17
buzmasdan,
differensiallab
olib
borish
imkonini
beradi.
Jadvalli amaliy ishlarda ilgari o’rganilgan mavzuni takrorlash yangi o’tish bilan
birga olib boriladi, geometrik tasavvurlarning to’planishiga asoslanib navbatdagi
mavzularni o’rganish uchun zarur bo’lgan shart-sharoit vujudga keladi"-deb yozadi
F.A.Orexov.
Amaliy ishlar fanlararo aloqalarning eng yaxshi vositalaridan biri bo’lib,
o’quvchining o’z-o’zini nazorat qilish ko’nikmasini
rivojlantiradi va
takomillashtiradi, mustaqil ishlarini ta'minlaydi, qiziquvchanligini va topqirligini
o’stiradi. Matematikadan amaliy ishlarga bag’ishlangan maqolalarning ko’pchiligi
ham bu ishlarning pedagogik nuqtai-nazaridan maqsadga muvofiqligini,
mamlakatimizda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning mulki bo’lib
qolayotganligi haqida guvohlik berib turibdi. Maktabda matematika o’qitishda
amaliy
ishlardan
foydalanish
g’oyasi,
matematika
ta'limi
ishining
mazmun, shakllari, metodlari va turlarida borgan sari keng aks etmoqda. Amaliy
ishlarga hisoblash, o’lchash, yasash, chizish usullarini kompleks qo’llanishini talab
etadigan barcha ishlar taalluqlidir.
F.A.Orexov amaliy ishlarni uch guruhga bo’ladi: tayyorlov, asosiy va amaliy
ishlar. Muallif ko’rsatadiki, tayyorlov ishlari yordamida yangi materialni
o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan masalalar takrorlanadi, o’tiladigan
mavzu
bolalarning kuchi yetadigan shaklda qo'yiladi. Asosiy ishlarni bajarish bilan
o’quvchilar o’rganilayotgan figuralarning xossalarini ko’rib chiqadilar va isbot
qiladilar. Amaliy (tatbiqiy) ishlarni bajarishdan maqsad topilgan xulosalarni amaliy
va nazariy masalalarga qo’llanishidir, buning natijasida bolalarning bilimi
chuqurlashadi va mustahkamlanadi".
Boshlang’ich sinflarda ta'lim berish o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Matematikadan amaliy ishlarning ichki tuzilishi masalasi alohida e'tibor berishni
talab etadi. Amaliy ishlarda bajariladigan topshiriqlarning hajmi ba'zi hollarda
barcha mazmuniy tayanch bandlarni o’z
ichiga oladi, bu bandlarni o’zlashtirish
o’rganilayotgan mavzuni butunlay tushunishni ta'minlaydi. O'zining ichki
tuzilishiga ko’ra bitta amaliy ish yo bitta mustaqil topshiriqdan iborat bo'lishi, yoki
18
2-4 va undan ortiq topshiriqni o’z ichiga olishi mumkin, keyingi holda ularning bir
qismi didaktik maqsadlarga qarab uyda yoki darsning istalgan qismida bajarilishi
mumkin.
Jihozlar: o’quvchilarda amaliy ishlarda chizmalar (rasmlar, sxemalar) chizishlari
uchun kataklarga bo’lingan maxsus daftar, shuningdek, chizg’ich,
chizmachilik
uchburchagi va qalamlar bo’lishi kerak. O’qituvchi chizmachilik qurollaridan
foydalanish qoidalarini o’quvchilarga tushuntirib berishi lozim. Darsda individual
yondashish, o'quvchilaming individual xususiyatlarni hisobga olish o’qituvchi
ishining mas'uliyatli va muhim jihatlaridan biridir.
Amaliy ishlar, birinchidan, bolalarning individual xususiyatlarini o’rganish
uchun qulay sharoit yaratadi. Haqiqtan ham, o'quvchilar amaliy ishlar tipidagi
topshiriqlarni bajarayotganlarida o’qituvchi ularning ishini kuzatib borish -
imkoniga ega bo'lib, amaliy ishlarning o’ziga xos xususiyatlarini qayd qilib boradi,
bolalar duch kelayotgan qiyinchiliklarni ko’radi. Bu kuzatishlar o’qituvchiga har
bir o’quvchining imkoniyatini aniqlash va bolalarning
individual xususiyatlarini
hisobga olishi lozim. Jumladan, o'quvchilar asosiy topshiriqni bajarganlaridan
so’ng ularga alohida topshiriqlarni berish foydalidir. Bunday qo’shimcha
topshiriqlar sifatida (masalan, berilgan chizma bo’yicha) boshqa masala tuzish va
uni yechishni yoki masalaning boshqacha yechilishini topishni, bitta masala
yechilishining turli usullarini taqqoslashni berishi mumkin.
Materialni tanlashda bolalarning individual xususiyatlarini hisobga olib
jadval usulda bosilgan didaktik materiallar, shuningdek, o'qituvchining o’quvchilar
bilan birga tayyorlagan didaktik material katta yordam berishi mumkin.
Bilim, malaka va ko’nikmalarni hisobga olish.
Amaliy ishlar o’quvchilarning bilmlari, malakalari va ko’nikmalarini
ratsional aniqlashga imkon beradi. Amaliy ishlarni o’quvchilar
mustaqil
bajarayotganlarida o’qituvchi o’quvchilar duch kelayotgan qiyinchiliklarni
kuzatish
imkoniga
ega
bo'ladi,
ish
qanday
ketayotganligini
baholaydi,qiynalayotgan o’quvchiga yordam beradi va h.k.Bilimlarni tekshirish va
19
baholashga kam vaqt ketadi. Ishlarni tekshirish va baholashni tezlashtirish uchun
o’lchashlar va hisoblashlar natijalarini oldindan tayyorlab qo’yish muhimdir.
Dostları ilə paylaş: