Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarida o‘tkaziladigan fanlar



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
TARIX dastur

 
Yakuniy Davlat attestatsiyasi sinovlarida o‘tkaziladigan fanlar 
tarkibi: 
 
1. O‘zbekiston tarixi 
2. Jaxon tarixi 
3. Jaxon sivilizatsiyalari tarixi 
4. Mаnbаshunоslik vа tаriхshunоslik 
 
 
 
 
 
 
 
 



O‘ZBEKISTON TARIXI»
Kirish. Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 
«O‘zbekiston tarixi» fanining ijtimoiy fanlar tizimida tutgan muhim o‘rni. Kursni 
o‘rganishning maqsad va vazifalari, hamda predmeti. Metodologik ilmiy-nazariy asoslarining 
usullari va dolzarb masalalari. 
Tarixga yangicha sivilizatsion yondashuv. Tarixiy qadriyatlarni o‘rganishda milliy 
g‘oyaning roli. «O‘zbekiston tarixi» fanini rivojlantirishda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning «Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» asarining ahamiyati. 
Tarixiy manbalar va ularning turlari: og‘zaki, yozma manbalar, mahalliy va boshqa 
manbalar. Tarixshunoslik. 
Ibtidoiy tarixni davrlashtirish. 
O‘rta Osiyo ibtidoiy davri tarixi va bosqichlari 
Tarixiy davrlar va bosqichlar. Ibtidoiy to‘da va urug‘ jamoasi. Ibtidoiy jamiyat-matriarxat 
va patriarxat bosqichlari. Arxeologik davrlar va bosqichlar. 
Ibtidoiy jamoa boshqaruvi bosqichlari. Harbiy demokratiya. O‘rta Osiyoda antropogenez 
jarayoni. 
O‘rta Osiyoga ibtidoiy odamlarning tarqalishi davrida tabiiy shart-sharoitlar. Ilk tosh asri 
odamlari va ularning O‘rta Osiyoga tarqalishi masalasi. Eng qadimgi odamlar yashagan 
manzilgohlar. Ilk tosh asri odamlarning qurollari. Tirikchiligi va hayot manbai. Termachilik va 
ovchilik - ilk tosh asrida shakllangan o‘zlashtiruvchi xo‘jalik. Tosh qurollar yasashdagi 
o‘zgarishlar. Tabiiy olovdan foydalanish. Ijtimoiy munosabatlar va biologik o‘zgarishlar. 
Qadimgi odamlar vujudga kelishdagi tabiiy va tarixiy shart-sharoitlar. Ularning O‘rta 
Osiyo bo‘ylab tarqalishi. qadimgi odam manzilgohlari. Muste davri odamlari yasagan tosh 
qurollar. Ularning mashg‘ulotlari. Olovning kashf etilishi va undan foydalanish. Qadimgi 
odamlarning boshpana, turar joy va kiyim boshlari. Atrof-muhit haqida dastlabki tasavvurlarning 
shakllanishi. Ijtimoiy munosabatlari. Ibtidoiy to‘da va uning o‘ziga xos xususiyatlari. 
Zamonaviy qiyofadagi odamlar shakllanishi. So‘nggi paleolit davri manzilgohlari. 
So‘nggi paleolit davridagi ijtimoiy munosabatlar. O‘rta Osiyoda antropogenez jarayonining 
tugallanishi. Til va muomala, diniy va g‘oyaviy masalalar. 
O‘rta Osiyoda urug‘ jamoalarining vujudga kelishi. Ibtidoiy to‘dalar urug‘ jamoasiga 
o‘tishning shart-sharoitlari va xususiyatlari. Matriarxat. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin