XULOSA………………………………………………………………….26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI.............................28
3
Kirish
Respublikamizda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatni
isloh qilish va yangilash jarayonining eng muhim bug‘ini jamiyatdagi demokratik
o‘zgarishlarning, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning, respublikaning jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvining zarur va majburiy sharti sifatida ta’lim
sohasini isloh qilish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi yosh avlodga uzluksiz ta’lim berish va uni
tarbiyalash jarayonini yaxlit qamrab oladigan yagona ta’lim tizimi hisoblanadi.
Ta’lim tizimining har bir bo‘g‘ini alohida o‘ringa ega. Hozirda har bir maktabda
ta‘lim–tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo‘lib turibdi. Buning uchun
har bir o‘qituvchi o‘z fanini o‘qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik
texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o‘rganib
borishi orqali o‘z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
Matematikaning hayotimizda tutgan beqiyos o‘rni inobatga olingan holda mazkur
fan birinchi sinfdanoq maktab darsliklariga kiritilgan bo‘lib, yurtimizda barcha
aniq fanlar qatori matematika ta’limini zamon talablari asosida takomillashtirib
borish, uni o‘qitishda eng so‘nggi pedagogik va innovatsion usullar, multimedia
vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga katta
e’tibor qaratilmoqda. Matematik bilimlar nafaqat baho olish uchun, savoljavoblar
yoki imtihonlarda, balki uyda, ish jarayonida, sport va san’at bilan
shug‘ullanishda, savdo-sotiq, oldiberdi – hayotning har bir lahzasida o‘quvchiga
naf berishini u chuqur anglab yetishi muhim. Buning uchun esa mazkur fan
o‘qituvchisi o‘tayotgan mavzularini bevosita hayot bilan bog‘lab, biror misol yoki
masala, topshiriqlarni turmushdagi oddiy vaziyatlar yordamida yechishga
o‘rgatishi zarur. Eng muhimi, o‘quvchi kitob-daftarida raqam, har xil amallarni
emas, balki oddiy hayotni, kelajagini ko‘ra olishi kerak. Bu kabi misollarni
keltirish bilan bir qatorda, pedagog o‘z o‘quvchilarini mustaqil izlanish, tadqiqot
olib borish, o‘zi ham ana shunday qonuniyatlarni ongli ravishda topishga jalb
qilishi katta foyda beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga matematikadan
4
samarali ta’lim berilishi uchun o‘qituvchi boshlang‘ich sinflarda matematika
o‘qitish metodikasini egallab, chuqur o‘zlashtirib olmog‘i lozim.
Boshlang’ich sinflarda ishlash tajribasi shuni ko’rsatadiki, geometrik bilim,
ko’nikma, malaka borasida o’quvchilarda tipik xatolar uchrab turadi. Kichik
yoshdagi o’quvchilar geometrik bilimlari sifati takomillashtirishga muhtoj. Lekin
buning amalga oshishi uchun hamma narsadan ham avval yaxshi tayyorlangan
o’qituvchi kerak. O’qituvchining vazifasi – dars jarayonida turli ta’lim
texnologiyalaridan foydalangan holda, mavzu mazmunini o’quvchining yosh
xususiyatlariga mos holda tushuntirib berish. Bundan tashqari, geometrik jihatdan
savodli o’qituvchi boshlang’ich matematika kursida yangi geometrik mazmun
kiritish sharoitida juda ham keraklidir. Bu holat, ayniqsa, bugun har qachongidan
ham muhim. Bola geometrik jihatdan to’g’ri fikrlab, darsda uni ifodalab bera olishi
shart. Geometrik materialni o’rgatishning asosiy maqsadi geometrik figuralar,
ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi
munosabatlar haqida, ularning ba’zi xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la
tizimini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar haqidagi fazoviy
tasavvurlar geometrik figuralarni chizmachilik va o’lchash asboblari yordamida va
bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yasashning amaliy malakalarini (ko’zda
chamalash, qo’lda chizish va hokazo) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va
fikrlashlari shu asosda rivojlantiriladi.
1
O’quvchilar matematika darslarida
geometrik shakllar bilan tanishib borar ekanlar, ularning mantiqiy tafakkuri ortib
boradi. Nimagaki, bolalar darsdan so’ng atrofdagi buyumlar, narsalarning shakli
bilan yanada ko’proq qiziqadilar. Endi ular dars jarayonida ham o’qituvchiga
qo’shimcha savollar bera boshlaydilar: “ustoz, quyosh, oy, yulduzlarning rangini
nima deb ataymiz?” “nima uchun yarim aylana deb aytamiz?” kabi. Bunda
o’qituvchining eng muhim vazifasi o’quvchining savoliga to’g’ri va mantiqli javob
berishdir. Chunki, savol o’qituvchining darsga qiziqishini ifodalaydigan belgidir.
Savoliga kerakli javobni olgan o’quvchi uyga borib yana atrofni kuzatadi va o’ziga
1 Abduraxmonov A. Maktabda geometriya tarixi.- Toshkent: O’qituvchi, -2006.
5
mavhum, tushunarsiz bo’lgan shakllarning mohiyatini ustozidan so’rab, bilib
olishni niyat qilib qo’yadi. Matematika darsida olingan bilimlari texnologiya
darsida yanada mustahkamlanadi, sababi, xuddi shu geometrik shakllar orqali turli
narsalar yasaladi (qog’ozdan hayvonlar, qushlar shaklini, plastilindan shakllarning
o’zini yasash topshiriqlari beriladi). O’quvchilar to’g’ri to’rtburchak va kvadratni
yanada aniq farqlashni o’rganadilar. Geometrik materialni o‘rgatish vazifalarini
hisobga olgan holda o‘qitishning har xil vositalaridan keng foydalanish kerak.
