Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67
TARIX dastur

Amir Temur va Temuriylar davlati 
XIV asrning 40-yillarida Chig‘atoy ulusidagi siyosiy ahvol. Amir Temur va 
Suyurg‘atmishxonlarning Movarounnahr hukmdori deb e’lon qilinishi. Markazlashgan Amir 
Temur saltanatining tashkil topishi. 
Amir Temurning Mo‘g‘uliston, Hirot, Eron, Seyiston, Astrobod va Ozarboyjon ustiga 
qilgan yurishlari. Amir Temurning Ozarbayjon va Forsga qilgan uch yillik (1386-1388) yurishi. 
Amir Temurning To‘xtamishga qarshi yurishlari (1389, 1391, 1395) va mo‘g‘ullar ustidan 
erishgan g‘alabasining xalqaro ahamiyati. Temurning Eronga qilgan besh yillik (1392-1396) va 
Hindistonga qilgan yetti yillik yurishlari (1399-1405). Anqara jangi (1402). Amir Temurning 



Xitoyga yurishi va O‘trorda vafot etishi (1405 y. fevral). Amir Temur zukko, tajribali va 
siyosatdon, buyuk davlat arbobi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan o‘rni. Amir Temur 
saltanatining ma’muriy va harbiy tuzilishi. Amir Temur va bugungi kun. 
Amir Temur vafotidan so‘ng, temuriylar o‘rtasidagi taxt uchun kurash va Temur 
saltanatining parchalanishi. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xurosonda siyosiy hayot. 
Qishloq xo‘jaligining ahvoli. Agrar munosabatlar. Amir Temurning dehqonchilikni 
tiklash va rivojlantirishdagi ishlari. Sug‘orish inshootlarining qurilishi. Yangi bog‘larning barpo 
etilishi. Yerga egalik qilish shakllari. Suyurg‘ol yerlari. Tarxon yorlig‘i va uning imtiyozlari. 
Chorvachilik. Hunarmandchilikning rivojlanishi. qog‘oz hamda bo‘yoq ishlab chiqarish. 
To‘qimachilik va to‘quvchilik. Kulolchilik. Zargarlik. Konchilik ishlari. Ichki va tashqi savdo. 
Bozorlarning madaniy markazlar sifatidagi ahamiyati. Xalqaro savdo yo‘llari. 
Amir Temur va Temuriylarning madaniyat rivojlanishiga qo‘shgan hissalari. Islom dini 
doirasidagi mafkuraviy erkinliklar. Ilm-fan ravnaqi. Ulug‘bek va uning ilmiy maktabi. Tarix 
fanining taraqqiyoti. Adabiyotning rivojlanishi. O‘zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiyning 
(1441-1501) tutgan o‘rni. Z.M.Boburning (1483-1530) ijodi va faoliyati. Naqshbandiya tariqati. 
Musulmon fiqhshunosligi. Falsafa va mantiq. Kalom ilmi. Xattotlik san’ati. Minatyura va 
tasviriy san’at. Tibbiyot fanining ravnaqi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin