«Innovatsion infratuzilma», «texnopark», «texnopolis» tushunchalari Kо‘pincha innovatsion firmalar ilmiy tadqiqot institutlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan eng yangi mahsulotlar va texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etish markazlarida birlashadilar. Bunday birlashmalar texnopark yoki innovatsiya inkubatorlari deb yuritiladi. Yuqori sifatli sanoat majmualari, universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlari, rivojlangan ijtimoiy infratuzilma (yashash hududlari) ni о‘z ichiga olgan birlashmalar texnopolis (“polis”shahar) deb ataladi.
Bunday texnopark va texnopolislarda yangi g‘oyalarning ularni yaratgan kishilardan bu g‘oyalarni hayotda rо‘yobga chiqara oladigan kishilarga erkin о‘tishi imkoniyati yuqori bо‘ladi.
«Innovatsion infratuzilma», «texnopark», «texnopolis» tushunchalari
Innovatsion loyihalarning o’ziga xos jihatlari
Bozor sharoitida ro’yobga chiqarilgan innovatsion tovarlar o’z rivojida quyidagi hayotiy bosqichlardan o’tadilar:
ishlanmani ishlab chiqish bosqichi;
uni bozorga kiritish bosqichi;
rivojlanish bosqichi;
kamolga erishish bosqichi;
pasayish bosqichi.
Innovatsion investitsiyalar deb texnika va texnologiyalarning yangi avlodini ishlab chiqish va o’zlashtirishga qaratilgan investitsiyalarga aytiladi. O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarni taqdim etish tartibi 1998 yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsion faoliyat to’g’risida”gi Qonun bilan belgilanadi.
Innovatsion loyihalarning o’ziga xos jihatlari