Bular geometrik figuralarning rangli kartondan yoki qalin qog‘ozdan tayyorlangan
demonstratsion, butun sinf uchun mo‘ljallangan modellari, figuralar tasvirlangan
plakatlar, doskadagi chizmalar, diapozitivlar, diafilmlardan iborat. Bundan
tashqari, individual ko‘rgazmalar ham kerak bo‘ladi. Bular qog‘oz poloskalar
ko‘rinishidagi tarqatma materiallar, figuralar modellari, qog‘oz va kartondan
qirqilgan har xil uzunlikdagi cho‘plar va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Ayrim
mavzularni o‘rganishda o‘quvchilar bilan birgalikda qo‘lda ko‘rgazma-
qo‘llanmalar tayyorlash foydali, bular to‘g‘ri, o’tkir, o’tmas burchak modeli,
ko‘pburchaklar modellari (shu jumladan to‘g‘ri to‘rtburchaklar va kvadratlar ham)
va boshqa narsalardan iborat. Doskada chizmalarni bajarish uchun chizmachilik
o‘lchash asboblari to’plami, chizg‘ich, chizmachilik sirkuli albatta sinfda mavjud
bo‘lishi kerak. Shunday asboblar har bir o‘quvchida ham bo‘lishi kerak. Birinchi
sinfdan boshlab o‘quvchilarda nuqta, to‘g‘ri chiziq, nur, egri chiziq, kesmalarni
bir-biridan farqlash o’rgatiladi. 1-sinf Matematika darsligi (L. O’rinboyeva va
boshq. Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 160 b.) da 3-bob “Geometrik
shakllar” deb nomlangan. 20 soatga mo’ljallangan ushbu bob o’qituvchi
tomonidan mukammal tushuntirilsa, o’quvchi sodda geometrik shakllar bo’yicha
beriladigan savollarga javob berib, qanday chizish, yasashni ko’rsata oladi
1
.
Mashqlarni bajarish asosida o‘quvchilar to‘g‘ri va egri chiziqlarning ba‘zi
xossalari bilan tanishadilar. Masalan. bolalar nuqtadan chiziqlar o‘tkazish bo‘yicha
mashq qilib, bir nuqta orqali istalgancha to‘g‘ri va egri chiziq o‘tkazishlari
1
ile:///C:/Users/User/Downloads/Jumayev%2
6
mumkin, ikki nuqta orqali bitta to‘g‘ri chiziq, istalgancha egri chiziq o‘tkazish
mumkin degan xulosaga keladilar. Kesma bilan ham o‘quvchilar amaliy
tanishadilar.
O‘quvchilarni matematika faniga qiziqtirish, fanga befarq qaramasligini
ta’minlash har bir bugungi matematika o‘qituvchisining vazifasi hisoblanadi.
Matematika fani to‘rt amalning bajarilishini o‘rgatish bilan birga shakllar, ularning
tuzilishi, farqini va ularning tuzilishini o‘rgatish zaruriyati ham ahamiyatga ega.
Bu geometriya fanining ilk tushinchalari hisoblanadi. Bunda boshlang’ich sinf
o‘qituvchisining ro‘li nihoyatda kattadir.
Geometriya 3500 yil oldin paydo bo‘lgan. Geometriya yunincha so‘z bo‘lib
“yerni o‘lchash” degan ma’noni bildiradi (“geo” –yer, “metrio” –
o‘lchayman).Geometriyaning fan sifatida shakllanishiga qadimgi Misr, Bobil,
ayniqsa, Yunoniston olimlari kata hissa qo‘shdilar. Har bir o’qituvchi o’z darsning
samarali bo’lishini istaydi. O'tgan mavzu yuzasidan o’quvchi tegishli tushuncha va
bilimga ega bo'ldimi, yo'qmi?-degan savollar o’qituvchi dilida hamisha ko’ndalang
bo’lib turadi. Bu savollarga ijobiy javob olish ko’p jihatdan o’qituvchining
samarali faoliyatiga bog’liq. Matematik tushunchalarini o’quvchilarining shaxsiy
tajribalari asosida shakllantirish o’qitish maqsadlariga qo’yiladigan birinchi shart,
birinchi talab bo’lib o’qish jarayonini turmush bilan o'quvchilarning amaliy
faoliyati bilan bog’liq bo’lishi prinsipidan kelib chiqadi.O’qitishning turmush bilan
bog’lanishi faqat o’qituvchining so’zidagina emas, balki o’quvchilarning
matematika o’rganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko’rsatib borilishi
lozim-bu rivojlantiruvchi ta'limning ikkinchi shartidir.
1
Yurtboshimiz aytganidek: “Bugun odamlar uygʻonmoqda, jamiyat
uygʻonmoqda, ...Uchinchi Renessans va Yangi Oʻzbekiston poydevorini qurishda
taʼlim mazmuni va sifati alohida oʻrin tutadi, uni poydevori mustahkam boʻlish
uchun taʼlim oluvchilarga nimani va qanday oʻqitishni aniq belgilab, soha
egalariga berolsak, Yangi Oʻzbekistonning ertangi egalari hayot pillapoyalaridan
1
http://marifat.uz/marifat/yangi/O-quv-dasturlari-tajriba-sinov-orqali-takomillashadi.htm
7
qoqilmasdan, toʻgʻri qadam bosadi, bu esa taʼlim tizimida barcha masʼullarning
oldida
turgan
ulkan
vazifahisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |