INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM
361
Oktabrgacha boʻlgan qismi esa fevralgachagi pozitsiyalarda qolib oʻzining
millatchilik ideologiyasini tark etmadi”
13
Fikrimizning xulosasida Turkistonda vujudga
kelgan jadidlikning asosiy
bosh maqsadi jamiyat taraqqiyoti uchun lozim boʻlgan
barcha sohalarda
innovatsion gʻoyalarni joriy qilish edi. Bu bilan
jadidlar xalqning yashash
tarzini oʻzgartirishni, ularning maʼnaviy ongini
rivojlantirishni asosiy
maqsadlaridan biriga aylantirgan. Jadidlar Turkistonda
milliy rivojlanish
pozitsiyasining boshida jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy taraqqiyotini
taʼminlash gʻoyasini olib chiqdi. Ular siyosiy faoliyatida mustaqillik gʻoyalari
bilan yoʻgʻrilgan maqsadni ilgari surdi. Bu harakatni
biz jadidlarning Chor
Rossiyasining tajovuziga qarshi qaratilgan kurashida koʻrishimiz mumkin.
Jadidlar milliy rivojlanish bilan qaramlikka qarshi
kurashmoq lozimligini
angladi. Bu gʻoyalar jadidlar siyosiy faoliyatining asosini tashkil etdi. Shuning
uchun jadidlar mazlum xalqni ozodlik kurashiga chorladi.
1.
13
Xoʻjayev. Tanlangan asarlar: uch tomlik. –T.: Fan, 1976. 1-tom.