Innovatsion kompyuter texnologiyasi (“Uy logopedi”).
Hozirgi kunda kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi turli soha vakillariga yengillik yaratmoqda. Shu qatorda logopediya sohasi bo’yicha yaratilgan turli kompyuter texnologiyalari nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarning nutq nuqsonlarini korreksiyalash jarayonini ancha tez va samarali olib borilish imkonini beradi.
Mening magistrlik dissertatsiyam mavzusi “Og’ir nutq kamchiliklarini bartaraf etishda noan’anaviy metodlardan foydalanish”. Ushbu tadqiqotimning mavzusi asosida kompyuter texnologiyasiga nazar soldim. Magistrlik dissertatsiyamning obyekti sifatida tanlab olingan alaliya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda kuzatiladigan kamchiliklarni inobatga olgan holda turli kompyuter texnologiyasini tanlab oldim. Bu kompyuter texnologiyalari “Uy logopedi” hamda fonematik idrokni rivojlantirish imkonini beruvchi yana bir innovatsion kompyuter texnologiyasi. Bu texnologiyalar alaliya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarga moslashgan.
1. “Uy logopedi” nomli kompyuter texnologiyasi. Bu kompyuter texnologiyasining afzallik tomoni shundaki, bunda barcha mavzular ro’yhati berilgan. Masalan: fasllar, uy hayvonlari, yovvoyi hayvonlar, meva, sabzavotlar, tabiat hodisalari va hokazo. Ma’lumki, alaliya nutq nuqsonida nutqning barcha komponentlarida kamchilik kuzatiladi, lug’at boyligi kambag’al bo’ladi. Bu texnologiya esa bolalarning luga’at boyligini ko’pyatirish bilan birga, ularning fonetik-fonematik komponentlarini ham rivojlantiradi.
Ushbu kompyuter texnologiyasining ishlash tartibi quyidagicha:
Kompyuter qurilmasidan ushbu dasturga kiriladi.
Zaruriy mavzu tanlanadi (masalan: mevalar mavzusi).
Mavzuga doir bo’lgan rasm tanlanadi (masalan: olma)
“Olma” degan so’z eshittiriladi, bola ushbu so’zni takrorlaydi.
Bolaning ovozi kompyuterga saqlab qolinadi.
2. Yana bir kompyuter texnologiyasi. Bu kompyuter texnologiyasi orqali bolalarning lug’at boyligini o’stirish hamda fonematik idrokini rivojlantirish imkoniyati tug’iladi.
Ushbu kompyuter texnologiyasining ishlash tartibi quyidagicha:
Kompyuter qurilmasidan ushbu dasturga kiriladi.
“Start” buyrug’i bosiladi.
Zaruriy mavzu tanlanadi (masalan: “o’yinchoqlar” mavzusi).
Logoped bolaga shu mavzuga taalluqli bo’lgan biron narsani topib, uni ustiga bosishni aytadi (bunda bola lug’at boyligiga hamda fonematik idrokiga tayangan holda ushbu zaruriy predmetni topadi).
Ustiga bosilgan so’ng predmetning nomi kompyuter tomonidan jaranglaydi.
3. “Zapusk rechi” nomli android uchun mo’ljallangan dastur.
Ishlashntartibi quyidagicha:
Mobil qurilmadan ushbu dasturga kirilari.
“Igrat’” buyrug’I tanlanadi
Ma’lum tovush tanlanadi(masalan A)
Ushbu tovush artikulyatsiyasi, unga bog’liq assotsatsiyativ rasm kabi topshiriqlar ketma ketligi chiqadi.
Bola to’g’ri bajarsa, keyingi topshiriqqa o’tiladi.
Shu tarzda barcha tovushlar o’zlashtiriladi.
Ilmiy raxbar: Falsafa doktori (PhD), dos.
Sh.D.Shokirova
Magistrant: G.X.Saydumarova
Dostları ilə paylaş: |