Innovation in the modern education system


International scientific-online conference



Yüklə 253,68 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix23.03.2023
ölçüsü253,68 Kb.
#89243
1   2   3   4   5
Toshtemirov Shukurilla Abdiraxmon o‘g‘li

International scientific-online conference: 
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
 
PART 15, 25.02.2022 
Paleolog bilan yozishmalar olib boradi. Temurning 1402-yil 15 –may kuni 
Ioann VII Paleolog nomiga yo„llagan maktubning mazmuniga qaraganda
Temur Konstantinapol imperatori va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazdga 
qarshi kurashda Temurga xizmat qilishi, hatto unga “odamalar va har qaysisi 
yigirmatadan qirqtagacha harbiy kema bilan” yordam berish majburiyatini 
o„z zimmalariga oladilar. Buni ispan elchisi Klavixo ham o„z kundalik daftarida
qayd qilib o„tadi
4

Temur bu davrda Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV hamda 
Kastiliya va Lion qiroli Genrix III Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar 
o„rnatib, yozishmalar olib boradi. Bu davlatlar orasida ayniqsa Fransiya 
Vizantiya imperiyasi taqdiriga befarq qaray olmas edi. Shu boisdan Fransiya 
fuqorolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa 
G„alatiyadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o„z navbatida
Amir Temurdan madad kutar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd 
etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo„llab - qo„vvatlaydi. Shunday qilib 
Temurning Kichik Osiyo va G„arbiy
Yevropa davlatlari bilan olib brogan 
dastlabki diplomatik yozishmalar va elchilik aloqalari Boyazdga qarshi 
qaratilgan va birgalikda kurashish edi. Ammo Sohibqiron Boyazd ustidan 
g„alaba qozonganidan keyin G„arbiy Yevropa davlatlari bilan do„stona 
munosabatlarni mustahkamlash hamda elchilik va o„zaro savdo-sotiq 
aloqalarini yo„lga qo„yish kabi masalalar bilan cheklandi
5

“Xristian elchisi don Ryui Gonsales de Klavixo Temur bilan o„tkazgan 
lavhalarni go„zal tasvirlamishdir. U ko„p narsalarni ko„rgan, u hamma narsani 
ko„rgan, chunki Temurning hurmatida bo„lgan, uning bunday yuksak iltifot 
ko„rsatganini Temurning rasmiy qabul paytida so„zlagan quyidagi so„zi ham 
tasdiqlaydi. Temur o„z vazirlariga xitoban iftixor bilan shunday degan: 
«Qaranglar, mana, o„g„lim - Ispaniya qirolining menga yuborgan elchilarini 
ko„ringiz! U, Ispaniya qiroli, dunyoning eng chetida turadi va butun farang 
podshohlariniig eng buyugidir. Ular, faranglar, haqiqatan ulug„ xalqlardir. 
O„g„lim, men ham Ispaniya podshohiga o„zimning ehtiromimni ko„rsatmak 
istayman
6
”. 
Elchilar orqali yuborilgan maktublarning mazmuni va bezatilishiga ham 
alohida e‟tibor berilgan. Masalan: Amir Temur Mavlono Abdulloh Keshiy 
orqali Misrga yuborgan maktubi haqida: “eni uch gaz, uzunligi yetmish gaz 
(hozirgi o„lchovda eni 180 sm, uzunligi 42 metr), hammasi oltin suvida, kitobot 
4
A.Muhammadjonov. Temur va Temuriylar saltanati. Toshkent. 1994-yil.57-bet 
5
A.Muhammadjonov. Temur va Temuriylar saltanati. Toshkent. 1994-yil.58-bet 
6
Heman Vamberi. Buxoro yoxud Mavarounnahr tarixi. Toshkent.1990-yil. 33-bet 



Yüklə 253,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin