International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
PART 18, 25.05.2022
5
CHIZIQLI TENGLAMALAR USTIDA AMALLAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.6581746
Alimova Rayhon Abdug’afforovna
Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari
fakulteti talabasi
Ushbu maqolada chiziqli tenglamalar ustida amallarni va bir nechta
ko‟rinishdagi chiziqli tenglamalarning matematik yechimini topishni hamda
python dasturlash tilidagi dasturini tuzishni ko‟rib chiqamiz. Grafiklar tahlilini
qilamiz. Chiziqli tenglamalar ustida amallarni ko‟rishdan avval tenglama va
chiziqli tenglama ta‟riflarini keltirishimiz lozim.
Tenglama
ikki yoki undan ortiq ifodalarning oʻzaro bogʻlanganini
ko‟rsatuvchi matematik tenglikdir. Tenglamada bitta yoki undan ko‟p
noma‟lum qiymat bo‟ladi va ular o‟zgaruvchilar yoki noma‟lumlar deb
ataladi. Noma‟lumlar odatda harflar yoki boshqa belgilar bilan ifodalanadi.
Tenglamalardan matematikaning barcha nazariy va amaliy sohalarida
hamda fizika, biologiya va boshqa ijtimoiy fanlarda ham qo‟llaniladi.
Tenglamalar ulardagi o‟zgaruvchilar soniga qarab nomlanadi. Misol uchun,
bir o‟zgaruvchili, ikki o‟zgaruvchili va hokazo.
Chiziqli tenglama – tenglikning ikkala
tomoni ham birinchi darajali ko‟phadlardan iborat bo‟lgan tenglama.
Chiziqli tenglamaning umumiy ko‟rinishini quyidagicha yozish mumkin:
(1) Bu yerda a – nol bo‟lmagan haqiqiy son, b – ozod had.
1-rasm
a tenglamani yechishni ko‟rib o‟tamiz, ya‟ni x ni topamiz.
Yechilishi: Noma‟lum qatnashgan had chap tomonga, ozod
Dostları ilə paylaş: |