a = float(input("a sonini kiriting =
"))
b = float(input("b sonini kiriting = "))
x = float(input("x sonini kiriting = "))
y=a*x+b
print("y ning qiymati = ", y)
International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
PART 18, 25.05.2022
9
Natija olish:
Funksiya grafigini tuzish uchun, bizga funksiya grafigiga tegishli ikkita
nuqtaning koordinatalari kerak. Ularni topish uchun biz x ning ikkita qiymatini
olishimiz, ularni funksiya tenglamasiga almashtirishimiz va ulardan y ning
tegishli qiymatlarini hisoblashimiz kerak. Masalan, y = x + 2 funksiya grafigini
tuzish uchun x = 0 va x = 3 ni olish qulay, u holda bu nuqtalarning ordinatalari
y = 2 va y = 3 ga teng bo'ladi. Biz A (0; 2) va B (3; 3) nuqtalarini olamiz. Bu
nuqtalarni koordinata o‟qlarida belgilash va tutashtirish orqali grafik hosil
qilinadi.
y = kx + b formula uchun yana quyidagilar o‟rinli:
Agar k> 0 bo'lsa, u holda y = kx + b funksiya ortadi.
Agar k<0 bo‟lsa, u holda y = kx + b funksiya kamayadi.
b koeffitsienti funksiya grafigining OY
o'qi bo'ylab siljishini ko'rsatadi:
Agar b> 0 bo'lsa, y = kx
funksiya grafigidan b birliklarni OY o'qi bo'ylab yuqoriga siljitish orqali y = kx +
b funksiya grafigi olinadi.
Agar
b< 0 bo'lsa, y = kx funksiya grafigidan b birliklarni OY o'qi bo'ylab pastgs
siljitish orqali y = kx - b funksiya grafigi olinadi. k
ning qiymati Ox oʻqi bir birlik
surilganda Oy oʻqi necha birlikka surilishini ifodalaydi. Masalan, y=2x+5
funksiyada x=1 qiymatda funksiya y=7 qiymatni oladi. x=2 qiymatda funksiya
y=9 qiymatni qabul qiladi. Yaʼni x ning qiymati bir birlikka oshganda y ning
qiymati 2 birlikka oshyapti, chunki k ning qiymati 2 ga teng.
|