89. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar Xizmatlar sohasidagi mahsulotlar bo‗yicha innovatsiyalar o‗z ichiga quyidagi jarayonlarni olib, prinsipial jihatdan yangi xizmatlarni ishlab chiqish va joriy etish, mavjud xizmatlarga yangi funksiyalar va xususiyatlar qo‗shish orqali uni takomillashtirish, xizmatlar bilan ta‘minlashda (masalan, ularning samaradorligi va tezligi nuqtai-nazaridan) sezilarli darajada yaxshilanishlarni kiritish mumkin.
Xizmatlar sohasidagi jarayonlar boʻyiicha innovatsiyalar xizmatlarni ishlab chiqarish va taqdim etishning yangi yoki sezilarli darajada takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqish va joriy etishni o‗z ichiga oladi. Iqtisodiyotda har qanday tizimning innovatsion faoliyati uning rentabelligini yuqori suratlarda amalga oshishini va raqobatbardoshliligini ta‘minlovchi asosiy yo‗nalishlardan biri hisoblanadi. Ta‘kidlash joizki, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar innovatsiya hayotiy sikli bo‗yicha turli xil vazifalarni bajaradilar. Innovatsion faoliyat jarayonni o‗zi ham 5 ta bosqichdan tashkil topadi. Invensiya,novatsiya, innovatsiya, diffuziya,rutinizatsiya.
90. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari Innovatsion faoliyatni samaradorligini oshiruvchi va uni tashkil etuvchi asosiy tarkibiy qismlaridan ko‗rinadiki, innovatsion salohiyat xodimlar, moliyaviyiqtisodiy, ishlab chiqarishning texnologik, ilmiy- texnik, tashkiliy boshqaruv salohiyatidan, innovatsion faollik omillaridan tashkil topsa, innovatsion faollik innovatsion tizimning asosiy unsurlari – bilim, texnologiyalar, AKTlardan samarali foydalanish imkoniyatlari, shuningdek barcha yangiliklarni joriy qilishga tayyorgarlikni tavsiflaydi.
Innovatsion faoliyatga ta‘sir etuvchi tashkiliy innovatsiyalar – bu biznesni yuritishda, ish o‗rinlarini yoki tashqi aloqalarni tashkil etishda yangi uslublarni ishlab chiqishdir. Bunday innovatsiyalar boshqaruv va transaksion xarajatlarni qisqartirish, korxona tomonidan ishchilarning isho‗rinlari (ish vaqtlari) bilan ta‘minlanganlik darajasini oshirish, mehnat samaradorligini oshirish, bozorda mavjud bo‗lmagan aktivlarga yo‗l topish yoki etkazib berish narxini kamaytirish yo‗li bilan korxona faoliyatining samaradorligini oshirishga yo‗naltirilgan bo‗ladi.