Inklyuziv taʼlimni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
„Inklyuziv taʼlim“ bu taʼrifni oʻz ichiga olmaydi. Unda faqatgina „inklyuziv
taʼlim barcha bolalarga, taʼlim olish chogʻida oʻziga nisbatan har qanday tarzdagi
kamsitishni istisno etuvchi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari boʻlgan
bolalarga nisbatan teng huquqli munosabatda boʻlish“ haqida soʻz boradi.
Oʻzbekistondagi inklyuziv taʼlim tadqiqotchisi, yangi Zelandiyadagi Vaykato
universiteti doktoranti Galina Nam, nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus
maktab-internatlarda yoki uyda emas, umumiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish
ustuvor boʻlishi kerakligini aytgan „Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim
muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi
maskanlarda va uyda oʻqishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur.
Taʼlim muassasasini tanlash huquqi bolalarning oʻzida va ularning ota-onasida
qonuniy vakillarida qolishi kerak“, deya taʼkidlaydi Galina Nam
„Mutaxassislar“ oʻz tavsiyalari bilan nogironligi boʻlgan bolalarning taʼlim
olishning qay bir shaklida oʻqishlari qaroriga taʼsir oʻtkazadilar. Oʻzbekistonning
ijtimoiy va madaniy yoʻnalishdagi tajribasi shuni koʻrsatadiki, institutsional vakolatga
ega boʻlgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional
kuchga ega boʻlib, maslahat emas, imperativ xususiyat bildiradi. Bu nogiron bolaning
qayerda oʻqishi borasida psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari
ota-onalarda shubha qoldirmaydi. Shuningdek, qonun va uning moddalarini
Oʻzbekistonda nogironlik diskursinining ijtimoiy va madaniy holatidan kelib chiqib
oʻqish lozim", — deydi AQSHning Sirakuz universiteti doktori Mirjahon Turdiyev.
BOLALAR UCHUN INKLYUZIV TA’LIM QANDAY TASHKIL ETILADI
Dostları ilə paylaş: