International scientific-online conference: “INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM” PART 18, 25.05.2022 165
O’quvchilar bu topshiriqlarni bajarib bo’lganlaridan so’ng, o’zaro savol
javob o’tkazadilar. Har bir guruh o’z topshiriqlarini ko’rgazmali qurollar
asosida bayon etadi.Topshiriqni mukammal bajargan kichik guruhlar
rag’bantlantiriladi va g’oliblar aniqlanadi.Bu o’yinli darslaarning quidagi
avzallik tomonlari bor:
1.
Ta’lim olish va o’yin faoliyati uyg’unlashgan darslarda
o’quvchilarning bilim faoliyati faollashadi, ularda tasavvur, ko’zatuvchanlik,
topqirlik rivojlanadi, o’quvchilar tez va mantiqan fikrlashga yo’naltiriladi.
2.
Mazkur darslarda o’quvchilar amaliyotdagi eng muhim va
dolzarb muamolar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. O’z bilimlari,
ko’nikma va malakalarini qo’llab, mazkur muammolarni hal qilishga
erishadilar. Geografiyadan olgan bilimlari hayotda juda ko’p muammolarni
hal etishga yordam berishiga ishonch hosil qilgan holda fanga va tahsil
olishga bo’lgan qiziqishlari yanada o’rtadi.
3.
o’yinli darslar o’quvchilar o’rtasida ozaro yordam, do’stona
munozara hosil bo’lishiga olib keladi. Bundan o’quvchilar jamoasi ynada
mustahkamlanadi.
Dasrda o’quvchilar juda ko’p ilmiy, ilmiy – ommabob adabiyotlardan
mustaqil foydalanadilar, avval o’zlashtirgan bilim, ko’nikma va malkari
yordamida yangi bilimlarni mustaqil o’zlashtiradilar.
4.
O’quvchilar o’yinda darslarga juda katta qiziqish bilan
tayyorgarlik ko’radilar. Natijada yangi biolimlar o’zlashtirish samaradorligi va
sifati yuqoriroq bo’ladi.
5.
Bu o’yinli darslar o’quvchilarning o’z o’lkasini to’liq o’rganishida,
Vatanga muhabbatda bo’lishida, o’z bilim va malakalarini sinab ko’rishida
muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kursi bo’yicha individual va guruhli ijodiy
o’yinlarni ishlab chiqish mumkin. Dars davomida yangi va o`tilgan
mavzularni mustahkamlash maqsadida “Shatranj” taxtasidan foydalanib
geografik o`yin o`tkaziladi. Bunda guruhlardan bir nafardan o`quvchi chiqib,
“Shatranj” taxtasiga yashirin joylashtirilgan so`zlar Yaponiya yoki Koreya
Respublikasiga tegishli ekanlini aytishi kerak boladi.
1
2
3
4
5
6
7
8