Xiva xonligi va Buxoro amirligining qizil armiya tomonidan tugatilishi. XXSR va BXSRning tashkil topishi 1917-1920-yillarda Xiva xonligidagi ijtimoiy - iqtisodiy ahvol. Siyosiy o‘zgarishlar
(Yosh
xivaliklar
partiyasi
faoliyati).
Xonlikda
vaziyatning
keskinlashib
borishi.
Asfandiyorxonning olib borgan ichki va tashqi siyosati. Junaidxonning (1857-1938) faoliyati.
Asfandiyorxonning o‘ldirilishi va Said Abdulloni xon deb e’lon qilinishi va uning taxtdan voz
kechishi. Hokimiyatni muvaqqat inqilobiy hukumat qo‘liga o‘tishi. 1920-1924-yillarda
Xorazmdagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, Butunxorazm birinchi qurultoyi va Xorazm Xalq Sovet
respublikasi tuzilganligini e’lon qilinishi (1920-yil 26-aprel). Hukumat raisi Polvonniyoz Xoji
Yusupov, muovinlari - Jumaniyoz Sultonmurodov, Qo‘shmamedxon Sapiyevlar faoliyati.
G‘oyaviy siyosiy kurash. Xorazmda xalq harakati. Xalq xo‘jaligining ahvoli, aholi turmush
darajasi. 1917-1920-yillarda Buxaro amirligidagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vaziyat. Amir Said
Olimxon yurgizgan ichki va tashqi siyosati. «Yosh buxoroliklar» tashkiloti faoliyati. 1918-yil
mart oyi voqealari. Vaziyatning keskinlashib borishi F.Kolesov voqeasi, Qiziltepa bitimi (1918-
y. 25-mart). F. Xo‘jayev, A.Fitrat va boshqalarni milliy harakatdagi faolliklari.
O‘rta Osiyoda Milliy hududiy chegaralanish: maqsad va mohiyati. O‘zbekiston SSRning tashkil topishi O‘rta Osiyo - Turkiston xalqlarining yagona va umumiy vatani «Markaz»ning tarixan
tarkib topgan uchta (Turkiston, Buxoro va Xorazm) davlatlarini tugatib o‘rniga yangi davlat
tuzish g‘oyasi (1920 y.). Milliy respublikalar va viloyatlar tuzishga ko‘rsatma berilishi va uning
siyosiy jihatdan asoslanishi. TASSRni bo‘lib tashlash, Buxoro hamda Xorazm Xalq Sovet
Respublikalarini tuzish uchun RKP (b) MK hamda Turkkomissiya o‘tkazgan tadbirlari. Markaz
vakillari va mahalliy yetakchilar o‘rtasida milliy-hududiy chegaralash masalasidagi
kelishmovchiliklar. Mintaqaviy milliy - hududiy jihatidan qayta tuzish masalasini partiya
organlarida muhokama qilinishi. O‘rta Osiyo byurosi (Sredazbyuro)ning roli (1922-1923 yy.).
O‘rta Osiyoni chegaralab bo‘lish va milliy respublikalar tuzish masalasini Turkiston, Buxoro va
Xorazm respublikalari MIQ hamda Kompartiya majlislarida muhokama qilinishi va ularning
chegaralanishga munosabati hamda qabul qilingan rezolyutsiyalar. O‘zbekiston SSR tuzilishi.
Yer maydoni, aholisi. O‘zbekiston SSRning SSSR tarkibiga qabul qilinishi.