Inklyuziv ta’lim – ta’lim muassasalari uchun barcha bolalarga ta'lim
berish imkoniyatidir.
Ushbu ta’lim insonning asosiy
huquqi sifatida tushunishga
asoslanadi. Inklyuziya keng ma'noda ham, tor ma'noda ham qo’llaniladi. Keng ma’noda
- u urush qurboni bo'lgan alohida ehtiyojli bolalar, qochoq bo’lgan bolalar, kam
ta’minlangan oilalarning farzandlari, ijtimoiy zaif oilalaning bolalari, iste'dodli bolalar,
sog'ligida muammolari bo'lgan bolalar va boshqalani o'z ichiga oldi.
Inklyuziv ta'lim g'oyalari ijtimoiy - madaniy nazariyalarga asoslanadi. Psixolog
L.Vigotskiy (1986-1934) inklyuziv ta'lim g'oyasining asoschisi bo'lib, uning ijtimoiy
konstnrktivizm nazariyasi orqali bolalar ijtimoiy muhitda eng samarali bilim oladilar.
L.Vigotskiy oliy aqliy funksiyalarning rivojlanishi ijtimoiy hamkorlikdan boshlanadi
va keyin shaxsiy bo'ladi deb aytib o'tgan.
Shunday qilib, bu ijtimoiy hamkorlik har doim rivojlanish va o'rganishning
asosiy usuli hisoblanadi. Shuningdek, u ta'lim rivojlanishdan oldin ekanligiga ishongan.
Kattalar bolaning “bevosita rivojlanish zonasida" bo'lgan ko'nikma
yoki bilimlariga
e'tibor berib, o'rganishni rag'batlantirishlari mumkin. L.Vigotskiy "bunday rivojlanish
zonasi"ni bolaning biladigan yoki qila oladigan va qobiliyatli odam yordamida nima
qilishlari yoki tushunishlari mumkin bo'lgan maydon yoki makon sifatida aniqladi.
L.Vigotskiyning ijtimoiy - madaniy rivojlanish nazariyasi pedagogning ro’lini
aniq belgjlaydi. Biz farzandlarimizni yaxshi bilishimiz va ulaming "yaqin rivojlanish
markazi" doirasida o'quv faoliyatini aniqlash uchun ular bilan faol muloqotda
bo'lishimiz kerak. Agar bolalar birinchi navbatda ijtimoiy hamkorlik orqali o'rgansalar,
biz pedagoglar bolaning boshqa bolalar va kattalar bilan o'zaro aloqada bo'lgan vaqlini
maksimallashtirishimiz kerak. Makrabgacha yoshdagi bolalaming shovqinli (lekin
baland bo'lmagan), band (lekin tartibsiz bo'lmagan) guruhi - bu normal o'quv muhitidir.
Ko'pgina mamlakatlarda inklyuziv ta'lim amaliyoti bu nazariyaning to'g'riligini
ko'rsatib berdi Tadqiqotlarga ko'ra, alohida ehtiyojli bolalar o'z tengdoshlari bilan birga
o'qisalar. o'rganishda, ijtimoiy muloqotda ancha yaxshi natijalami ko'rsatishga
moyildirlar.
Barcha bolalar inklyuziv ta'lim amaliyotidan yaxshi foyda oladilar. Odatda,
alohida ehtiyoji bor bola rivojlanayotgan tengdosh bolalar bilan hir guruhda bo'lishi
ularga taqlid qilishga,
ular bilan muloqot qilishga, ijtimoiy ko'nikmalarini
rivojlantirishga harakat qiladi. Rivojlanayotgan bolalar alohida ehtiyojlari bor odamlar
duch keladigan muammolarni tushunib boradilar. Ular boshqalarning ehtiyojlariga
sezgir bo'lib, farqlami yaxshiroq anglaydilar Ular barcha odamlar muhim muammolarni
bartaraf eta olishlariga va muvaffaqiyatga erishishlari mumkinligini bilib oladilar.
Pedagoglarga guruhida alohida ehtiyojli bolalar bo'lishi ham manfaatlidir,
bunda ular o'quv uslublaridagi farqlarni kuzalishda malakaga ega bo'lishlari mumkin.
Ular, shuningdek, bolalarning individual kuchli tormmlarini baholashda o'zlarga
ko'proq ishonch orttiradilar va shu bilan birga qo'llab-quvvatlash kerak bo'lgan
tomonlarini aniqlaydilar. Bu barcha bolalarni o'qitihda
tarbiyachilarga bolaning
individual kuchli tomonini va alohida ehtiyojlarini aniqlashga va shu asosida ta'lim
ulubini yaxshilashga imkon beradi. Inklyutiv ta'limning mavjudligi bolalar hir-biridan
ko'p jihatdan farq qilishini va bu farqlar to'siq emas, balki qimmatli manba ekanligini
tan olish demakdir. Bolalarning turli ta'lim ehtiyojlari va imkoniyatlari va ularning turli
rivojlanish sur'atlarini o'quv faoliyali va ta'lim straregiyasini individuallashtirish va
differensiallashtirish yo'li bilan qondirish mumkin.
Inklyuziv maktabgacha ta'lim tashkilotlarining o'ziga xos xususiyatlari:
alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning umumiy ta'limi bilan muntazam
guruhlarda pedagoglar bilan birgalikda mutaxassislar jamoasi shug'ullanadllar;
alohida ehtiyojga muhtoj bolalarning qanchasini bir guruhga
muvaffaqiyatli kiritish mumkinligini aniqlab olish zarur. Odatda,
bu miqdor har bir
bolaning xususiyatlari turiga va pedagogning o'z maktabgacha ta'lim tashkilotidan
oladigan yordamiga bog’liq. Masalan, boshqa mutaxassislar yordami bilan pedagog
faqat bitta og’ir kasallikka chalingan bolani yoki yengil tashxis qo'yllgan bir necha
bolani o'z guruhiga olishi mumkin. Guruhdagi bolalar umumiy sonining 5-10 % dan
ko'p bo’lmagan shtati bo’yicha alohida ehtiyojga muhtoj bolalarni ham o'z ichiga
olish
amaliyoti mavjud. Agar guruhda 20 nafar bola bo'lsa, alohida ehtlyojga muhtoj 1-2
nafar bolani qabul qilish;
farzandlarining ta'lim-tarbiyasi va rivojlanishiga doir qaror qabul qilishda
ota - onalar va boshqa oila a'zolari foal ishtirok etishi;
barcha pedogoglar (guruh tarbiyachisi, maktabgacha ta'lim psixologi ya
defektologi, musiqa rahbari, jismoniy tarbiya yo’riqchisi) jamoa bo’lib
ishlaydi va
ularning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtiradi. Qarorlar bir-biri bilan samarali
hamkorlik qiladigan jamoa a 'zolari tomonidan qabul qilinadi;
strategiyalor va ta’lim berish butun bolalarning rivojlanishini ta’minlaydi
va har bir alohida bolaning maxsus rivojlanish ehtlyojlarini hisobga oladi;
moxsus ehtiyojli bolalar bilan ishlash individual bolaning rivojlanish
xaritasi, bolalarning kuchli tomoni va ehtiyojlarini inobatga olgan holda tuzilgan;
dasturlarning samaradorligi muntazam baholanadi;
barcha manfaatdor
tomonlar jalb etiladi (oila a’zolari, pedagoglar, boshqa mutaxassislar);