International scientific-online conference:
“INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM”
PART 15, 25.02.2022
SOHIBQIRON AMIR TEMURNING XALQARO ALOQALARDA DIPLOMATIK
MAHORATI HAQIDA BA’ZI MULOHAZALAR
https://doi.org/10.5281/zenodo.6226288
Toshtemirov Shukurilla Abdiraxmon o‘g‘li
TDPU talabasi
Amir Temur davri tashqi siyosiy aloqalari va diplomatiyasi hech bir
mubolag`alarsiz xalqaro munosabatlar tarixining eng yorqin sahifalaridan
deya olamiz. Tarixiy voqelikni har taraflama va chuqur tahlil qilmasdan turib
avvaldan qandaydir bir ijtimoiy yo hissiy buyurtma bilan bir mavzu yo
shaxsni ulug„lash oqlash, yo qoralash maqsad qilib qo„yilsa xalqaro
munosabatlar tarixida xatolik bo„ladi. Amir Temur davri xalqaro
munosabatlari va diplomatiyasi o„zi yashagan davr uchun ham hozirgi
davr uchun ham muhim hisoblanadi. Amir Temurning davlat xavfsizligini
ta`minlash maqsadida olib borgan siyosati va qoshni davlatlar bilan olib
brogan aloqalari va jahongirlik faoliyatini butun dunyo o„rganmoqda va
tahlil qilmoqda.
Yevropa mamlakatlaridan Hindiston va Xitoyga olib borilgan va u
yerdan O„rta Osiyo orqali o„tadigan tarixda ipal yo‟li deb atalmish xalqaro
yo„lning barcha yo‟nalishlarini egallab olgan Sohibqiron bu yo„lda
karvonlarning xavfsizligini ta‟minlash tadbirlarini ko‟rdi va Sharq va G„arb
o‟rtasidagi savdo-sotiq munosabatlarining har tomonlama rivojlanishiga
g„oyatda katta e‟tibor berdi. Ushbu masalada Amir Temur o‟zini diplomat
sifatida namayon qildi: Temur Misr,Vizantiya, Venetsiya, Genuya,
Ispaniya,Fransiya, Angliya va boshqa davlatlar bilan. Fransiya va ingliz
qirollarining o„zro maktublari nihoyatda taqsinga sazavordir.
Til, din va millatlarning har xilligi Temurning Yevropa mamalakatlari bilan
diplomatik, savdo-sotiq munosabatlarni o„rnatish va mustahkamlash ishidagi
g„oyat muhim samaralarni birinchi bo„lib boshlashiga halaqit bermadi.
Temurning Boyazid ustidan g„alabasidan so„ng bunday munosabatlar
yanada kuchaydi.
Siyosatchi hamda diplomat bo„lgan Temur islomga tayanib, musulmon
dinining nufuz-e‟tiboridan foydalandi va o‟z davlatini mustahkamlash
maqsadida boshqa dinlardan ham foydalanishga intildi. Kilavixo
“Samarqandda, Temur saroyiga sayohat kundaligi”da bu haqida ham juda
ko‟p faktlar beradi. Bu kundalikdan olingan bir misolni keltirib o‟tamiz.
Klavixo o„zi bilan birga bo‟lgan hamkasblarning sayohatlarini xarakterlab
Dostları ilə paylaş: |