International scientific-online conference: “INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 15, 25.02.2022 Paleolog bilan yozishmalar olib boradi. Temurning 1402-yil 15 –may kuni
Ioann VII Paleolog nomiga yo„llagan maktubning mazmuniga qaraganda,
Temur Konstantinapol imperatori va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazdga
qarshi kurashda Temurga xizmat qilishi, hatto unga “odamalar va har qaysisi
yigirmatadan qirqtagacha harbiy kema bilan” yordam berish majburiyatini
o„z zimmalariga oladilar. Buni ispan elchisi Klavixo ham o„z kundalik daftarida
qayd qilib o„tadi
4
.
Temur bu davrda Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV hamda
Kastiliya va Lion qiroli Genrix III Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar
o„rnatib, yozishmalar olib boradi. Bu davlatlar orasida ayniqsa Fransiya
Vizantiya imperiyasi taqdiriga befarq qaray olmas edi. Shu boisdan Fransiya
fuqorolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa
G„alatiyadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o„z navbatida
Amir Temurdan madad kutar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd
etilishicha, Sohibqiron qirolni jiddiy qo„llab - qo„vvatlaydi. Shunday qilib
Temurning Kichik Osiyo va G„arbiy
Yevropa davlatlari bilan olib brogan
dastlabki diplomatik yozishmalar va elchilik aloqalari Boyazdga qarshi
qaratilgan va birgalikda kurashish edi. Ammo Sohibqiron Boyazd ustidan
g„alaba qozonganidan keyin G„arbiy Yevropa davlatlari bilan do„stona
munosabatlarni mustahkamlash hamda elchilik va o„zaro savdo-sotiq
aloqalarini yo„lga qo„yish kabi masalalar bilan cheklandi
5
.
“Xristian elchisi don Ryui Gonsales de Klavixo Temur bilan o„tkazgan
lavhalarni go„zal tasvirlamishdir. U ko„p narsalarni ko„rgan, u hamma narsani
ko„rgan, chunki Temurning hurmatida bo„lgan, uning bunday yuksak iltifot
ko„rsatganini Temurning rasmiy qabul paytida so„zlagan quyidagi so„zi ham
tasdiqlaydi. Temur o„z vazirlariga xitoban iftixor bilan shunday degan:
«Qaranglar, mana, o„g„lim - Ispaniya qirolining menga yuborgan elchilarini
ko„ringiz! U, Ispaniya qiroli, dunyoning eng chetida turadi va butun farang
podshohlariniig eng buyugidir. Ular, faranglar, haqiqatan ulug„ xalqlardir.
O„g„lim, men ham Ispaniya podshohiga o„zimning ehtiromimni ko„rsatmak
istayman
6
”.
Elchilar orqali yuborilgan maktublarning mazmuni va bezatilishiga ham
alohida e‟tibor berilgan. Masalan: Amir Temur Mavlono Abdulloh Keshiy
orqali Misrga yuborgan maktubi haqida: “eni uch gaz, uzunligi yetmish gaz
(hozirgi o„lchovda eni 180 sm, uzunligi 42 metr), hammasi oltin suvida, kitobot
4
A.Muhammadjonov. Temur va Temuriylar saltanati. Toshkent. 1994-yil.57-bet
5
A.Muhammadjonov. Temur va Temuriylar saltanati. Toshkent. 1994-yil.58-bet
6
Heman Vamberi. Buxoro yoxud Mavarounnahr tarixi. Toshkent.1990-yil. 33-bet