4
O‘ZBEKISTON TARIXI»
Kirish. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
«O‘zbekiston tarixi» fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan muhim o‘rni. Kursni
o‘rganishning
maqsad va vazifalari, hamda predmeti. Metodologik ilmiy-nazariy asoslarining
usullari va dolzarb masalalari.
Tarixga yangicha sivilizatsion yondashuv. Tarixiy qadriyatlarni o‘rganishda
milliy
g‘oyaning roli. «O‘zbekiston tarixi» fanini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarining ahamiyati.
Tarixiy manbalar va ularning turlari: og‘zaki,
yozma manbalar, mahalliy va boshqa
manbalar. Tarixshunoslik.
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish.
O‘rta Osiyo ibtidoiy davri tarixi va bosqichlari
Tarixiy davrlar va bosqichlar. Ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi. Ibtidoiy jamiyat-matriarxat
va patriarxat bosqichlari. Arxeologik davrlar va bosqichlar.
Ibtidoiy jamoa boshqaruvi bosqichlari. Harbiy demokratiya. O‘rta Osiyoda antropogenez
jarayoni.
O‘rta Osiyoga ibtidoiy odamlarning tarqalishi davrida tabiiy shart-sharoitlar. Ilk tosh asri
odamlari va ularning O‘rta Osiyoga tarqalishi masalasi. Eng
qadimgi odamlar yashagan
manzilgohlar. Ilk tosh asri odamlarning qurollari. Tirikchiligi va hayot manbai. Termachilik va
ovchilik - ilk tosh asrida shakllangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik.
Tosh qurollar yasashdagi
o‘zgarishlar. Tabiiy olovdan foydalanish. Ijtimoiy munosabatlar va biologik o‘zgarishlar.
Qadimgi odamlar vujudga kelishdagi tabiiy va tarixiy shart-sharoitlar. Ularning O‘rta
Osiyo bo‘ylab tarqalishi. qadimgi odam manzilgohlari. Muste davri odamlari yasagan tosh
qurollar. Ularning mashg‘ulotlari. Olovning kashf etilishi va undan foydalanish.
Qadimgi
odamlarning boshpana, turar joy va kiyim boshlari. Atrof-muhit haqida dastlabki tasavvurlarning
shakllanishi. Ijtimoiy munosabatlari. Ibtidoiy to‘da va uning o‘ziga xos xususiyatlari.
Zamonaviy qiyofadagi odamlar shakllanishi. So‘nggi paleolit davri manzilgohlari.
So‘nggi paleolit davridagi ijtimoiy munosabatlar. O‘rta Osiyoda antropogenez jarayonining
tugallanishi. Til
va muomala, diniy va g‘oyaviy masalalar.
O‘rta Osiyoda urug‘ jamoalarining vujudga kelishi. Ibtidoiy to‘dalar urug‘ jamoasiga
o‘tishning shart-sharoitlari va xususiyatlari. Matriarxat.
Dostları ilə paylaş: