International scientific-online conference: “INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 18, 25.05.2022 8
tenglamani yechishda tenglamaning ikkala qismiga 2x ni qo‟shib, ikkala
qismidan 62 ni ayirdik.
Natijada 2x=14 tenglama hosil bo‟ldi. Uni yechish uchun tenglamaning
ikkala qismini 2 ga
bo‟ldik.
Bu o‟zgarishlarning har biridan keyin yangi tenglama hosil bo‟ldi, ammo
hosil bo‟lgan tenglamalar 76 tenglama ham, 2x=14 tenglama
ham,x=7 tenglama ham bitta yechimga, aynan 7 soniga ega bo‟ldi. Endi
nimaga asoslanib tenglamalarni bunday o‟zgartirganimizni va nima uchun
bunday o‟zgarishlar kiritganimizda yechilayotgan tenglamaning ildizlari
o‟zgarmayotganligini
aniqlaymiz.
Ba‟zan
bunday
tushuntiriladi:
Tenglamaning yechimlaridan biri x bo‟lsin, u holda x ning bu qiymatida
tenglama to‟g‟ri sonli tenglikka aylanadi. Agar sonli tenglikning ikkala
qismiga bir xil son qo‟shilsa yoki ikkala qismidan bir xil son ayrilsa, sonli tenglik
o‟zgarmasligi uchun yuqoridagi o‟zgarish;arni kiritib, oxirida x soni nimaga
tengligi topiladi. Bunday yondashishda x ni son deb qabul qilinadi. Biroq
yechimga ega bo‟lmagan tenglamalar mavjud, masalan 2x=2x+6. Bundan
yuqoridagi o‟zgarishlarni bajarib 0=6 yolg‟on tenglikka kelamiz. Bu esa
tenglamaning yechimini x son tenglamaning yechimi bo‟lsin, degan ibora
bilan boshlash mumkin emasligini bildiradi. Undan tashqari. Tenglamani
bunday usulda yechish ortiqcha ildizlarga olib keldi, bu ildizlar o‟zgarishlar
kiritganda hosil bo‟lgan tenglamalarni qanoatlantiradi, ammo dastlab
berilgan tenglamani qanoatlantirmaydi. Shunday qilib, tenglamalarni
ko‟rsatilgan usulda yechishda har bir topilgan ildizni tenglamaga qo‟yib
tekshirish kerak.
Misol: y=ax+b
tenglama uchun a, b va x parametrlarning ixtiyoriy
qiymatlarida y ning qiymatini hisoblovchi dastur tuzilsin.
Python dasturlash muhitida tuzilgan dastur quyidagicha: