International scientific-online conference: “INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 15, 25.02.2022 va husnixat fazilatlari bilan bitilgan maktub yo„llandi, hamda ko„plab
podishohona biylokot – xil‟at, toj, kamar, turli kiyim va matolarni jo‟natadi
7
.
Bundan ko„rinib turibdiki, Sohibqiron o„zga xalqlarni va millatlarni hurmat
ehtiromini o„z joyiga qo„ygan mohir diplomat hisoblangan. G„arbiy Yevropa
davlatlari bilan aloqa bog„lashi Sulton Boyazdga qarshi bo‟lsada, ammo
Sohibqiron Boyazdni qo„lga olganda ham, uni obro„sini yerga urmasdan,
insoniylik sha‟niga dog„ tushirmasdan Sohibqironga xos kengfe‟llik,
kechirimlilik kabi tug„ma hislatlarini yana bir bor namayon qilib, Boyazdni
kechirdi, va hattoki uning o„g„liga sobiq mulklarini in‟om qilib beradi. Sulton
Boyazd vafotini eshitganida ko„ziga yosh olib, kalima qaytarganligini -
Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”sida qayd etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Amir Temur davlatida yetuk xalqaro
diplomatiya an‟anasi shakillangan edi. Amir Temur o„zi uning barcha
qoidalariga to„la amal qilar edi. Uning davlatida xalqaro elchilik va savdo –
sotiq bobida olib borilgan ishlari avlodlari tomonidan davom ettirildi,
rivojlantirildi. Bu kabi diplomatik marosimlarda aytilgan har bir so„z va
bosilgan har bir qadam o„ziga xos ma‟noga ega bo‟lib, shu o„lkaning milliy
qadriyatlari, urf-odatlari va ichki hamda tashqi siyosatini namoyish etish
uchun foydalanilgan. Elchilarning amirdan oldin qariya qoshiga, so‟ngra
nevaralar oldiga salomga olib borilishida ham muayyan bir ma‟no yotadi -
bir tarafdan, keksalarga hurmat va yoshlarga izzat bu o„lkaning odati
ekanligini namoyish qilsa, ikkinchi tarafdan, yosh avlodga - kelajak
hukmdorlariga ham munosib hurmat ko„rsatish lozimligi, davlatning
davomiyligini e‟tirof etish va shu bilan birga diplomatiyaning nozik qonun-
qoidalarini ularga yoshligidan singdirib borish, chet elliklar bilan muloqotga
tayorlash maqsadlari nazarda tutilgan bo„lsa, ajab emas.