. Soliq tizimi barcha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan bir xildagi munosabatga moslashishi, bunda iqtisodiyot sub’ektlari daromad (foyda) to’g’risidagi tasavvurlaridan kelib chiqib, qaror qabul qilishga majbur bo’lgan holatlar yoki soliq tizimi tomonidan majbur qilinadigan jarima, jazo kabi mexanizm ta’sirida soliq to’lovchilar adolatsiz deb hisoblab, ularning soliq qonunlariga rioya etmasliklarini yuzaga kelishiga omil bo’lmasligi kerak.
XX asrning so’nggi o’n yilliklarida bozor iqtisodiyotiga asoslangan qator mamlakatlarda soliq tizimlari islox etildi. Bunda, mazkur mamlakatlardagi soliq isloxotlari asosan uch yo’nalish ya’ni :
jismoniy va yuridik shaxslardan undiriladigan daromad soliqlari tarkibi, soliqqa tortish stavkalarini tenglashtirish, shuningdek, imtiyozlar hamda alohida shartsharoitlarni tugatish hisobiga soliq bazasini kengaytirish;
qo’shilgan qiymat solig’iga tortishda qator tovarlar va xizmatlar is’temolini qamrab oluvchi soliqqa tortish bazasini kengaytirish;
aktsizlar stavkasini oshirish kabilarga yo’naltirilganligini ta’kidlash lozim.
Bunday soliqqa tortish isloxotlarini amalga oshirishda quyidagi maqsadlar bajarilishini ta’minlash nazarda tutilgan:
iqtisodiy rivojlanishga soliqlarning salbiy ta’sirini kamaytirish;
iqtisodiyot sub’ektlari uchun faoliyat yuritish shart-sharoitlarini tenglashtirish;