Innovatsiya va intergatsiya



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/106
tarix04.10.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#152089
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
Р. Мавлонова (1)

PEDAGOGIKANING ILM IY
TADQIQOT M ETODI
Pedagogika o'z tadqiqot obvektiga va tadqiqot metodlariga ega. 
Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini ham takom illashib 
borishiga, avrim pedagogik hodisalarni tekshirishga, ularni to ^ 'r i hal 
etish v o ilarin i aniqlashga yordam beradi. Hodisa uning taraqqiyoti 
davomida boshqa hodisalar bilan b o g iiq holda o‘rganiladi. M iqdor 
0
‘zgarishi sifat o’zgarishiga o lis h daqiqalarida kuzatiladi.
9


ADABIYOTLAR BILAN ISHLASH M ETODI
Pedagogik m uam m olarni tadqiq etish adabiyotlarni o'rganishdan 
boshlanadi. O 'rganiladigan hujjatlar va m anbalarga xalq maorifiga 
aloqador hujjatlar kiradi. Shu bilan birga, pedagogika faniga oid b o'l­
gan tarixiy-pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, pedagogik mat- 
buot m ateriallari, darsliklar. o'quv-metodik ishlanm alar ham kiradi. 
Adabiyotlarni o'rganish metodi m uam m olarning qay tomonlari yaxshi 
ochilgar.ligini, qaysi m asalalar hal etilm agani kabilarni bilish im ko­
niyatini beradi. Adabiv m anbalar bilan ishlash quyidagi metodlar- 
dan foydalanishni nazarda tutadi: bibliografiya tuzish. annotatsiya, 
konspektlashtirish. Ishning m aqsadidan kelib chiqqan holda yuqoridagi 
usullardan biri tanlab olinadi.
Bibliografiya
- bu hal etilishi lozim bo'lgan muammoni tadqiq 
etish jarayonida zarur bo'lgan adabiyotlar ro'yxati. Adabiy m anbalar 
bilan ishlash aniq m a'lum otlarni bibliografiya tuzish yo'li bilan 
rasm iylashtirishni talab etadi. Bunda m a'lum otlar m uallifning ism- 
sharifi, asarning nomi, nashriyot nomi (maqolalar uchun ju rn al va 
gazetalarning nomi), manzili va nashr etilgan yili ko'rsatiladi.
ILG ‘OR TA JR IBA LA R N I 0 ‘RGANISH M ETODI
Pedagogikaning ko'pgina m uam molarini hal etishda ta’lim-tarbiva 
sohasida orttirilgan tajribalarni o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Ilg‘or o'qituvchilar tajribasi bilan bir qatorda, oddiy o'qituvchilarning 
faoliyatlari ham o'rganib boriladi. Chunki tajribalarni o'rganish 
jarayonida muammo, yutuq va kam chiliklar aniqlanadi.
Pedagogik tajribalarni 
o’rganishda kuzatish. 
intervyu olish, 
anketalar tarqalish, o'quvchilarning yozma va ijodiy ishiari, pedagogik 
hujjatiarni o'rganish m etodlaridan foydalaniladi.
Kuzatish -
o'rganish lozim bo'lgan pedagogik hodisani m a’lum 
maqsad nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish 
bayonnomasini olib boradi. Kuzatish obyektiga oid bo'lgan aniq faktik 
material tayyorlanadi. Kuzatish belgilangan aniq reja asosida olib 
boriladi.
Suhbat (fakt)
dalillar to'plash yoki kuzatish davomida to'plangan 
m ateriallarga aniqlik kiritish m aqsadida olib boriladi. Suhbat tadqi- 
qotning m ustaqil yoki yordamchi metodi sifatida qo'llaniladi.
10


Anketalar tarqatish.
Bu ommaviy ravishda m aterial to'plash m aq­
sadida anketalar tarqatish y o li bilan amalga oshiriladi.
Tadqiqot uchun m uhim b o im ag an m ateriallar o'quvchilarning 
yozma va bir qancha fanlar bo'yicha m ustaqil ishlarni bajargan daftar- 
larini tekshirish, o'rganib chiqish y o li bilan turlarga ajratilishi m umkin.
M aktab hujjatlarini o'rganish
- o'quvchilarning shaxsiy varaqalari, 
m etodistning to'plagan m alum otlari, sinf jurnallari, kundaliklar, y ig l- 
lish va majlislar bayonnomalari tadqiqoti uchun olib borilayotgan 
talim -tarbiyaning ahvoli, darajasi haqida obyektiv axborot manbayi 
hisoblanadi.
Pedagogik hodisalarni tadqiq qilish jarayonida eksperim ent (sinov) 
muhim ahamiyat kasb etadi. M axsus tashkil etilgan eksperiment 
qollanilayotgan yoki qollanishi m um kin b o ig an u yoki bu metod va 
usullar sam aradorligini aniqlash m aqsadida amalga oshiriladi.
M atem atik metod.
Bu metod ommaviy m ateriallarni tahlil qilishda 
(masalan, anketalar tarqatish y o li bilan to'plangan m ateriallarni yoki 
m aium otlarni umumlashtirish uchun) qollaniladi. U eksperiment 
natijalarining aniq baholanishini, xulosalarning ishonchli bolish ini 
ta’minlaydi.
Tadqiqot natijalari va ularni amalda tatbiq etish.
Pedagogikada 
bu jarayon turli y o lla r bilan amalga oshirilishi m umkin. Chunonchi, 
tadqiqotchilarning seminarlarda, ilmiy konferensiyalarda tadqiqot 
natijalari bo'yicha m a’ruzalar bilan chiqishi, ilmiy maqolalar, kitoblar 
nashr etilishi, o'qituvchiga m o'ljallangan m etodik tavsiyalar b o lish i 
mumkin. Pedagogikada hali hal etilmagan m uam molar juda ko'p. Bular 
ilmiy tadqiqot olib borish y o li bilan hal etiladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin