Innovatsiyalar vazirligi andijon davlat universiteti tarix fakulteti


Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/67
tarix25.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#194726
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67
TARIX dastur

Mustamlakachilik sharoitida Turkiston o‘lkasida madaniy hayot 
Turkiston o‘lkasida xalq maorif tizimi madrasa va maktablar faoliyati. Mustamlaka 
hukumatining mahalliy maorif tizimiga bo‘lgan munosabati. 
Rossiya imperiyasining Turkistondagi ruslashtirish siyosati. Turkiston general- 
gubernatorligining maorif sohasidagi siyosati. Rus-tuzem maktablarini tashkil etish bo‘yicha 
N.O.Rozenbax tomonidan ishlab chiqilgan loyiha. Mustamlakachilik sharoitida Turkiston 
o‘lkasida ilm-fan. O‘lkani ilmiy asosda o‘rganilishi. Turkiston o‘lkasida milliy madaniyat 
musiqa, tasviriy san’at. Me’morchilikda YYevropa va Sharq madaniyati uyg‘unligi ijobiy 
natijalari. Mustamlakachilik sharoitida milliy adabiyot Ahmad Donish, Muqumiy, Zavqiy, Avaz 
O‘tar va boshqalar. 


11 
Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati 
Jadidchilik harakatining vujudga kelishi tarixiy shart sharoitlari. Jadidchilik ijtimoiy- 
siyosiy, madaniy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy va siyosiy harakati sifatida maydonga 
chiqishiga turtki bo‘lgan omillar. 
Turkiston o‘lkasi jadidchilik harakati namoyondalari va ular ilgari surgan g‘oyalar. 
Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), Mahmudxo‘ja 
Behbudiy (1875-1919) va boshqalar. 
Jadid maktablari - «usuli savtiya», ya’ni tovush usulu asoslangan jadid maktablarining 
tashkil topishi va faoliyati. Jadidchilik milliy matbuoti. Jadid madaniy-ma’rifiy tashkilotlari va 
jadid adabiyoti. Jadidlarning siyosiy qarashlari. Turkiston o‘lkasida yangi siyosiy partiya va 
tashkilotlar. 
Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. 
1916-yil qo‘zg‘oloni 
Birinchi jahon urushini keltirib chiqargan sabablar. Rossiya imperiyasining urushga 
kirishi va urushning mustamlaka o‘lkalarga ta’siri. Urush yillarida Turkiston o‘lkasida ijtimoiy- 
iqtisodiy va siyosiy hayot. Mustamlaka zulmining kuchayishi. Turkiston o‘lkasining Rossiya 
imperiyasi iqtisodiyotida tutgan o‘rni. 1914-yil 26-iyul Turkiston o‘lkasi «Favqulodda muhofaza 
holatida» deb e’lon qilinishi, mirshablik nazoratining kuchaytirilishi. 
1916-yil 25-iyundagi podsho farmoni va uning mohiyati 1916-yil qo‘zg‘olonining turli 
viloyatlardagi o‘ziga xos xususiyatlari. Qo‘zg‘olon harakatlarini mustamlakachilariga qarshi 
milliy-ozodlik harakatiga aylanishi. Jizzax qo‘zg‘oloni. Rossiya imperiyasi miliy-ozodlik 
harakatini bostirish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlar. Jadidlar tomonidan Turkiston o‘lkasi 
xalqlari manfaatlarining Rossiya IV Davlat Dumasida himoya qilinishi. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin