10.2-jadval.
Grantlar, oliy ta’lim muassasalarining mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish strategiyasi
Kamchiliklar
|
Afzalliklar
|
Mavjud moliyaviy resurslarning uncha katta bo‘lmagan hajmi
|
Shaxsiy jamg‘armalardan keyingi qaltis
kapitalning ehtimollik darajasi yuqori bo‘lgan manbai
|
Vaqtinchalik xarajatlar: OTM, ilmiy
parklar, texnologiyalar transferi markazlari, biznes-inkubatorlarda
|
Tuzilmalarning hududida joylashgan
kompaniyalar, xuddi shunday tuzilmalarning tashqarisida joylashgan
|
innovatsion startaplarni qo‘llab- quvvatlash dasturlarini doimimiy
monitoring qilish
|
kompaniyalarga nisbatan biror bir buyurtmalar qabul qilish borasida katta
imkoniyatlarga ega.
|
Mazkur manbalardan kompaniya rivojlanishining keyingi bosqichlarida foydalanish amalda
deyarli mumkin emas
|
Nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash: binolar, inshootlar, kommunikatsiya tarmoqlarini imtiyozli shartlar asosida ijaraga yoki
foydalanish uchun mutloq tekinga berish
|
Bo‘lg‘usi iste’molchilarning bo‘nak to‘lovlariga bog‘liqlik
|
Innovatsion mahsulot yoki xizmatlarning potentsial iste’molchilari, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari, hamkorlarni izlab topishda ma’muriyatning
imkoniyatlari va aloqalaridan foydalanish
|
Tuzilmalarning hududida joylashishdan avval, kompaniyalar faoliyati innovatsion faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan turli olimlar, menejerlardan iborat bo‘lgan qattiqqo‘l hakamlar hay’ati oldida o‘z loyihalarini himoya qilishlari talab etiladi.
|
Buxgalteriya va moliyaviy hisobotlarni yuritish kabi biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo‘lgan xizmatlarni tekinga yoki imtiyozli shartlar asosida
taqdim etish
|
Oliy ta’lim muassasi xodimlari bilan birgalikda yaratilgan nou-xaular, ilmiy ishlanmalardan foydalanish borasida intellektual mulk bilan bog‘liq bo‘lgan
masalalarni hal etishda ko‘maklashish
|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili institutini ta’sis etish to‘g‘risida”gi22
22Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Тадбиркорлик субъектларининг ҳуқуқлари ва қонуний манфаатларини ҳимоя қилиш бўйича вакили институтини таъсис этиш тўғрисида”ги22 2017 йил 5 майда фармони.
2017 yil 5 maydagi farmoniga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili instituti (keyingi o‘rinlarda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil deb yuritiladi) ta’sis etildi.
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining tashkil etilgani chet el investitsiyalarini jalb etishda ko‘p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jamg‘armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning etakchi tarmoqlari va yo‘l-kommunikatsiya sohasidagi strategik muhim investitsiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat.
O‘zbekistonda “biznes farishtalar”ning innovatsion loyihalarni moliyalashtirish amaliyoti deyarli mavjud emas, buning uchun vaziyat allaqachon pishib etilgan bo‘lsada, tashkiliy-huquqiy baza to‘laqonli ishlab chiqilmaganligi bois, bu soha bugungi kunda oqsayapti.
“Biznes-farishtalar”ni shartli ravishda uch guruhga bo‘lishimiz mumkin:
Ilm-fan yoki texnologik biznesda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, biznesga nafaqat pul, balki o‘zining tajribasi, bilimi, biznes-aloqalarini ham sarmoya sifatida kirituvchilar, bu loyihaning muvaffaqiyatga erishish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi;
Yirik korporatsiyalar yoki biznes guruhlarning manfaatlarini ifodalovchilar. Loyihaning muvaffaqiyatli chiqishi sharoitida ular o‘zlari vakillik qilayotgan kompaniyaning biznesi bilan o‘rtoqlashadilar;
O‘z faoliyatini endigina boshlayotgan biznes farishtalari. Ular bu borada “o‘tmish”ga va tajribaga ega bo‘lmasalarda, rivojlanish borasida katta salohiyatga egalar.
Dostları ilə paylaş: |