Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Xiva xonligi (XVI – XIX asrning birinchi yarmi)



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
TARIX dastur

Xiva xonligi (XVI – XIX asrning birinchi yarmi) 
Xiva xonligining tashkil topishi. Shayboniylar davrida (1512-1770) Xiva – Buxoro – 
Eron munosabatlari. Ko‘hna Urganch, Yangi Urganch va Xiva Xorazm poytaxtlari sifatida. 
Abulg‘ozixon va Anushaxon davrida Buxoro – Xiva o‘rtasidagi urushlar. Shohiniyozxon 
va Sherg‘ozixon davrida Xiva – Rossiya munosabatlari. Elbarsxon davrida Eron shohi 
Nodirshoh xujumi. Xivada siyosiy parokandalik. 
Qo‘ng‘irot inoqlarining hokimiyatga kelishi (1770-1920). Muhammad Raximxon I 
davrida Xiva xonligining birlashtirilishi. Islohatlari. Kengash (Devon) ta’sis etilishi. 
Qoraqalpoqlarning Xivaga bo‘ysundirilishi. Qoraqalpoqlar qo‘zg‘aloni (1827). Said Muhammad 
Rahimxon II (Feruz) davrida siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot. Xiva xonligining Rossiyaga 
qaram davlatga aylanishi. 
Xiva xonligining davlat boshqaruv tizimi. Saroy unvonlari: harbiy-ma’muriy va diniy 
amaldorlar. Xonlikning ma’muriy tuzilishi va ijtimoiy tizimi. Harbiy, sud va soliq tizimi. 
Iqtisodiy va madaniy hayot. Adabiyot, san’at va din. Me’morchilik. Etnik munosabatlar. 
XVI-XIX asrlarda Qoraqalpoqlar: ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayot. 
O‘rta Osiyo xonliklarini chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilarga 
qarshi xalq harakatlari 
Chor Rossiyasining O‘rta Osiyo xonliklarga qarshi ekspansiyasi sabablari. Rossiya 
imperiyasi qo‘shinlarining Qo‘qon xonligi hududiga dastlabki harbiy harakatlari. Rossiya 
imperiyasi qo‘shinlari tomonidan Oqmachit, Pishpek va To‘qmoq, Suzoq qal’alarining 
egallanishi. Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Avliyoota, Turkiston va Chimkent shaharlarini 


10 
bosib olishi. Orenburg general-gubernatorligi tarkibida Turkiston viloyatining tashkil etilishi. 
Rossiya imperiyasi qo‘shinlari tomomnidan Toshkentning bosib olinishi. Chernyaev 
tomonidan «Toshkentni Rossiya tassarufiga o‘tishi to‘g‘risidagi» sulh shartnomasi mohiyati 
(1865 yil 1 iyul). 
Chor Rossiyasi va Buxoro qo‘shinlari o‘rtasidagi dastlabki harbiy to‘qnashuv. 
Chernyaevning Jizzax ostonalaridagi sharmandali mag‘lubiyati. 
Samarqand va Kattaqo‘rg‘onning istilo qilinishi. Zarbuloqda Buxoro qo‘shinlarining 
mag‘lubiyati Rossiya-Buxoro sulh shartnomalari va amirlikni Rossiya vassaliga aylanishi. 
1873-yil Xiva xonligiga qarshi yurish. Gandimiyon shartnomasi. 
Turkiston general-gubernatorligini tashkil etilishi. Turkiston general-gubernatoriligi 
Rossiya 
imperiyasining 
Turkistondagi 
mustamlaka 
siyosatining 
tayanchi. 
General- 
gubernatorlikning funksiyalari. Rossiya imperiyasining Turkistondagi mustamlaka ma’muriy- 
boshqaruv siyosatining mohiyati. Turkiston o‘lkasini boshqarish xususida 1865-1917-yillar 
qabul qilingan Nizom va ularning mustamlakachilik tizimini mustahkamlashdagi ahamiyati. 
1873-1876-yillardagi Qo‘qon xonligidagi xalq harakatlari. XIX asrning 70-yillarida 
Qo‘qon xonligi. Xonlik hududidagi soliq turlari. Qo‘qon xonligi aholisining siyosiy va iqtisodiy 
huquqsizligiga qarshi norozlikning kuchayib borishi. 
Xudoyorxon siyosatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olonning boshlanishi. Mulla Ishoq Mulla 
Xasan o‘g‘lining Po‘latxon nomi bilan qo‘zg‘olonga rahbarlik qilishi. Qo‘zg‘olon bosqichlari. 
Xiyonat, qo‘zg‘olon mag‘lubiyati. Qo‘qon xonligining tugatilishi. Farg‘ona viloyatining tashkil 
etilishi. 
XIX asrning 80-90-yillarida Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari. Turkiston o‘lkasida 
mustamlaka sharoitida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Turkiston o‘lkasi xomashyo manbai 
va tayyor mahsulot bozoriga aylantirilishi. Milliy mustamlaka zulmning kuchayishi va uning 
natijasida xalq ommasining norozilik kayfiyati va norozilik harakatining kuchayishi. XIX 
asrning 70-80-yillardagi Farg‘ona vodiysidagi xalq harakatlari. 
1892-yilgi Toshkentdagi «Vabo isyoni». Qo‘zg‘olon kelib chiqishining asosiy sabablari. 
Mustamlaka ma’muriyati tomonidan qo‘zg‘olonning ayovsiz bostirilishi. Qo‘zg‘olon ishtirokchilari 
ustidan o‘tkazilgan sud jarayoni. Xalq harakatlarining tarixiy ahamiyati. 
1898-yil Andijon qo‘zg‘oloni. Farg‘ona – asosiy paxta yetishtiruvchi markaz. 
Metropoloiya siyosati, uning salbiy oqibatlari. Mardikorlar, chorikorlar va qaram dehqonlar 
sonining o‘sib borishi. Aholi turmush tarzining og‘irlashishi. 
Turkistonda yangi iqtisodiy munosabatlar. Dukchi Eshon qo‘zg‘oloni. Andijon 
qo‘zg‘olonining tarixiy manbalarda aks etishi. Farg‘ona vodiysi qo‘zg‘olonning asosiy markazi 
ekanligi. Qo‘zg‘olonning umumiy g‘oyasi. Andijon qo‘zg‘oloni ishtirokchilarining jazolanishi. 
Qo‘zg‘olonning tarixiy ahamiyati. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin